O'zbekiston rekreatsiyani rivojlantirishning ekologik-iqtisodiy asoslari


Rekreasiya resurslaridan foydalanishning iqtisodiy xususiyatlari



Download 23,65 Kb.
bet2/2
Sana05.07.2022
Hajmi23,65 Kb.
#739915
1   2
Bog'liq
21-MAVZU. O\'ZBEKISTON REKREATSIYANI RIVOJLANTIRISHNING EKOLOGIK-IQTISODIY ASOSLARI

Rekreasiya resurslaridan foydalanishning iqtisodiy xususiyatlari.


Demak, tabiat qo’ynilarida dam olish va sog’lomlashtirish muassasalarini qurishning ahamiyati yuqori ekan, lekin masalaning boshqa tomoni ham bor. Ya’ni dam olishning ham o’ziga yarasha mezonlari mavjudki, ularni tuliq hisobga olish rekreatsiya resurslaridan samarali foydalanishga olib keladi. Bu mezonlarga mavjud resurslardan rekreatsiya faoliyatida foydalanishning ekologik xususiyatlari kiradi.
Rekreatsiya faoliyati (dam olish, sog’lomlashtirish) ma’lum hududda amalga oshiriladi. Mazkur hudud hordiq chiqarishga kelganlarni ekologik nuqtai nazardan sig’dira oladimi yoki yo’q, bu ekologik sig’im mezoni bilan aniqlanadi. Ekologik sig’im bu, dam oluvchilar mitqdori mazkur ekologik maydonga to’g’ri kelishini ko’rsatuvchi o’rtacha me’yor hisoblanadi. Bu borada ma’lum andoza va me’yoriy ko’rsatgichlar ishlab chiqilgan.
agarda suv havzasi maydoniga nisbatan cho’miluvchilar soni oshib ketsa, u holda suvning ifloslanishi ortib, insonlarda turli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Bahor oylarida tog’ yonbag’rlari, qirlar, adirlarda dam oluvchilar soni keskin ortadi. Bunda dam olish hududiga nisbatan dam oluvchilar soni ancha ortiq bo’ladi. Bu jarayonda turli giyohli, manzarali o’simliklarga ziyon yetkiziladi, atrof – muhit turli chiqindilar bilan ifloslanadi, natijada ekologik muvozanat buziladi.
Rekreatsiya faoliyatining ana shunday samaradorligi tabiiy omillarning foydali ta’siri va bunday faoliyatni ushbu omillar mavjud hududlarda tashkil etish bilan bog’liqdir.
Rekreatsiya sohasini rivojlantirish va joylashtirish, uning samaradorligini oshirish muammolarini hal etishda quyidagi vazifalarni hal etishga alohida ahamiyat beriladi:

  • tumanlar va hududlarda rekreatsiyada tabiatdan foydalanish imkoniyatlarining optimal strukturasini shakllantirish;

  • tumanlar va hududlarda rekreatsiyada tabiatdan foydalanish va boshqa sohalarda tabiatdan foydalanishni taqqoslab baholash;

  • tabiiy rekreatsiya resurslarini muhofaza qilish, ulardan rasional foydalanish, ularni takror ishlab chiqarish bo’yicha xo’jalik tadbirlarini baholash;

  • tabiiy rekreatsiya resurslaridan foydalanishning samaradorligini baholash.
    Rekreatsiya samaradorligini aniqlashda quyidagilar hisobga olinadi va ta’riflanadi:

      1. Tadbirlar maqsadi, ya’ni rekreatsiya faoliyatining kutilayotgan va erishish mumkin bo’lgan natijalari.

      2. Rekreatsiya faoliyatining konkret mintaqaviy va ijtimoiy- demografik xususiyatlarini eng pastki darajadagi sharoitlarini ta’riflovchi tegishli ijtimoiy standartlar.

      3. Tadbirlar natijasiya’ni tadbirlarning har biriga asoslanib tashkil etish mumkin bo’lgan variantlari yoki quyilgan maqsadga erishishning muqobil yo’llari.

      4. Tadbirlar variantining har birini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan resurslar xarajati (tabiiy rekreasiya resurslarini qo’shib).

      5. Hisob-kitob sharoitlarida qo’yilgan maqsadlarga erishishga yo’naltirilishi mumkin bo’lgan (resurslar bo’yicha cheklovlar ) resurslar va ayniqsa ko’rib chiqilayotgan hududlarning tabiiy rekreatsiya resurslari.

Ko’rsatilgan besh guruh ta’riflar samaradorlikni baholash maqsadida iqtisodiy- matematik modellarni shakllantirish uchun yetarlidir. Bundan tashqari ular tadbirlar natijalarini qo’yilgan maqsadlar, real ajratilishi mumkin bo’lgan resurslar bilan talab qilinadigan resurslar xarajatiga taqqoslashga imkon beradi. Bular yo’l qo’yish
mumkin bo’lgan qarorlarni shakllantirishga va variantlarni yo’l qo’yish mumkinligi nuqtai nazaridan dastlabki baholashga yordam beradi.
Barcha beshta guruh ta’riflar yoki natijalarning (1-3 – guruhlar) yoki xarajatlarning (4 va 5 - guruhlar) tarifini beradi. Rekreatsiyada tabiatdan foydalanish faoliyatining ijtimoiy va ijtimoiy-iqtisodiy natijalarini xo’jalik tadbirlari natijalarining ayrim tomonlarini ifodalaydigan natural-moddiy, sifat va qiymat tavsiflarining o’zaro bog’liq ko’rsatkichlari tizimida aks ettiriladi.
Natural ko’rsatkichlarda qo’yidagilar ifodalanadi:
  • rekreatsiyada tabiatdan foydalanish sohasida amalga oshirish mo’ljallanayotgan tadbirlarning aholini qamrab olishi (hisoblangan kontingent odamlar)- xizmat ko’rsatiladigan odam-kun miqdori yoki bir yilda xizmat ko’rsatiladigan aholi soni, xizmat ko’rsatish va sifati (kategoriyasi)bo’yicha alohida hisoblar;


  • marshrut, dam olish dasturi, hududlar yoki barpo etiladigan obyektlarning quvvati (qancha kishi qabul qilish imkoniyati);


  • ijtimoiy natijalarga imkon beradigan rekreasiya faoliyatiga aholi sarflaydigan vaqt;


  • aholining rekreasiya faoliyatiga kiradigan vaqt sarfining qisqarishi bilan bog’liq bo’lgan vaqtini tejash (rekreasiya xizmatini kutish).


Nisbiy ko’rsatkichlarda xizmat ko’rsatish sifatining ekspert bahosi, hududlar va obyektlarning xossalari (funksionalligi qulayligi bilan birga, shinamligi, nafosati, tashqi ko’rinishining o’ziga jalb etishi, atrof-muhit bilan uyg’unligini ham qo’shib) ifodalanadi (odatda ballarda hisoblanadi).


Qiymat ko’rsatkichlarida quyidagilar aks ettiriladi:

  • belgilangan baholarda mahsulotlar va xizmatlarni realizasiya qilishning yillik hajmi va ularni realizasiya qilishdan olingan foyda;


  • sog’liqni saqlash muassasalarida kasallanishning kamayishi bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarning shartli – hisoblangan kamayishi;


  • mehnat unumdorligining oshishi xodimlar kvalifikasiyaning oshishi bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy infratuzilmani barpo etish va uning xizmatiga xarajatlarning kamayishi;


  • aholi vaqtni tejashining qiymat bahosi.


Rekreatsiya resurslaridan foydalanishning iqtisodiy xususiyatlari, mavjud resurslar asosida dam olish, sog’lomlashtirish uchun qulay shart – sharoit yaratish bilan bog’liq. Bu birinchi jihatdan, tegishli infratuzilmani tashkil etishni talab etadi. Rekreasiya infratuzilmasi – dam olish obyektlari (sanatoriya, kurort, pansionat va b.) transport kommunikasiyalari, elektr energiya, tabiiy gaz va boshqa xizmat ko’rsatish tarmoqlari (sport maydoni, suv havzasi, ovqatlantirish tarmoqlari, klub, telefon tarmog’i va b.) bilan ta’minlangan majmuadir. Rekreasiya infratuzilmasi qanchalik takomillashgan bo’lsa, dam oluvchi va sog’ligini tiklovchilar uchun qulay sharoitga ega ekanligini bildiradi, hamda bu yerga keluvchilar sonini oshishiga olib keladi. Bu esa o’z navbatida iqtisodiy samaradorlikka olib keladi.


Ikkinchi jihatdan, dam olish maskanlarining malakali mutaxasislar bilan ta’minlanishi katta samara beradi. Mamlakatimiz rekreasiya resurslariga boy bo’lsada, ulardan talab darajasida foydalana olmayapmiz. Bu esa, qanchadan –
qancha iqtisodiy daromatdan qolayotganimizni bildiradi. Shuning uchun ayni vaqtda quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim deb hisoblaymiz:
  • Hududiy rekreasion tizimning qabul qilish potensiali aniqlash;


  • mintaqalar bo’yicha dam olish va davolanish muassalarni tabiiy – iqlimiy sharoit, mineral suv va boshqa rekreasiya resurslaridan kelib chiqib joylashtirish;


  • ovqatlantirish, kommunal va madaniy xizmat ko’rsatish tarmoqlarini, hamda suvenir mahsulotlari ta’minotini yaxshilash;


  • zamonaviy transport, yo’l tarmoqlari va aloqa vositalarini rivojlantirish;


  • mehnat resurslaridan samarali foydalanish;


  • rekreasiya maqsadida foydalanishda tabiat muhofazasiga e’tibor qaratish.



Download 23,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish