UMUMIY XULOSALAR
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o’stirishning yuqori darajasiga quyidagilar evaziga erishish mumkin: tilning adabiy me’yorlari va qoidalaridan xabardorlik; o’z fikr-mulohazalarini erkin bayon eta olish; muloqotga kira bilish, kattalar va tengdoshlar bilan muomala qila olish; suhbatdoshni tinglay bilish, so’rash ya’ni savollarni to’g’ri bera olish, javob berish, e’tiroz bildirish, zarur bo’lganda esa tushuntirish, izoxlash.
Atrof muxitni o’rganishda tarbiyachi ishni shunday uyushtirsinki bolalar shunchaki ko’zatmasliklari, balki predmetlarni ularning qismlari, elementlarini ko’rib, jarayonlar, hodisalarni idrok eta borib, ular tug’risida mulohaza yuritishlari ham lozim. Bunga erishish uchun tarbiyachi oldiga qiyoslash, taqqoslash, ajratish, umumlashtirish, taxlil qilish va boshqa shu kabi usullardan foydalanish vazifasi qo’yiladi.
Bolalar nutqini o’stirish samaradorligiga erishish uchun ularning bilim darajasi, qiziqishi va shaxsiy qobiliyati xususiyatlarini hisobga olish muhimdir. Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rejali tarzda o’stirish uchun nafaqat ertaklar bilan tanishtirish avvalom bor ularni asosli ravishda tanlash, eng ahamiyatli so’zlarni ularning mavzu jihatdan xilma-xilligi, ya’ni sifat tarkibi, ma’nosi buyicha o’rganishni ta’minlashham dolzarb masaladir
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda tevarak-atrofni kuzatish va undagi voqeahodisalarni anglash vositasida nutqni o’stirish quyidagi omillarni hisobga olishni taqozo etadi:
maktabgacha katta yoshdagi bolalarning yosh xususiyati, ularning bilish faoliyatida manbalarning qulayligi, so’z zahirasini boyitish;
tevarak-atrof manbalari - hayvonot dunyosi, tabiat hodisalari, o’simliklar dunyosi, odamlarning mehnat jarayoni, xo’jalik sohalari, aloqa vositalari, elektrostansiyalar, dengiz, ko’llar, daryolar va sharsharalar, tog’lar, g’orlar, balandliklar, osmon, koinot, o’yinchoqlar, kitob va rasmlar bo’lib, ularni guruhlarga bo’lib bog’lanishli nutqni o’stirish.
Bu boradagi adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatdiki, bolalarning nutqini o’stirishning shart-sharoitlari, samarali shakl va metodlari ishlab chiqilmagan. Shunga ko’ra maktabgacha katta yoshdagi bolalarda bog’lanishli nutqni o’stirishning mohiyati, ilmiy-nazariy jihatlari, uni amalga oshirish qonuniyatlari, shart-sharoitlari, mazmuni va o’ziga xos xususiyatlari belgilab olindi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning tevarak-atrofni o’rganishda nutqni o’stirish jadvali ishlab chiqildi va bolalarda nutqni maqsadga muvofiqo’stirish quyidagi hollarda yuqori samara berishga to’g’risida qat’iy xulosaga kelindi:
nutqda adabiy til me’yorlari qoidalariga rioya etish;
o’z fikrini ifodalashda tilning leksik va grammatik qoidalaridan foydalanish qobiliyatiga ega bo’lish;
o’z tengdoshlari hamda katta yoshlilar bilan muloqotga kira olish;
o’z suhbatdoshini tinglay olish va unga to’g’ri savol berish, savollarga javob qaytarish, zaruriyatga ko’ra tushuntira olish; monologik va dialogik nutqmalakasiga ega bo’lish;
nutqda tovush madaniyatiga rioya etish;
so’z zahirasini boyitib borish;
nutqning grammatik tuzilishiga e’tibor berish;
nutqning rivojlanishini ta’minlash;
Mazkur ilmiy-metodik talablar bevosita ma’lum tizimda, maqsadga yo’naltirilgan texnologiya asosida amalga oshiriladi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning tevarak-atrofni o’rganishda nutqini o’stirish texnologiyasini ishlab chiqishdan oldin uning mazmuni belgilab olinadi va tashkiliy-metodik xususiyatlari aniqlanadi. Bu talablar bolalarning maktabgacha tarbiya yoshining barcha bosqichlarida amalga oshirilib, bolalarning yosh xususiyati, o’ziga xos tayyorgarligi darajasi hisobga olinadi. Maktabgacha katta yoshli bolalarning tevarak-atrofni idrok etish, his etish, uni tushunishi asosida nutqini o’stirishga doir talablar «Bolalar bog’chalari uchun dastur»da ma’lum darajada o’z ifodasini topgan. Ammo uni amalga oshirish yo’llari, shakl va metodlari, izchil, ilmiy-amaliy, metodik jihatdan maqsadga muvofiqtashkil etilmagani ma’lum bo’ldi. Chunki ko’pchilik bolalar nutqida cheklanishlar mavjud bo’lib, ular fikrini yordamchi savollar asosidagina bayon eta oladi; ayrimlari matnga taqlid qilib, aynan matnning o’zini hikoya qiladi; ba’zilari muhim voqealarni tushirib qoldiradi. Voqea-hodisalarni bir xil ohangda bir xil tezlikda hikoya qiladigan, o’zicha ortiqcha so’zlarni qo’shib mazmunsiz hikoya qiladigan, matn mazmunini o’zgartirib, mantiqiy izchillikka rioya etadigan bolalar ham talayginadir.
Shuning uchun ham maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ham nutqni o’stirish texnologiyasi ishlab chiqilganda tavsiya etilgan matnni hikoya qilishda voqeani kattalarning yordamisiz, mustaqil ifodalay olishga, Mazkur texnologiyaning samaradorligi sayohatlarda, o’yin vositalarida, maxsus tashkil etilgan mashg’ulotlarda yoki tabiiy holda vujudga kelgan suhbatlar, turli vaziyatlar yaratish, so’rovnomalar, intervyu, reyting kabi tashxis qo’yuvchi metodlar vositasida aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |