«Sen ta’rifla, men topaman».
Didaktik vazifa
- Kattalarning savollariga narsaning harakterli belgisini ajratib va
nomini aytib javob berish.
O’yin harakati
– Kattalarga topishmoqni aytish.
O’yin qoidasi
– Ta’riflanayotgan narsaning nomini aytish mumkin emas.
Tarbiyachining savollariga aniq va to’g’ri javob berish.
Jixozlash
– Sabzavot va mevalarni stol ustiga qo’yiladi. Tarbiyachi
stulini o’simliklar ko’rinmaydigan qilib qo’yiladi.
O’yinning borishi –
Tarbiyachi bolalarga stol ustidagi sabzavotlardan bittasini
tanlang. Men sizdan uning qandayligini so’rayman. Siz javob berasiz. Faqat uning
nomini aytmang. Sizlarning javoblaringizdan men uni topishga harakat qilaman,
deydi. Keyin tartib bilan tarbiyachi savol beradi: «Shakli qanday?, hamma tomoni
shardek dumaloqmi?, chuqurchasi bormi?, rangi qanday?» va boshqa.
Bolalar savollarga to’la javob berishadi. Bolalar narsaning xarakterli belgilari
haqida gapirib berganlaridan keyin tarbiyachi topishmoqni topadi.
Ma’lumki muloqat ikki shaklda-erkin va maxsus tayyorlangan mashg’ulotlarda
amalga oshiriladi. Kundalik hayot va taassurotlar asosida uyushtiriladigan muloqat
erkin muloqot bo’lib, yo’l-yo’lakay o’tkazilsa-da, bola nutqining ifodali bo’lishiga
yordam beradi, ularda jumlalarni grammatik jihatdan to’g’ri tuzishi malakalarining
paydo bo’lishiga so’z zahirasining boyishiga olib keladi. Shu bilan bog’lanishli
nutq malakasining o’zlashtirilishiga zamin bo’ladi. Bolalarda ko’proq guruh bilan
qilingan sayrlarda tevarak-atrofni kuzatib, tarbiyachisi va do’stlari bilan
so’zlashadi, uyda esa oila a’zolari bilan muloqat natijasida bog’lanishli nutqini
shakllana boradi.
Maxsus tayyorlanadigan muloqatlar esa dastur asosida muayyan mavzular
bo’yicha uyushtirililadi.
Masalan, maxsus tayyorlangan suhbatlar quydagicha tuziladi: dastlab mavzu
belgilanadi, uning maqsadi, vositalari, aniqlanadi, savollar tuziladi. Lekin
bularning har biri Nimaga? Nima uchun? Namadan? Qanday qilib kabi izlanuvchi
va muammoli savollar tarzida bo’lishi zarur. Shu bilan birga, savollar,
umumlashtiruvchi xarakter kasb etishi ham mumkin.
Xulosa:
Muloqot ikki shaklda – erkin va maxsus tayyorlangan mashg’ulotlarda
amalga oshiriladi. Kundalik hayot va taassurotlar asosida uyushtiriladigan muloqot
erkin muloqot bo’lib, yo’l-yo’lakay o’tkazilsa-da, bola nutqining ifodali bo’lishiga
yordam beradi, ularda jumlalarni grammatik jihatdan to’g’ri tuzish malakalarining
paydo bo’lishiga, so’z zahirasining boyishiga olib keladi. Shu bilan nutq
malakasining o’zlashtirilishiga zamin bo’ladi. Bolalar ko’proq guruh bilan qilingan
sayrlarda tevarak-atrofni kuzatib, tarbiyachi va do’stlari bilan so’zlashadi, uyda esa
oila a’zolari bilan muloqot natijasida nutqi shakllana boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |