Xususiy va qarzga olingan mablag„lar nisbati koeffitsiyenti (Kx.q.m.)
ularning shakllanish manbalarini inobatga olgan holda, pul mablag‗lari bilan
ta‘minlanganlik darajasini aniqlaydi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Kxqm= P1/P2- Iqk
Bu yerda: P1 – xususiy mablag‗lar manbalari (Nizom jamg‗armasi,
qo‗shilgan kapital, taqsimlanmagan foyda va hokazo). Moliyaviy mustaqillik
koeffitsiyenti (Kmm) korxona moliyaviy mustaqilligining kamayishi (ko‗payishi),
kelajakda moliyaviy qiyinchiliklarga uchrash xavfining kuchayishi (pasayishi)
haqida ma‘lumot beradi hamda korxona o‗z majburiyatlari oldida javob berishining
kafolatlarini belgilab beradi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Kmm= P1/ IB.
Bu yerda: IB — korxona balansi aktivi yoki passivining yakuni. Xususiy
aylanma mablag‗lar bilan ta‘minlanganlik koeffitsiyenti (Kx.a.m) korxonaning
barqaror ishlab chiqarish- xo‗jalik faoliyatini yuritish uchun zarur bo‗lgan aylanma
vositalar mavjudligini tavsiflaydi. Shuningdek u, korxona egalari va kreditorlar
manfaatlaridagi munosabatlarni ham aks ettiradi. Mazkur koeffitsiyent quyidagi
formula asosida hisoblanadi:
K xam=P1- A1/ A2
Bu yerda: A1 – uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar, kapital qo‗yilmalar,
nomoddiy aktivlar va hokazo).
Ko‗rsatkichlar tizimini tayyorlagan mualliflar tomonidan korxonaning
to‗lovga qobiliyatligi yoki nochorligini aniqlovchi o‗lchamlar belgilab berilgan.
Masalan, to‗lov qobiliyati koeffitsiyenti hamda xususiy va qarzga olingan
mablag‗lar nisbati koeffitsiyenti 2 dan kichik bo‗lsa (Kt.q<2; Kx.q.m<2),
moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti 0, 5 dan kichik bo‗lsa (Kmm<0,5), xususiy
aylanma mablag‗lar bilan ta‘- minlanganlik koeffitsiyenti 0, 1 dan kichik bo‗lsa
(Kxam<0,1) korxonalar nochor deb topiladi. Korxona nochorligi, demak, xo‗jalik
faoliyatining samarasizligi to‗g‗risidagi yakuniy qaror, nochorlik o‗lchamlarining
umumiy summasi 4,6 dan kichik bo‗lgan holda qabul qilinadi.
Xo‗jalik faoliyati samaradorligini oshirish juda ham murakkab jarayon
bo‗lib, buning hamma uchun to‗g‗ri keluvchi yagona yo‗li mavjud emas. Har bir
korxona bu masalani echishda o‗z imkoniyatlari va yuzaga kelgan iqtisodiy shart-
sharoitlaridan kelib chiqqan holda harakat qiladi. Biroq barcha hollarda ham
samaradorlikning
asosida
foydani
maksimallashtirish
yoki
xarajatlarni
minimallashtirish yotadi. Shartli misol keltirib o‗tamiz. Aytaylik, korxonaning
10mln. so‗m miqdorida mablag‗i bo‗lib, bu mablag‗larni ishlab chiqarishni
kengaytirishga sarflash mo‗ljallangan. Hisob-kitoblar shuni ko‗rsatadiki, korxona
10 mln. so‗m sarf qilganda qo‗shimcha 11 mln. so‗mlik mahsulot ishlab chiqaradi,
ya‘ni foyda 1 mln. so‗mni yoki qo‗shilgan kapitalning 10 % qismini tashkil qiladi.
Agar korxona ushbu mablag‗ni bankka yiliga 12 %li depozit hisobiga qo‗yganida,
foizlar uchun 1, 2 mln. so‗m foyda olgan bo‗lar edi. Demak, muqobil xarajatlarni
hisoblaganda korxona 0, 2 mln. so‗m miqdoridagi qo‗ldan chiqarib yuborilgan
foydani ham hisobga olishi lozim. Biroq ishga bunday yondashishning, bugungi
bozor munosabatlari sharoitlarida keng tarqalgan bunday usulida, ya‘ni eng ko‗p
foydaga ega bo‗lish tamoyili asosidagi usulda, korxona foydani maksimal darajaga
chiqarsada, ishlab chiqarishni kengaytirishga erisha olmaydi. Ishlab chiqarishni
kengaytirish esa, barchaga ma‘lum bo‗lganidek, iqtisodiyotning rivojlanishi uchun
eng muhim talablardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |