Hikoya qilish usullari xilma-xildir
. Jumladan, tarbiyachi tomonidan hikoyaning
qisqacha namunasi berilishi mumkin. Bunda hikoyaning bir qismi tuziladi yoki
o’yin tarzida bayon etiladi. So’ng bolalarning o’zlari hikoya tuzadilar. Masalan
faoliyat markazlarda «Bizning shifokor» hikoyasini tuzish mumkin.
Tibbiy yordam ko’rsatish namunasida bemorlarga g’amxo’rlik tuyg’usini
tarbiyalash orqali bolalar nutqini rivojlantirib boriladi.
Hikoya o’yin jarayonida o’yinchoqlar vositasida bemorga tibbiy yordam
ko’rsatish, «bemor», «tez yordam» xodimlari bilan muloqot asosida tuziladi.
Masalan: «Sanjar qovunni ko’p еb qo’yib, qorni og’rib qoldi. Otasi «tez yordam»
chaqirdi, shifokor kelib, bemor Sanjarga tezkor tibbiy yordam ko’rsatdi.
Sanjarning ota-onasi shifokorga tashakkur bildirdilar».
«Gulnoza dam olish kuni opasi, singlisi bilan hovlida o’ynadi. Oyisi murabbo
qaynatish uchun bir chelak olxo’ri olib kelgan edi. Gulnoza, opasi, singlisi o’ynab-
o’ynab chanqadilar. Olxo’ridan еb olib, bir necha marta sovuq suv ichishdi.
Uchalasining ham qorni og’rib, isitmasi ko’tarildi.
Ularni dadasi mashinada shfohonaga olib bordi. U erda bolalar shfokori hamda
hamshira ularga shoshilinch yordam ko’rsatdi. Ular kerakli dori-darmonlarni olib,
tezda sog’ayib ketdilar. Shundan so’ng ho’l meva еb, qaynatilmagan suv
ichmaydigan bo’ldilar».
Hikoya tuzishda uning rejasi, mazmunining asosiy qismlari bolalar tomonidan
muhokama etilib, ma’lum qismi bayon qilinadi. Bolalar yo’l qo’ygan xatolar
tuzatib boriladi va oxirida xulosa qilinadi.
Ularning hikoyasini boshqa bolalar to’ldiradilar.
Bu usulda ko’rgazmalilik, kuzatish muhim rol o’ynaydi. Bolalar o’zlari va
tengdoshlarining narsalarini taqqoslaydilar, o’xshash va farqli tomonlarini bilib
oladilar. Bu jarayonda hikoyani «to’qish» oddiydan murakkabga qarab boradi.
«Kim tez va chiroyli uy qura oladi?» o’yini bolalarning fikrlash doirasi nihoyatda
kengligini ko’rsatadi. Maqsad: bolalarni bir qavatli va ko’p qavatli uylar qurish,
qurilish vositalari, quruvchilar haqida ijodiy tasavvur qilishga, o’ylashga, fikr
yuritlishga yo’llash, quruvchilar mehnati bilan tanishtirish asosida nutqini
rivojlantirishdan iboratdir.
Qurilish materiallari: g’isht, panel, bloklar, ko’tarma kranlar, yuk mashinalar,
ishchilar uchun ish qurollari, uy maketlari, mashg’ulot uchun ko’rgazmali qurollar
vazifasini o’taydi.
Bolalar uch guruhga bo’linib, tarbiyachining topshirig’i bo’yicha turar joy, bolalar
bog’chasi, do’kon qurishni boshlab yuboradilar. Qurilish materiallari, ish qurollari
har uch guruhga bab-baravar taqsimlanadi. Bir guruh bolalar rasmga qarab, turar
joy binosi, ikkinchi guruh bog’cha, uchinchi guruh esa do’kon quradilar. Bolalar
faqat rasmdagi tasvirga qarab emas, o’zlarining tasavvurlaridagi imoratlarni
qurishlari mumkin. Masalan, rasmdagi turar joy binosi to’qqiz qavatli panelli bino
bo’lsa-da, kichkintoy quruvchilar negadir besh qavatli g’ishtli imorat quradilar.
Do’kon rasmda ikki qavatli bo’lsa, ular bir qavatli qilib quradilar.
Imoratlarni qurishda bo’sh qolgan bolalar ham uch guruhga bo’linib,
«quruvchilar»ga yordam beradilar (og’zaki).
Turar joy hovlisiga yuk mashinalari birin-ketin kirib kela boshlaydi. Bular yangi
turar joyga ko’chib kelayotgan «xonadon»larning yuklari bo’lishi mumkin.
Do’kon ham gavjum. Hamma qo’g’irchoqlar xarid bilan band.
Nihoyat, asosiy muammo, bolalarning o’zlari qurgan binolari haqidagi hikoyalari
tinglanadi.
Bolalar
: Biz besh qavatli turar joy binosini qurib bitirdik. To’qqiz qavatlik
qurmadik, sababi liftlar tez-tez ishlamay qolib, buvalarimiz, buvilarimiz yuqoriga
chiqishga
qiynaladilar.
Uyimizning
kirish
joylarini,
mehmonxona
va
yotoqxonalarini, bolalar xonasini ham keng-keng qilib qurdik. Hovlisida bolalar
maydonchasi bor. Gulzorlarga joy ajratdik. To’yxonamiz ham bor. Keyin har bir
xonadon uchun mevali bog’chaga ham joy ajratdik. Yozda, issiqda daraxtlar
soyasida hordiq chiqariladi. Bog’cha va do’konni uyimizga yaqin joyga qurdik.
Qizlar
: To’g’ri, ta’lim tashkilotlari turar joylarga yaqin bo’lgani yaxshi. Biz
maslahatlashib, ta’lim tashkilotini turar joylarga yaqin qurdik. Ta’lim tashkilotini
ng hovlisi keng, ko’rkam, soya-salqin bo’lishiga, o’yin maydonlariga e’tibor
berdik.
Sojida
: Biz ham do’konni uylarga yaqin qurdik. Onalarimiz ishdan qaytayotganda
bizni ta’lim tashkilotidan olib, do’kondan kerakli narsalarini xarid qilib, shundoq
uyimizga kirib ketaveradilar.
Haqiqatan ham bolalar qurilishga ijodiy, hayotiy yondashadilar va bu ijodkorlik
ularning nutqida o’z ifodasini topadi. Shunisi ham borki, yuqorida bayon etayotgan
monologik nutq usullarining har biri alohida-alohida yuz bermaydi. Ular ba’zi
hikoyalarga qo’shilib ketib, ijodiy, erkin, bir butun hikoyani ifodalashi mumkin.
Buni biz kundalik faoliyatda bolalar to’qigan hikoyalar turkumidan bilsak bo’ladi.
Bolalar to’qigan ertak va hikoyalarda o’zlariga xos o’y-xayollari, orzu-istaklari,
tasavvurlari murg’ak qalbdan tilga ko’chadi.
Ishimizning natijasi sifatida ana shu hikoyalarning ba’zilarini namuna tarzida
keltiramiz:
Ruxsora
. «Mening dadam xurmo ko’chati olib kelib, bahorda hovlimizga
o’tqazgan edilar. Unda men juda kichkina bo’lgan ekanman. Hozir men ham,
xurmo daraxti ham o’sdik. Uning barglari juda chiroyli. yozda soyasi qalin, biz
daraxt salqinida rosa o’ynaymiz. Mevasi esa mazali. Mevasini uzganimizdan so’ng
biz qarindoshlarimizga, qo’shnilarimizga tarqatamizk. Ayniqsa, buvam va buvim
duo qiladilar: «Xurmo jannatning mevasi. Uni ardoqlang, kam bo’lmaysiz». Bu yil
dadam daraxtlarni ko’paytirmoqchilar».
Nigina
. «Men oktyabr oyida oyim bilan Chinozga – xolamnikiga bordim. Birinchi
marta paxtazorni ko’rdim. Paxtalar lo’ppi-lo’ppi bo’lib ochilgan. Oppoq dala.
Quyoshda ko’zni qamashtiradi.
Bir tomonda mashinalar paxta terayapti. Yoshu keksa, bolalar etak bog’lagan. Men
ham paxta termoqchi bo’ldim. Xolam menga ham etak bog’lab qo’ydilar. Lekin
tezda belim og’rib qoldi. Qishloqdagi xolamning bolalariga qoyilman. Men tengi
qizlari ham paxta terdi, ham moliga o’t yulib oldi.
Nurxon
: «Biz oilamiz bilan qishloqdan ko’chib kelganmiz. Qishloqda men quyosh
botishini ko’p ko’rganman. Quyosh botganda ufq qizarib, dalalar qorong’ilasha
boradi. Qorong’ulik hamma yoqqa birdan o’rmalab ketadi. Lekin teraklar uchi xali
nurli ko’rinadi. Hamma yoqqa birdan jimlik cho’kadi. Lekin oqshomda ham
odamlar tinmaydilar.
Saharda issiq non hidi butun qishloqni tutib ketadi. Daladan qaytgan ayollar sigirni
sog’ib, xamir qoradi. Tong otmay tandirga o’t yoqib, tog’oradan toshay-toshay deb
turgan xamirdan non yasab, sutga yo’g’rilgan issiq, bo’rsildoq nonlarni tandirdan
uzib oladi. Qishloq hayoti ana shunday, issiq, bo’rsildoq non hidi ufurgan oppoq
tong bilan boshlanadi».
Ravshan
. «Olmalar gullaganda bog’ juda chiroyli bo’lib ketadi. Quyosh nurini
olmoqchi bo’lgan oppoq gulbarglar oftobga qaragan. Shabboda turib, olma
gullarini silab-siypalaydi. Shunda olma gullari kuylagandek bo’ladi. Bu asalarilar
kuyi ekan. Shabboda tinadi. Go’yo butun bog’ kuylagandek bo’ladi. Asalarilar
gullagan bog’ tepasida g’ujg’on o’ynaydi.
Yuqoridagi hikoyalardan ko’rinib turibdiki, ona tilining hissiy, estetik ma’no
qirralarini bir vaqtning o’zida anglay boradilar, til go’zalligini, boyligini his
etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |