O‘zbekiston pespublikasi oliy va o‘rta maxsus


Bolalarni hikoya tuzishga o’rgatish



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/105
Sana18.04.2022
Hajmi1,38 Mb.
#561674
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   105
Bog'liq
fayl 1499 20210818

 Bolalarni hikoya tuzishga o’rgatish. 
Hikoya tuzish – hikoya qilib berishga 
nisbatan ancha murakkab faoliyatdir, chunki bolalarning o’zi ushbu mavzu 
bo’yicha hikoya mazmuni, uning nutqiy shaklini tanlashlari, uni ketma-ket 
(tarbiyachi yoki o’z rejasi asosida) bayon qilishlari zarur. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun hikoyalarning uchta turini ko’rsatish 
mumkin: 

qabul qilinishiga qarab aytiladigan hikoyalar (bolaning hikoya paytida 
nimani ko’rayotganligi haqida hikoya); 

xotira asosida hikoya qilish (bola hikoya aytish paytida nimalarni qabul 
qilganligi haqida hikoya); 

tasavvur asosida hikoya qilish (o’ylab topilgan hikoya).
Qabul qilish va xotira asosidagi hikoyalar faktli materiallarga asoslangan bo’lib, 
bolalar faktlarni bayon qiladilar. 
Tasavvurga asoslangan hikoyalar ijod mahsuli bo’lib, unda hikoyachi bola 
mavzuga qarab o’z tajribasining shaklini o’zgartiradi hamda yangi vaziyat va 
obrazlar yaratadi. Bitta mashg’ulotda bitta fikrda hikoyalar turlarining aralashib 
ketishiga yo’l qo’yish mumkin: bola o’yinchoqni tavsiflab (qabul qilish asosidagi 
hikoya) bo’lganidan so’ng uni qaerdan sotib olganligi yoki uni qanday qilib 
tuzatganini (xotira asosidagi hikoya) aytib berishi mumkin. 
Yuqorida sanab o’tilgan barcha hikoyalar turlari ta’lim maqsadlaridan kelib 
chiqqan holda tavsiflash, bayon qilish yoki shunchaki mulohaza yuritish sifatida 
bajarilishi mumkin. 
Masalan, tarbiyachi to’tiqushlar haqida mashg’ulot o’tkazib, bolalarga hikoya qilib 
berishni topshirishdan oldin to’tiqushlar haqida savollar beradi:
-
To’tiqushning patlari qanaqa rangda? 
-
To’tiqush patlari uning hamma еrida bir xil ko’rinishdami? Dumi, 
boshidagi patlari qanday? Qayerida uzunroq, qayerida kaltaroq? 
-
Idishga suv solib qafasga qo’yamiz, qushlar nima qiladi, 
cho’miladimi, uchadimi? 


-
Qushlar qanday uchadi, bir-birining patini nega cho’qiydi, nima uchun 
shoxdan-shoxga qo’nadi? 
-
Qafasning ichiga don, tuxum, tvorog, sabzi, olma solamiz. 
To’tiqushlarimiz ularning qaysi birini xush ko’rib еydi? 
Bu savollar vositasida bolalar qushlar bilan ishlashga o’rganadilar, savollar 
natijasida va kuzatishlar asosida «Men qushlarga don berdim» mavzusida hikoya 
tuzish topshiriladi. 
So’ng 5-6 boladan hikoyani so’zlab berish so’raladi. 
Zebinisoning hikoyasi hammaning diqqatini tortadi: 
«Dadam menga bozordan ikkita to’ti sotib olib berdilar. To’tilar kichkina 
qafaschada edi. Ikkinchi kuni ini bor, chiroyli, katta qafas olib keldilar va to’tilarni 
unga qo’yib yubordilar. To’tilar keng qafasga kirgandan so’ng sayray boshladilar, 
ham yayrab o’ynay boshladilar. To’tilarning pati yashil, havorang, sariq, kulrang 
bo’lib, tovlanib turar edi. Ular bir-birlarining patlarini tozalay boshladilar. 
To’tilarning patlari bosh qismida kalta, dumida, qanotlarida uzun, kichik-kichik 
xolchalari ham bor. Xuddi ataylab chizilgandek. 
Hikoya tugagandan so’ng tarbiyachi hikoyalarni tahlil etib, eng yaxshi tasviriy 
lavhalarga, parchalarga bolalar diqqatini tortadi: masalan, to’tiqushning patlari 
rangini Dilnoza sariq, yashil, kulrang, oq, havorang deb tasvirlaydi. 
«To’tiqushlar nima uchun shoxdan-shoxga qo’nadi?» degan savolga Dilbar: 
«To’tiqushlar mitti, jonsarak qushlar, o’ynashni yaxshi ko’radi», - dedi. 
Sarvar esa: «To’tiqushlar don cho’qiydi, tuxumni yaxshi ko’radi, sabzi, olma 
bersak ham еydi. To’tilarga meva va sabzavotlar juda foydali», - deydi. 
Syujetli hikoyada ham biror voqea-hodisa hikoya qilinadi. 
Masalan, «Bizning oila», «Mening do’stlarim», «Alla», «Do’kon», «Bizning 
doktor», «Mening ko’cham», «Ko’cha harakati qoidalari», «Men kim 
bo’lmoqchiman», «Sayrda», «Paxta terimida», «Mehrjon bayrami», «Bizning 
qishloq» kabi mavzulardagi hikoyalar shakl jihatidangina emas, mazmunan ham 
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu hikoyalarni tuzishda bolalarning nimalarga e’tibor 
berishi tushuntiriladi. 



Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish