Polat quyishda hosil bolgan asosli va nordonshlaklar va ularning xarakterli xususiyati.
Shlaklarning fizik-kimyovi xususiyatlari eritib olinayotgan metallning sifati va polat quyish agregatining ishi unumdorligini aniqlaydi.
Polat quyida hosil bolgan shlakning tarkibidagi oksidlar kimyoviy xususiyatlariga kora 3 asosiy guruhga bolinadi:
Asosli (CaO, MnO, MgO, FeO)
Kislotali (SiO2, P2O5, V2O5)
Amfoter (Al2O3, Fe2O3, Cr2O3)
Amfoter oksidlarning xususiyati shundaki, asosli shixtalarda ozini kislotali oksid kabi, kislotali shixtalarda esa asosli kabi namoyon qiladi.
Tarkibida asosli (CaO, MnO, MgO, FeO) oksidlar ko‘proq bo‘lgan shlaklar asosli shlaklar hisoblanadi. YUqori asosli shlaklarga asosliligi ≥2,5 bo‘lgan shlaklar kiradi. Nordon shlaklarning asosiy xarakteristikasi SiO2 (FeO+MnO)yoki SiO2/(FeO+MnO+CaO) - kislotali shlak deyiladi.
Nordon po‘lat quyish shlaklari po‘lat quyish agregatlarining futerovkasiga katta ta’sir ko‘rsatadi. 50-60 % ni tashkil qiladigan SiO2 kremniy oksidi nordon shlaklarning asosi hisoblanadi. SiO2 ning nordon shlaklardagi bunday konsentratsiyasi uning erish chegarasiga tegishli va shuning uchun uning erishi 1 ga teng. FeO ning eritishdan oldingi shlakdagi tarkibi 20-30 % ni, erish oxirida esa 10-15 % gacha kamayadi. Nordon shlaklarning asosiy kamchiliklaridan biri shundaki, ular metall vannasini fosfordan tozalay olmaydi.
Asosli polat quyish shlaklari rafinirlovchi xususiyatga ega, ular S va P ni yoqotadi. Asosli shlaklarning asosiy komponentlaridan biri kalsiy oksididir. Uning tarkibi jarayon oxiriga borib 45-50 % ga etadi. Agar shlakga SaO ni miqdorini kopaytirish uchun ohak qoshilsa u geterogen xususiyatga ega bolib qolishi mumkin. U holda fosfor va oltin gugurtdan tozalash xususiyati kamayishi mumkin. SHlakning geterogen xususiyatini oldini olish uchun turli xil suyultiruvchilar boksit, plavik shpati va boshqalardan foydalaniladi.
Asosli shlaklarning ikkinchi asosiy komponentlaridan biri kremniy oksididir. SiO2 shixtaning metall qismidagi kremniyni oksidlanishidan hosil boladi. U shixtaning metallmas qismidagi SiO2 va mikser shlakidagi hosil boladi. Eritish davri boshida SiO2ning miqdori 25-35 % ga teng bolsa, oxiriga borib esa 15-20 % ni tashkil qiladi. Metall chuqurroq fosfor va oltngugurtdan tozalanganda SiO2 miqdori 10-12 % gacha kamayadi.
MgO ning miqdori 8-10 % bolguncha shlakning xususiyatiga yomon tasir qilmaydi. Miqdori bu chegaradan oshganda shlakda oxakning erish qiyinlashadi. Uning oltngugurt va fosfordan tozalash xususiyati kamayadi.
Alyuminiy oksidining miqdori 5-10 % etguncha ohakning erishini tezlashtiradi, suyuq oquvchanlikni oshiradi. Shlakning fizik-kimyoviy xususiyatini oshishiga yordam beradi. Yuqori konsentratsiyalarida esa shlakning aktivligini kamaytiradi.
l
Agar shlakdagi temir oksidlarining konsentratsiyasini kamaytirsak(0.5 – 1.0 % gacha), unda ∆[O] < 0 bo‘ladi, ya’ni shlak kislorodni metallga o‘tkazish xususiyatini yo‘qotadi va metalldagi kisdlorodni yuta boshlaydi. Bunday xususiyatli shlak kisloroddan tozalovchi yoki tiklovchi xususiyatga ega bo‘ladi.shlakning oksidlovchi xususiyati undagi temir oksidlari, asosliligi, uglerod konsentratsiyasi, shlakdagii metallning xaroratiga bogliq boladi.
Polat eritishda xosil boladigan shlaklarning kamchiliklari ularning gazlar azot va vodorodlarni erituvchanligidadair. Bu shuni anglatadiki, gaz fazasidagi gazlarning faolligi metalldagi faolligidan ancha yuqoridir. shuning uchun ular shlak va metallda eriydi. Tarkibida temir oksidlari bolgan shlaklarda mavjud bolishi mumkin bolgan azot anion N+ korinishda boladi. Azotning miqdori quyidagicha, % larda; asosli marten jarayonida 0.0001 - 0.0003, tomas jarayonida 0.0001 - 0.0007, nordon marten jarayonida 0.0001- 0.0003, elektryoyli jarayonda (karbid shlaki) ≤ 0.3.
Shlakda vodorod gazining majud bo‘lish xolati anion ON- ko‘rinishidaligidir.bu anion gaz – shlak chegarasida xosil boladi:
{N2O} + O2-= 2 (ON-)
Reaksiyaning muvozanat konsantasi
Lg K = lg (OH-)2/P H2O O2+) = 2160 T + 8.144
Ushbu tenglamadan korinib turibdiki, kislorod anionlarining konsentratsiyasi kotarilishi bilan vodorodning shlakdagi eruvchanligi ortadi.
Nordon shlaklarda eritish davrida vodorodning miqdori 10 20 sm3/100 g shlakni tashkil qiladi.Asosli marten va kislorod konverterlarida vodorodning konsentratsiyasi 25 45 sm3/100 oraligida boladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |