Jismoniy daqiqa.
Bolalar, yana bizning ovozimiz ham bor-a! U ham uychada yashaydi. Biroq uning uychasi og’izda emas, bo’yinda (ko’rsatadi).
Ba’zan ovoz uxlaydi va sekingina pishillaydi, uning pishillashi eshitilmaydi
(tarbiyachi «s» tovushini talaffuz etadi So’ngra bolalar «s» tovushini talaffuz etadilar.Qo’llarining orqa tomonini bo’yinlariga qo’yib, ovoz uxlayaptimi yoki yo’qmi, tekshirib ko’radilar). Ovoz uyqudan turgandan keyin ashula aytadi. U shunday ovozda ashula aytadiki, hatto uychaning devorlari titray boshlaydi (bola «z» tovushini bo’yinga qo’l kaftining orqa tomonini qo’yib talaffuz etadi. Bu bilan ovoz uxlayaptimi yoki yo’qmi, tekshiriladi. Xuddi shu tariqa bolalar ikki – uch marta «s» va «z» tovushini navbatma-navbat talaffuz etadilar va tovush uxlayaptimi yoki ashula aytyaptimi aniqlashadi . Bolalar, bugun biz ko’p narsalarni bilib oldik. Mashg’ulot bolalarni rag’batlantirish bilan yakunlanadi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
Demak gapirishimiz uchun bizga nimalar yordam beradi?
(lablar, til, til uchi, til kuragi, tilning orqa qismi, tishlar, tanglay, tovush)
Mavzu: «O» tovushini talaffuz qilish Maqsad:
«O» tovushi bilan tanishtirish.
Vazifalar:
«O» tovushini talaffuz qilishga o’rgatish
«O» tovushining unli tovush ekani haqida tushuncha berish, uning so’z boshi, o’rtasi va oxirida kelishini aytish,uning to’g’ri talaffuzini o’rgatish,
«O» tovushli so’zlar bilan bolalar nutqini boyitish.
Kutilayotgan natijalar:.
«O» tovushining unli tovush ekanligini, uning so’z boshi, o’rtasi va oxirida kelishini bilib oladilar.
«O» tovushli so’zlar ayta oladilar.
Kerakli jihozlar:
«O» tovushi bor suratlar, kubik: bir tomoniga labning ochiq holati rasmi yopishtirilgan, boshqa tomonlariga unli harflar yopishtirilgan.
Tarbiyachi bolalarning tovushlar haqidagi bilimini aniqlash va mustahkamlash uchun savollar beradi. Tovushlarni nima qilamiz?
(tovushlarni talaffuz qilamiz va eshitamiz)
Tarbiyachi bolalar javoblarini umumlashtiradi: nutq tovushlari 2 xil bo’ladi: unli tovushlar va undosh tovushlar, Tovushlarni aytamiz, eshitamiz.
Bugun biz «O» unli tovushi bilan tanishamiz.
«O» tovushini talaffuz etganimizda quyidagi holat yuz beradi:
Lablar aylana shaklida (dumaloqlangan) va bir oz oldinga chiqadi, tishlar dumaloqlangan lablar bilan berkiladi, til ildizi bir oz yuqoriga ko’tariladi, yumshoq tanglay tomoqning orqa devoriga siqilgan bo’lib, burun yo’llarini yopib turadi, havo oqimi og’iz bo’shlig’i orqali o’tib ketadi, tovush boylamlari bog’langan bo’lib, tebranadi va tovush hosil bo’ladi.
Unli tovushlar to’siqqa uchramaydi, cho’ziq aytiladi. Unli tovushni biz qizil rangda belgilaymiz (qizil kvadrat shaklni ko’rsatiladi). Kubiklarning (tarbiyachi kubikni ko’rsatadi) bir tomoniga labning ochiq holati rasmi yopishtirilib belgilanadi. Siz kubiklarni o’ynayotganingizda bilingki, kubikning bir tomoniga labning ochiq holati rasmi yopishtirilib, qolgan tomonlarda harflar ko’rsatilgan bo’lsa, demak bu kubikdagi harflar unli harflar bo’ladi. Mana qarang, kubikning bir tomoniga labning ochiq holati rasmi yopishtirilib, boshqa tomonida «O» harfi yopishtirilgan. Demak, «O» harfi unli tovush ekanligini bildiradi.
Xattaxta tagligiga uy hayvonlari rasmi terib qo’yiladi (qo’y, echki, sigir, buzoq, ot) va quyidagicha suhbat orqali ot so’zi ajratib olinadi.
Uy hayvonlari nomini ayting.
(qo’y, echki, sigir, ot)
Ular nima uchun uy hayvonlari deyiladi?
(chunki ularni uyda odamlar boqadi, parvarishlaydi)
Shu hayvonlarning qaysi biri nomida «O» tovushi bor? Aytib ko’rib aniqlang-chi?
(tarbiyachi o’zi aytib yordam beradi: o-o-o t.) (Ot so’zida «O» tovushi bor).
Do'stlaringiz bilan baham: |