O’zbekiston r



Download 0,86 Mb.
bet71/86
Sana14.09.2021
Hajmi0,86 Mb.
#174049
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   86
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

O’lkashunoslik burchagi

1-sinfdan boshlab o’quvchilar o’z o’lkalari, o’z joylarini o’rganadilar, tabiat ustida kuzatishlar olib boradilar, ekskursiyalar o’tkazadilar. Boshlang’ich maktabda o’qish vaqtida ularda boy faktik material to’planadi, bu material o’lkashunoslik burchagida joylashtiriladi. Vaqt o’tishi bilan o’lkashunoslik burchagida boshlang’ich maktabni ilgarigi bitiruvchilari yiqqan eng qimmatli materiallar to’planib boradi, undan tabiatshunoslikni o’qitishda sistemali ravishda foydalaniladi.

O’lkashunoslik burchagi tabiatshunoslik kabinetida yoki alohida sinfda barpo etiladi. Material uch bo’limga ajratiladi: bizning o’lka, ob-havo kalendari va tabiat belgilari.

«Bizning o’lka» stendida quyidagilar joylashtiriladi:



    1. O’z aholi punktining nomi ko’rsatilgan yoki (agar u xaritada bo’lmasa) uning to’rgan joyi taxminan ifodalangan xaritasi.

    2. O’z joyini nomi ko’rsatilgan O’zbekiston tabiiy xaritasi.

    3. Maktab joylashgan joy ifodalangan o’z aholi punktining plani.

    4. O’z joyining yuzasi shakllarining fotosuratlari.

    5. O’z o’lkasi sanoat ishlab chiqarishini yorituvchi materiallar. Mahalliy sanoat mahsulotlaridan namunalar.

    6. O’lka qishloq xo’jaligini aks ettiruvchi materiallar (shu joyda o’stirilayotgan qishloq xo’jaligi o’simliklari har xil turlarining fotorasmlari va gerbariylari).

    7. Turgan joyining daryosi, uning quyilishi hamda boshlanishi va hokazolar ko’rsatilgan suv boyliklari to’g’risidagi ma‘lumotlar.

    8. Joy tuprog’i to’g’risida ma‘lumotlar (shu rayonning tuproq tiplari ko’rsatiladi).

    9. O’lkaning o’simliklari to’g’risida ma‘lumotlar (madaniy va yovvoyi o’simliklar gerbariylari va fotosuratlari).

    10. Hayvonlar to’g’risida ma‘lumotlar. Jonajon o’lka uchun tipik bo’lgan hayvonlarning fotosuratlari va rasmlari joylashtiriladi.

    11. Tabiatga va ishlab chiqarishga o’tkazilgan ekskursiyalardan olib kelingan materiallardan tayyorlangan kollektsiyalar. Kartondan kesilgan shartli belgilar bo’lgan o’lka xaritasida foydali qazilmalarning joyi ko’rsatiladi.

    12. «Bu qiziq...» sarlavhasi ostida qiziqarli savollar, tabiat to’g’risidagi asarlardan parchalar, topish uchun hayvonlar organlarini — tumshug’i, tirnog’i, qanotlari yoki ularning yon ko’rinishlari (siluetlari) tasvirlagan rasmlar, bolalarning ekskursiyalardagi kuzatishlari vaqtida chizilgan rasmlar joylashtiriladi.

O’lkashunoslik burchagiga o’quvchilar tayyorlagan, shahar, viloyat, nohiya tarixi aks ettirilgan albomlar qo’yish, unda mahalliy sanoat mahsulotlarini ko’rsatish ham mumkin. Bu bo’limda tabiat muhofazasi masalalari (davlat muhofazasiga olingan o’simlik va hayvonlarning fotosuratlari yoki rasmlari va shu kabilar) aks ettirilishi, viloyat yoki o’lkada joylashgan qo’riqxona va zakazniklar nomlari ko’rsatilishi kerak.

Ob-havo kalendari stenddan iborat bo’lib, uning markazida chislo va oyi ko’rsatilgan, shu kungi ob-havo to’g’risida ma‘lumotlar joylashtiriladi. Pastrog’ida termometr, mehnat darslarida o’quvchilar tayyorlagan flyuger joylashadi. Ob-havoni ta‘riflash uchun kartondan qirqilgan shartli belgilardan foydalaniladi. Termometr modelida ko’chadagi gradusnik bo’yicha havo harorati ko’rsatiladi. Shu yerda keyingi bir necha yillarning ob-havo kalendari va harorat o’zgarishlari grafigi ham joylashtiriladi.

Stendning uchinchi bo’limida shu joyning ob-havosi va uning belgilari to’g’risidagi materiallar qo’yiladi. Bo’lim yorqin rasmlar bilan bezatiladi.

O’lkashunoslik burchagida shuningdek tabiatni muhofaza qilish va tiklashda, joy atroflarini ko’kalamzorlashtirishda va shu kabilarda qatnashuvchi «Yashil tabiat soqchilari»ning ish rejasi ham qo’yiladi.

O’lkashunoslik burchagining materiallari tabiatshunoslik darslarida keng qo’llanilishi kerak, chunki ular faqat o’lka tabiati va xo’jaligi to’g’risidagi bilimlarni chuqurlashtiribgina qolmasdan, balki ilgari o’rganilganlarni mustahkamlashga ham yordam beradi. O’lkashunoslik materiallarini yig’ish maktabning hayoti bilan bog’lanishini mustahkamlaydi, o’quvchilarning tabiat muhofazasi bo’yicha ishlarda baholi-qudrat qatnashishlariga imkon beradi.


Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish