T – timpanal organ
42
10- mavzu:
HASHAROTLARNING JINSIY TIZIMI VA KO‘PAYISHI.
Reja:
1.
Hasharotlarning jinsiy tizimini tuzilishi
2.
Tuxumning tuzilishi va otalanishi
3.
Hasharotlarning lichinkalari va xillari
4.
Hasharotlarning g‘umbagi va xillari
5.
Hasharotlarning ko‘payishi
Hasharotlarning jinsiy tizimining vazifasi ko‘payishi va o‘zining naslini saqlab qolishdan
iboratdir. Hasharotlar asosan ayrim jinsli bo‘lib hisoblanadi va ularning ko‘pchiligini jinsiy
dimorfizm yaxshi namoyon bo‘lganligini sezishimiz mumkin.
Erkak va urg‘ochi hasharotlarning jinsiy tizimi quyidagicha tuzilishga ega. Juft jinsiy
bezlardan yoki gonodalardan juft yoki toq o‘tkazuvchi yo‘llardan qo‘shimcha jinsiy bezlardan
tuxumni urug‘lantiradigan qismlardan iboratdir. Urg‘ochilarida esa urug‘ to‘plagich va juftlashish
xaltasidan iborat. SHu bilan birga turli hasharotlarning urg‘ochilarida turlicha tuzilishdagi tuxum
qo‘ygichlardan iboratdir. Jinsiy teshiklari ko‘pincha qorin bo‘shlig‘ining 9 sternitida, urg‘ochiniki
esa 8 sternitida joylashgan bo‘ladi. Lekin ayrim hasharotlarda erkaklari bo‘lmaydi va bir jinslilari
ham uchraydi. Germofrodit formalari juda kam uchraydigan xodisadir. Lekin hasharotlarning
tuxumlari otalanmay partonogenetik usulda rivojlanishi mumkin. Masalan: o‘simlik biti,
yaydoqchilar shular jumlasidandir.
Urg‘ochi jinsiy tizimi jinsiy bezlardan juft va toq tuxum yo‘llari, urug‘ qabul va ba’zan
tuxum qo‘ygichlardan tashkil topadi. Tuxumdonlari juft bezlardir. Ularning follikulalari tuxum
naychalari yoki ovariollari deb ataladi.
Ovariolalar bittadan to 2400 juft bo‘lishi mumkin. O‘simlik bitlarida tuxumlar
reduksiyalangan bo‘lib, faqat bitta naychadan iborat.
Tuxum naychasining uchki qismi germarit, tana qismi esa vitellyarga ajratiladi.
Gormatsit qismidan oogoniylar hosil bo‘ladi va ko‘payadi. Undan ootsitlar va oziq
xujayralari xosil bo‘ladi. Etilgan ootsitlar tuxumga aylangan vitelyarga tushadi.
Tuxum naychasining uchi ingichka ipga filamentga aylanib tuxumdoni kengaygan qismini
hosil qiladi.
Vitellyar qismida tuxum etiladi ya’ni kattalashadi va kameralarga ajrala boshlaydi. Tuxum
rivojlanib bo‘lgach tashqi qobiq-xorion hosil bo‘ladi.
Tuxum naychasida ozuqaning bo‘lishiga qarab joylanishi 3 tipda paviostik, politrofik va
pelotrofik bo‘ladi. Birinchi tipdagi oraliq ozuq xujayra kamerasida bo‘ladi. Politrafik tipida tuxum
naychalarida tuxum kameralari oziq xujayra kameralari bilan birin ketin joylashadi. Pelotrofik tipda
oziq xujayralari naychaning uchki qismida joylashadi va oziq xujayralarga protoplazmatik iplar
orqali keladi.
Etilgan tuxumlar va naychalardan o‘tib jinsiy teshik orqali tashqariga chiqadi. Toq tuxum
yo‘liga urug‘ qabul qilgich ingichka nayi ochiladi. Tuxumlarning otalanishi toq tuxum yo‘li orqali
tuxum tashqariga chiqarilayotgan vaqtida otalanadi.
Bundan tashqari qo‘shimcha jinsiy bezlar borki ular turli vazifalarni bajaradi. Masalan:
tuxumni yopishtirish va x.k.
Erkaklar jinsiy tizim bir juft gonada urug‘dan, juft urug‘ yo‘llari, toq urug‘ chiqarish
kanalidan va qo‘shimcha jinsiy bezlardan iborat. Urug‘donlar naysimon yoki xaltasimon bo‘lib soni
ham xilma xildir.
Follikulaning tepa gormariy qismida spermatozoitlar hosil bo‘ladi va etiladi.
Etilgan sperma urug‘dondan bittadan chiqariladi va naysimon juft urug‘ yo‘liga o‘tadi.
Ba’zi hasharotlar urug‘ yo‘li kengayib urug‘ pufagini hosil qiladi. Bunda urug‘ vaqtincha saqlanadi.
Urug‘ pufagidagi qo‘shilish organi orqali tashqariga chiqadi. Bularda ham urg‘ochi hasharotlarda
bo‘lgani singari qo‘shimcha bezlar bo‘ladi. Uning soni bir juftdan uch juftgacha bo‘lishi mumkin.
43
Tuxumning tuzilishi: Hasharotlarning tuxumi yirik xujayra bo‘lib, protoplazma va yadrodan
tashqari embrionning oziqlanishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan deytoplazma yoki sarig‘likdan
tashkil topgan. Bulardan tashqari, ba’zi tuxumda onali tuxumdondan qabul qilingan simbiotik
mikroorganizmlar xosil bo‘ladi.
Tuxum yuzasi, tuxum yo‘llarining follikulyar epiteliysidan ajralgan xoreon po‘st bilan
qoplangan. Xorion anchagina puxta, ko‘pincha taram-taram qobirg‘alar, o‘simtalar va hokozolar
bilan qoplangan.
Tuxumlarning yuqori qismida ba’zan mikroskopik teshikchalar mikropile bor, spermatozoid
tuxumga shular orqali kiradi.
Tuxumlarning katta-kichikligi, shakli va rangi juda xilma-xil. Tuxumlar usti silliq bo‘lishi
mumkin. Tuxumlar oval, uzunchoq, bochkasimon va boshqa shaklda xam bo‘ladi. Ba’zi tuxumlarda
band yoki poyachalari bo‘ladi.
Umuman hasharotlarning tuxumlari va ularning tuxum qo‘yishi turli xil bo‘lishi
xarakterlidir. Bular ularning tuxumlik davrida oilasi, avlodi va turini aniqlashda muhim rol
o‘ynaydi. Bu fa’zida asosan embrional rivojlanish davri o‘tadi.
Embrional rivojlanish tuxum yadrosini bo‘linishidan so‘ng sirtqi protoplazmaning qavatga
kirishdan boshlanadi. YAdroning bo‘linishi natijasida yosh yadrolar hosil bo‘lib, embrionning
dastlabki hujayralari-blastomerlar xosil qiladi. Blastomerlar oziqani sarig‘likni va blastomerlar hosil
qiladi.
Ba’zi tuban hasharotlar tuxumlarida sarig‘lik moddasi kam bo‘lib, ular to‘la va tekis
bo‘linadi. Tekis bo‘linishda ham blastomerlar avvalo morula davrini o‘tab, tuxum sirtiga joylashadi.
Boshqa hasharotlarda esa morula davri bo‘lmaydi, chunki sarig‘lik modda etishmaydi.
Blastomerlar xosil bo‘lgandan so‘ng uning ayrim qismlarida hujayralar bo‘lina boshlaydi va
bir joyda qalinlashgan embrion yo‘li hosil bo‘ladi.
Rivojlanayotgan embrion esa keyinchalik egiladi va tuxum yuzasiga qayrilib chiqadi.
Embrionning qayrilib chiqish jarayoni blastokinez deb ataladi.
Hosil bo‘lgan embrion yo‘li o‘sib blastomerni qoplaydigan embrion yo‘li hosil bo‘lishida
botib kirishdan hosil bo‘lgan chuqurcha tutashib, birikib ketadi.
Hasharotlarning embrional yo‘lida uchta qavat: ektoderma, entoderma va mezoderma hosil
bo‘ladi. Bunda embrion yo‘lida avvalo uzunasiga ketgan chuqur ariqcha-dastlabki jo‘yak
rivojlanadi.
Embrional qavatlar hosil bo‘lishi bilan ektoderma ichki qayrilib kirib bo‘lajak lichinkaning
oldingi va orqa ichigina hosil qiladi. Entodermaning ichga qayrilib kiraboshlagan joylarida
keyinchalik og‘iz va anil teshigiga ayriladi. So‘ngra embrion bo‘g‘imlanish boshlanadi va shu bilan
bir vaqtda yoki oz keyinroq oyoqlar mo‘ylovlar va og‘iz apparatlarida paydo bo‘ladi.
Keyinchalik rivojlanib, oldingi va orqa ichakka aylanadigan qayrilmalar orasida o‘sib ketgan
entodermadan o‘rta ichak hosil bo‘la boshlaydi.
Ektodermadan ajralib chiqqan hujayralar embrionning o‘rta yo‘lida ikkita ip hosil qiladi,
bular o‘rtasida ektoderma chuqurroqqa tushib, dastlabki jo‘yan hosil qiladi.
Jo‘yaklik ostida o‘rta asab ipi ajraladi: bu tuzilmalarning hammasidan keyinchalik asab
tizimi hosil bo‘ladi.
Ichga qayrilib kirgan ektodermada nafas tizimi, teri bezlari va jinsiy organlarning toq
yo‘llari, orqa ichak devorining botib kirishidan malpigi kanallari paydo bo‘ladi.
Mezodermadan muskullar, gemolimfa, elka qon tomiri, yog‘ tanachalari, perikadial
hujayralar, tuxum yoki urug‘ yo‘llari hamda jinsiy bezlarining epiteliysi hosil bo‘ladi. Keyinchalik
tuxum yoki urug‘ hosil qiluvchi hujayralar juda barvaqt embrion qavatlari hosil bo‘lishidan ilgari,
ya’ni tuxum bo‘linishining dastlabki davrlarida yoki embrion yo‘lining orqa ichidagi
blastodermadan tuziladi.
Embrion to‘liq rivojlanib bo‘lgandan keyin lichinkaga aylanadi va intensiv harakatlanib,
traxeyalarni havoga to‘ldiradi, amnitik suyuqliklarni yutib, hajmini kattalashtiradi.
Nihoyat lichinka tuxum po‘chog‘ini kemirib yoki teshib tashqariga chiqadi.
Postembrional rivojlanish-metamorfoz. Hashartlar tuxumdan chiqqandan so‘ng bir qancha
o‘zgarishlarga metamorfozaga uchraydi. Hasharotlar rivojlanish davrida o‘z shaklini, biologik
44
xususiyatlarini o‘zgartiradi va qaytadan tiklaydi. SHuning uchun postembrional rivojlanishida
differensiya vujudga kelib asosiy ikki faza- lichinkalik va voyaga etgan etuk imago hosil qiladi.
Lichinka fazasida hasharot o‘sib, rivojlanadi, imago fazasida esa ko‘payib, tarqaladi. Ba’zan
ko‘pchilik hasharotlarda bu ikki faza oralig‘ida oraliq-g‘umbaklik fazasi bo‘ladi. Metamorfoz
xarakteriga qarab hasharotlar asosan ikki tipda bo‘linadi; chala va to‘liq o‘zgarib rivojlanuvchilar.
Tuxumdan chiqqan lichinka rangsiz yoki oqish bo‘lib, ustida yumshoq qoplagichi bo‘ladi.
Lichinka rivojlanib va o‘sish protsesslarida bir necha marta po‘st tashlaydi, ya’ni teri qoplagichini
yangilaydi, tana hajmi kattalashadi.
To‘liq o‘zgaruvchi yoki golometamorfoz rivojlanuvchi hasharotlar to‘rtta rivojlanish
fazasini: tuxum, lichinka, g‘umbak va imago fazasini o‘taydi. Bularning lichinkalari mutlaqo
imogaga o‘xshamaydi. Bularda murakkab fasetkali ko‘zlar, qanot murtaklari bo‘adi. Og‘iz organlari
imagoga nisbatan boshqa tipda bo‘lib, mutloqo boshqa sharoitda yashaydi.
Chala o‘zgaruvchi hasharotlarning lichinkalari har bir yoshida o‘ziga xos xarakterli
belgilarga esa bo‘ladi, ya’ni qanotlarining katta-kichikligi, mo‘ylovlaridagi bo‘g‘im sonlari va
boshqalar.
To‘liq o‘zgaruvchi hasharotlar lichinkalarning yoshi ko‘pincha ularning kalla qutisiga qarab
aniqlanadi.
Voyaga etgan to‘la o‘zgaruvchi hasharotlar og‘iz apparati garchi so‘ruvchi bo‘lsa ham, ular
lichinkasining og‘iz organlari sodda kemiruvchi tipda bo‘ladi.
Lichinkalarning mo‘ylovlari bo‘lmaydi yoki ular juda kichin bo‘ladi, ularning tuzilishi
voyaga etgan hasharotlar mo‘ylovlarining tuzilishidan farq qiladi. Lichinkalarning asab tizimi
voyaga etgan hasharotlar nerv tizimiga nisbatan juda sodda tuzilgan va unda ko‘p miqdorda tugun
bo‘ladi. Nafas organlari nafas teshiklarining miqdori jihatidan farq qiladi: suvda yashaydigan
ko‘pgina formalarda jabralar mavjud. Muskullari elka qon tomiri (yurak) va boshqa ichki organlari
tuzilish jixatidan embrional organlariga yaqin keladi.
Lichinkalarning jinsiy tizim organlaridan faqat jinsiy bezlar barvaqt rivojlanadi, tashqi jinsiy
organlari esa etishmagan bo‘ladi.
Hasharotlarning lichinkalari juda xilma-xil. YUqorida ta’kidlanganidek ular asosan ikki
tipga: nimfa yoki imogasimon va imoga o‘xshamaydigan lichinkalarga bo‘linadi.
To‘liq o‘zgaruvchi hasharotlar tuxumdan chiqqanidan keyin tashqi ko‘rinishi va tuzilishi
jixatidan voyaga etgan hasharotlardan keskin farq qiladi va juda asosli ravishda chin lichinka deb
ataladi. Ularning uchta: kampodeosimon, chuvalchangsimon va qurtsimon lichinkalarning tiplariga
bo‘lish mumkin.
Kompodeosimon tipdagi lichinkalar uchun tananing cho‘ziq, yassi formali bo‘lishi, ko‘krak
oyoqlarining uzunligi va og‘iz organlarining taraqqiy etganligi hamda ularning oldingi tomonga
o‘rnashganligi xarakterlidir.
CHuvalchangsimon lichinkalarning gavdasi uzun, yumaloq va etli bo‘lib, ular aniq ajralib
turgan bosh qismi hamda ko‘krak oyoqlari bor yo‘qligiga qarab bir-biridan farq qiladi.
Qurtsimon –erukosimon tipdagi lichinkalar chuvalchangsimon tipdagilarga o‘xshaydi.
Ularning gavdasi chuvalchangsimon formali bo‘lib, bosh qismi aniq ajralgan, lekin uch juft haqiqiy
ko‘krak oyoqlardan tashqari yana qorincha qismida “soxta oyoqlar” deb ataluvchi oyoqchalar ham
bor.
Chala o‘zgaruvchi hasharotlarning ko‘pincha shakl o‘zgarishi gipomorfoz, to‘liq
o‘zgaruvchi hasharotlarda gipermatomorfoz deb ataladi.
Gipomorfoz chala o‘zgaruvchi qanotli hasharotlar uchun xos bo‘lib, evolyutsiya protsessida
qanotlarini yo‘qotadi. Ularning lichinka, ya’ni nimfalari imago juda o‘xshash. Farqi faqat xajmi,
kattaligi,mo‘ylov bo‘g‘imlarining soni, rangi va serkilarning bo‘g‘imlanishidadir.
Gipermetamorfoz – to‘liq o‘zgaruvchi hasharotlarda rasmiy o‘zgarushning ba’zi
murakkablanishi ro‘y berib turadi. Bularda bir necha shakldagi lichinkalar, ba’zan g‘umbaklar
bo‘lishi xarakterlidir.
Umuman hasharotlarda quyidagi metamorfoza tiplar uchraydi:
1. Anamorfoz-bu o‘zgarish mo‘ylovsizlar turkumining vakillariga xos bo‘lib, ularning tashqi
ko‘rinishidan voyaga etgan davrida juda o‘xshash, lekin qorin bo‘g‘in sonlari kam bo‘ladi.
45
2. Protomorfoz yoki dastlabki o‘zgarish, bular etek holatida po‘st tashlashi bilan
xarakterlanadi.
3. Gemimetamorfoz o‘zgarish chala hasharotlarga xos bo‘lib, bularga ninachilar turkumi
kiradi. Gemimetamorfoz bir necha xil bo‘ladi: a) gipomorfoz bular protomorfoz tipiga o‘xshash
chala o‘zgarish orqali rivojlanadi. b) gipermorfoz tipdagi o‘zgarishga teng qanotlilar turkumining
oqqanotlilar va qalqondorlarning erkaklari hamda tripslar kiradi.
4. Golometamorfoz o‘zgarish to‘liq o‘zgaruvchiga xos. Gumbaklar tashki ko‘rinishi jihatidan
uch tipga bo‘linadi.
1. Erkin yoki ochiq g‘umbaklar, bundan g‘umbaklarning mo‘ylov, oyoq va qanotlari tananing
umumiy massasiga yopishmay, balki tanaga jips tegib turadi, ya’ni kelgusi etuk zot tana o‘simtalari
tanaga harakatli tutashgan.
2.Yopiq g‘umbaklar, bunday g‘umbaklarning mo‘ylovlari, oyoq va qanotlari garchi tashqi
tomonidan ko‘rinsada, ammo tanadan chiqqan modda yordami bilan tanaga jips yopishgan.
3. Bochkasimon yoki soxta g‘umbaklar, bunday g‘umbakning oyoq, qanot va mo‘ylovlarini
lichinkaning qotib qolgan po‘stida aniq ko‘rib bo‘lmaydi. Ba’zan bular soxta pillalar debladi,
chunki lichinkalarning qotib qolgan terisi o‘rgimchak ipiga o‘xshash ipgan to‘qilgan pilla o‘rnini
bosadi.
G‘umbaklik davrida imaginal organlar shakllanadi, ayni vaqtda bu protsesslar lichinkalik
davridayoq boshlanadigan o‘zgarishlar bilan bog‘liq.
G‘umbaklik fazasida imaginal disklardan voyaga etgan hasharot organlari vujudga keladi.
Bundan lichinka organlarining taqdiri har xil bo‘ladi. Lichinkalarning aksari ichki organlari to‘la
parchalanib, shu qadar gistoliz ro‘y beradiki, keyingi rivojlanishda undan faqat oziq modda sifatida
foydalaniladi.
G‘umbakning davri tamom bo‘lgandan so‘ng g‘umbak po‘sti yordamida va undan voyaga
etgan imago hasharot chiqadi, bu hasharot keyinchalik kattalashmaydi, po‘st tashlamaydi va tashki
jihatdan xech qanday o‘zgarmaydi.
Hasharotlarning ko‘piyshi muhim biologik hususiyatlarga ega. Bularga ko‘payish usullari,
qo‘shimcha ovqatlanish, jinslarning uchrashuvchi, otalanish, jinsiy mahsuldorligi kiradi.
Ko‘p hasharotlar tuxum qo‘yib ko‘payadi. Lekin ba’zi hasharotlar tirik tug‘ish,
Do'stlaringiz bilan baham: |