O‘zbekiston pespublikasi oliy va o‘rta maxsus


Bolalarga ertak va hikoyalar aytib berish usullari



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/105
Sana18.04.2022
Hajmi1,38 Mb.
#561674
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   105
Bog'liq
fayl 1499 20210818

Bolalarga ertak va hikoyalar aytib berish usullari. 
Hikoya tuzish jarayonida 
bolalarning narsalarni ko’rib idrok etishi, eslab hikoya qilish, tasavvur etib hikoya 
qilish kabi qismlarga bo’linadi. 
Ko’rgan narsalarni idrok etib yoki eslab hikoya qilish aniq materiallar asosida 
tuziladi. Ulardan tasavvur etib hikoya qilish – ijodkorlikni talab qiladi. Bu 
hikoyalarning hammasi ham nutqning bog’liqligi va maqsadga yo’naltirilganligi 
bilan muhimdir. Maktab yoshidagi kichik bolalarga tavsiya etiladigan ertaklarda 
voqealar bola yoshiga monand bo’lishi nazarda tutiladi. Bu davr bolalari maktabga 
boradigan; o’zlari mustaqil ravishdaozmi-ko’pmi kitoblar o’qiydigandarajada 
bo’ladilar. Ularga o’qish uchun tavsiya etiladigan ertaklarning ham ko’p qismi 
ona-Vatan, tabiat, axloq-odob, mehnat, o’qish haqida bo’lishi talab etiladi. 
“Zumrad va Qimmat", “O1tin tarvuz", ”Dehqon bilan ayiq", “Haqqush" (tojik xalq 
ertagi), “Danak" (qirg’iz xalq ertagi), “Kuch va topqirlik" (latish xalq ertagi), 
“O’tinchi yigit", “Bo’ri bilan echki" singari ertaklar kichik maktab yoshidagi 
bolalar sevib o’qiydigan asarlardir. 
Bolalarga ko’proq ig’vo, g’iybat, munofiqlikdan yiroq bo’lgan ertaklar yoqadi. 
Negaki, chin, mukammal tarbiyali bola boshqalarga ozor еtkazmasligi, takabburlik 
qilmasligi, hech kimga past nazar bilan qaramasligi, rostgo’y bo’lishi lozimligini 
kichkintoylar avval tavsiya etilgan ertaklar orqali bilib olishgan. Yaxshi bola 
o’zidan kattalarga hurmatli, kichiklarga shafqatli va marhamatli, kular yuzli, shirin 
so’zli, xushmuomala bo’lishi lozimligi ularga ma’’lum. Chinakam inson va’dasiga 
vafo qiladi, omonatga xiyonat qilmaydi. Ig’vo, g’iybat, munofiqlikdan o’zini 
saqlaydi. Ota-onasining hurmatini bajo keltiradi. Qarindosh-urug’lariga mehribon, 
mehr-oqibatli bo’ladi. Yomon yo’llardan, yaramas ishlardan, nojo’ya harakatlardan 
o’zini saqlaydi. Mana shularga o’xshash go’zal xislatli bolalarni el sevadi, 
e’zozlaydi. dovyuraklikka, vatanparvarlikka, yaxshi kasb-kor egasi bo’lish, xalq va 
Vatan uchun jon fido qilishga chorlovchi “Pahlavon Rustam", “Uch og’a-ini 
botirlar", “Egri bilan To’g’ri", „Ona еr farzandi", “Sardorning oyni ushlab 
olmoqchi bo’lgani" (turk xalq ertagi), “Ilon terisini yopingan pahlavon" (no’g’ay 
xalq ertagi), “Donishmand qiz" (xitoy xalq ertagi), “Qadrdon uyingning mixi" 


(shved xalq ertagi), “Chollar, ho’kizlar, Bo’rka va pop" (gruzin xalq ertagi) singari 
ertaklarni tavsiya etish mumkin. 
Ota-bobolarimizdan qolgan ibratomuz bir gap bor: yaxshi hayot kechirish 
insonning o’ziga bog’liq. U nechog’li to’g’riso’z, aqlli, tadbirli, pok ko’ngilli 
bo’lsa; do’stga, vatanga xiyonat qilmasa, yolg’on gapirmasa, topshirilgan ishni 
vaqtida bajarib, va’dasiga vafo qilsa, bunday zotni el yurakdan yaxshi ko’radi. 
Kimki zolim va mutakabbir bo’lsa, bir kuni buning jazosini topadi. Tarixga nazar 
solsak, necha-necha zo’r davlat va qudratga ega bo’lgan kishilar vaqti kelib, 
ehtiyoj va zarurat girdobiga g’arq bo’lganiga, aksincha, umri yo’qchilik, 
kambag’alchilikda o’tgan odamlar halol mehnati, odamiyligi tufayli baxt, tolega 
yor bo’lib, boylik va davlatga ega bo’lganliklarini ko’ramiz. 

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish