O‘zbekiston pespublikasi oliy va o‘rta maxsus



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/105
Sana18.04.2022
Hajmi1,38 Mb.
#561674
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   105
Bog'liq
fayl 1499 20210818

Хulosa: 
Qo‘g’irchoqlar 
voqea, hodisa va jarayonning obrazli ko‘rinishidir. 
Qo‘g’irchoqlar milliy va umuminsoniy xususiyatlarga egaligi bilan insoniyat 
sivilizatsiyasida yashagan bo‘lib kelmoqda. Uning obrazlilik hususiyati 
maktabgacha yoshdagi bolalar aqliy tafakkurini, maqsadni shakllantirish imkonini 
beradi. Bu o‘rinda, ta’kidlash lozimki, aqliy tafakkur tushunchasida bilish, 
emotsional va anglash tafakkuridan shu jihatlari bilan aqliy tafakkur farq qiladi. 
Maktabgacha ta’lim sog’lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun 
zaruriy tashkiliy, uslubiy, psixologik shart-sharoitlar yaratadi, bolalarni maktabda 
muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlash ota-onalar davlat va nodavlat 
maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
1. Bola tarbiyasida o‘yinchoqning ahamiyati nimalardan iborat? 


2. Turli yosh guruhlarda bolalarni o‘yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga 
o‘rgatish uslulari haqida nimalarni bilasiz ?.
3. Bola tarbiyasida milliy o‘yinchoq va qo‘g’irchoqlarning roli qanday? 
4. Qo‘g’irchoqlarning qanday ko‘rinishlarini bilasiz? 
5. O‘yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o‘rgatish usullari xususida 
to‘xtaling? 
10.
 
 BADIIY ASARNI SAHNALASHTIRISH TURLARI VA UNI
QO’YIB KO’RSATISH METODLARI 
Reja: 
1. Badiiy asarni sahnalashtirishning o’ziga xos xususiyatlari. 
2. Sahnalashtirilgan o’yinlar.
3. Badiiy asarni sahnalashtirib ko’rsatish usullari. 
Tayanch tushunchalar: 
personaj, emotsional, ijodiy o’yinlar, sahnalashtirilgan 
o’yinlar, siluetlar, teatr-kitoblar, panorama-kitoblar, qurish-yasash o’yinlari 
1. Badiiy asarni sahnalashtirishning o’ziga xos xususiyatlari
. Sahnalashtirish 
o’yinlari, bu bolalarning mustaqil ijodiy o’yin turi bo’lib, unda badiiy asar va 
hikoyalar bolalar tomonidan rollarga bo’lib ijro etiladi. Bu o’yinlar bolalarda iroda, 
intizom va o’z xatti-harakatlarini boshqara olish, boshqalarning harakatlari bilan 
hisoblashish kabi ijobiy ma’naviy xislatlarni shakllantiradi. 


Sahnalashtirish o’yinlarida bolalar o’yin jarayoniga kirib boradilar, voqea va ertak 
qahramonlarining ichki hayotiga bevosita aloqador bo’lgan qahramonlik, jasurlik, 
mehribonlik, jonbozlik, jonkuyarlik kabi ijobiy fazilatlarni o’zlarida yaqqol 
namoyon qiladilar. Bu jarayonda bolalarning nutq faolligi, lug’at boyligi, 
dunyoqarashi kengayib boradi. 
Sahnalashtirish uchun badiiy asar, ertaklar tanlash katta yoshdagilardan bolalarning 
yosh xususiyatlari, qiziqishlari, istaklarini hisobga olishni talab etadi. 
Adabiy asarlarni tanlashda quyidagi talablar qo’yiladi: 
1. Mazmunining g’oyaviy-ma’naviy barkamolligi. 
2. Badiiy jihatdan mazmundorligi. 
3. Asardagi qatnashchi va rollarning soni (qancha ko’p bo’lsa, asar shuncha 
ahamiyatlidir). 
4. Mazmuni yaxshi bo’lishi bilan birga, unda harakat turlarining ham ko’p bo’lishi. 
5. Ifodali o’qishga mos bo’lishi. 
6. Mazmuni qiziqarli, hayot bilan bog’langan bo’lmo g’i zarur. 
Bolalar xalq ertaklarini sahnalashtirishni yaxshi ko’radilar. Masalan, «Sholg’om», 
«Zumrad va Qimmat», «Bo’g’irsoq» va boshqalar. Bolalar boshqa xalq ertaklarini 
ham turli usullarda (qo’g’irchoq, soya, soya teatri orqali) sahnalashtirishga ehtiyoj 
sezadilar. 
Badiiy asarni eslab qolishlari uchun uni qayta qo’yib berish, sahnada ko’rsatish, 
rasmlar namoyish etish, didaktik o’yinlardan foydalaniladi. 
Sahnalashtirish o’yinlari qiziqarli o’tishi va uzoq vaqt davom etishi uchun kerakli 
jihozlar tayyorlanishi va unga to’g’ri rahbarlik qilinishi kerak. Kattalar o’yin 
rejissyori rolini amalga oshira borib, bolalarning xatti-harakatlari, qobiliyatlari, 
intilishlarini hisobga olib boradilar. o’yinda faol ishtirok etgan bolalarni alohida 
rag’batlantirilib, kelgusida qaysi asarlarni sahnalashtirish kerakligini aniqlaydilar. 
Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini yanada takomillashtirishda qurilish materiallari 
bilan o’ynaladigan o’yinlarning roli kattadir. Pedagoglardan Z.V. Lishtvan, V.G. 
Nechaeva o’z tadqiqotlarida qurish-yasash o’yinlarining o’ziga xos tomonlari va 
ahamiyatini yoritib berganlar. Bolalar nashriyotlari badiiy asarlarni sahnalashtirish 


uchun xalq ertaklariga siluetlar, teatr-kitoblar, panorama-kitoblar kabi turli 
ko’rinishdagi ko’rgazmali qo’llanmalarni chop etmoqdalar. 

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish