153
GLOSSARIY
Antikoagulyantlar
- qon so’ruvchu burga, bitlar so’lagi tarkibi antikoagulyantlarga
ega bo'lib, ular “o’ljaning” qonini ivishiga imkon bermaydi.
Auksin moddasi
- O’simliklarda gal (shish) hosil qiluvchilar so’lagida bo’ladi.
Deutoserebrum
-
tritoserebrum
oldida
joylashib,
hasharotlarda
antenna(mo’lov)larning ishini muvofiqlashtiradi.
Gialuronidaza
- ba'zi qon so'ruvchi hasharotlar, masalan qandalalar so’lagi tarkibida
gialuronidaza mavjud. Ushbu ferment biriktiruvchi to'qimalarni eritib, teriga yopishishni
osonlashtiradi va chaqish chuqurligini oshiradi.
Havo qoplari –
Hasharotlarda tana bo'shlig'ining katta qismini egallaydigan havo
qoplari mavjud bo'lib, ular uchib yuruvchi turlarda aniq namoyon bo'ladi. Havo qoplari - bu odatda
traxeya magistrallarining kengaygan bo'limlari bilan ifodalanadigan “rezervuar” lardir.
Intima yoki subendotelya –
Hasharotlarda qon tomirning ichki qatlamidir. U
endotelial hujayralarning bir qatlamidan va biriktiruvchi to'qima elastik qatlamidan -
subendoteliyadan iborat.
Kantaridin
- Meloidae qo'ng'izlarining gemolimfasida uchraydigan, odamlar va issiq
qonli hayvonlarning terisida yallig'lanishni keltirib chiqaradigan modda.
Lipazalar
- yog'larni parchalaydigan fermentlar.
Pektinaza
- shira bitlari so’lagi tarkibida o'simlik hujayralarining pektin qobig'ini
oddiy molekulalarga aylantiradi.
Proteinazalar
- oqsillarni hazm qilishda ishtirok etadigan fermentlar.
Qo'ziqorinsimon tana -
miyaning muhim assotsiativ markazlari hisoblanadi.
"Qo'ziqorin shaklidagi" nomi ushbu tuzilmalarning g'ayrioddiy shaklini aks ettiradi.
Qo'ziqorinsimon tanalar miyaning boshqa qismlari va bir-biri bilan, shuningdek, qorin nerv zanjiri
elementlari bilan ko'plab aloqalarni hosil qiladi. Shu asosda ular hasharotlar hayotiy faoliyatining
eng muhim muvofiqlashtiruvchisi hisoblanadi. Hasharot qanchalik rivojlangan bo'lsa va uning xatti-
harakati qanchalik murakkab bo'lsa, qo'ziqorinsimon tanalari shuncha katta bo'ladi. Ularning
rivojlanishining maksimal darajasi jamoa bo’lib yashovchi hasharotlar - asalarilar, chumolilar,
arialarda kuzatiladi.
Stigma –
Hasharotlarning nafas teshikchalari.
Tenidiya -
Ular traxeyaning butun uzunligi bo'ylab spiral shaklida joylashib, ularni
mustahkamligini ta’minlaydi. Tenidiyalar mavjudligi sababli, hasharot tanasini siqish va egish
harakatlarida ham traxeya siqilib yoki keskin bukilib kislorodning to'qimalarga kirishini
to'xtatmaydi, har doim ochiq qoladi. Bundan tashqari, ushbu struktura traxeyani ko’proq
kengayishini ta'minlaydi: masalan, so’zanak lichinkasi traxeyasi 2 martagacha cho'zilishi mumkin
va shu bilan birga u zarar ko'rmaydi.
Tritoserebrum -
eng sodda tuzilishga ega bo’lib, hasharotlarda qorin nerv zanjiri
oldida joylashgan, simpatik nerv tizimi bilan aloqada yuqori lab va og'iz burchagi mushaklarining
harakatlarini nazorat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: