O‘zbekiston pespublikasi oliy va o‘rta maxsus


Хulosa: Qo‘g’irchoqlar



Download 0,75 Mb.
bet51/88
Sana25.03.2022
Hajmi0,75 Mb.
#509456
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   88
Bog'liq
BOLALARNI NUTQINI O‘STIRISH

Хulosa:
Qo‘g’irchoqlar voqea, hodisa va jarayonning obrazli ko‘rinishidir. Qo‘g’irchoqlar milliy va umuminsoniy xususiyatlarga egaligi bilan insoniyat sivilizatsiyasida yashagan bo‘lib kelmoqda. Uning obrazlilik hususiyati maktabgacha yoshdagi bolalar aqliy tafakkurini, maqsadni shakllantirish imkonini beradi. Bu o‘rinda, ta’kidlash lozimki, aqliy tafakkur tushunchasida bilish, emotsional va anglash tafakkuridan shu jihatlari bilan aqliy tafakkur farq qiladi.
Maktabgacha ta’lim sog’lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zaruriy tashkiliy, uslubiy, psixologik shart-sharoitlar yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlash ota-onalar davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

  1. Bola tarbiyasida o‘yinchoqning ahamiyati nimalardan iborat?

  2. Turli yosh guruhlarda bolalarni o‘yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o‘rgatish uslulari haqida nimalarni bilasiz ?.

  3. Bola tarbiyasida milliy o‘yinchoq va qo‘g’irchoqlarning roli qanday?

  4. Qo‘g’irchoqlarning qanday ko‘rinishlarini bilasiz?

  5. O‘yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o‘rgatish usullari xususida to‘xtaling?

10. BADIIY ASARNI SAHNALASHTIRISH TURLARI VA UNI QO’YIB KO’RSATISH METODLARI
Reja:

  1. Badiiy asarni sahnalashtirishning o’ziga xos xususiyatlari.

  2. Sahnalashtirilgan o’yinlar.

  3. Badiiy asarni sahnalashtirib ko’rsatish usullari.

Tayanch tushunchalar: personaj, emotsional, ijodiy o’yinlar, sahnalashtirilgan o’yinlar, siluetlar, teatr-kitoblar, panorama-kitoblar, qurish-yasash o’yinlari
1. Badiiy asarni sahnalashtirishning o’ziga xos xususiyatlari. Sahnalashtirish o’yinlari, bu bolalarning mustaqil ijodiy o’yin turi bo’lib, unda badiiy asar va hikoyalar bolalar tomonidan rollarga bo’lib ijro etiladi. Bu o’yinlar bolalarda iroda, intizom va o’z xatti-harakatlarini boshqara olish, boshqalarning harakatlari bilan hisoblashish kabi ijobiy ma’naviy xislatlarni shakllantiradi.
Sahnalashtirish o’yinlarida bolalar o’yin jarayoniga kirib boradilar, voqea va ertak qahramonlarining ichki hayotiga bevosita aloqador bo’lgan qahramonlik, jasurlik, mehribonlik, jonbozlik, jonkuyarlik kabi ijobiy fazilatlarni o’zlarida yaqqol namoyon qiladilar. Bu jarayonda bolalarning nutq faolligi, lug’at boyligi, dunyoqarashi kengayib boradi.
Sahnalashtirish uchun badiiy asar, ertaklar tanlash katta yoshdagilardan bolalarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari, istaklarini hisobga olishni talab etadi.
Adabiy asarlarni tanlashda quyidagi talablar qo’yiladi:

  1. Mazmunining g’oyaviy-ma’naviy barkamolligi.

  2. Badiiy jihatdan mazmundorligi.

  3. Asardagi qatnashchi va rollarning soni (qancha ko’p bo’lsa, asar shuncha ahamiyatlidir).

  4. Mazmuni yaxshi bo’lishi bilan birga, unda harakat turlarining ham ko’p bo’lishi.

  5. Ifodali o’qishga mos bo’lishi.

  6. Mazmuni qiziqarli, hayot bilan bog’langan bo’lmo g’i zarur.

Bolalar xalq ertaklarini sahnalashtirishni yaxshi ko’radilar. Masalan, «Sholg’om», «Zumrad va Qimmat», «Bo’g’irsoq» va boshqalar. Bolalar boshqa xalq ertaklarini ham turli usullarda (qo’g’irchoq, soya, soya teatri orqali) sahnalashtirishga ehtiyoj sezadilar.
Badiiy asarni eslab qolishlari uchun uni qayta qo’yib berish, sahnada ko’rsatish, rasmlar namoyish etish, didaktik o’yinlardan foydalaniladi.
Sahnalashtirish o’yinlari qiziqarli o’tishi va uzoq vaqt davom etishi uchun kerakli jihozlar tayyorlanishi va unga to’g’ri rahbarlik qilinishi kerak. Kattalar o’yin rejissyori rolini amalga oshira borib, bolalarning xatti-harakatlari, qobiliyatlari, intilishlarini hisobga olib boradilar. o’yinda faol ishtirok etgan bolalarni alohida rag’batlantirilib, kelgusida qaysi asarlarni sahnalashtirish kerakligini aniqlaydilar. Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini yanada takomillashtirishda qurilish materiallari bilan o’ynaladigan o’yinlarning roli kattadir. Pedagoglardan Z.V. Lishtvan, V.G. Nechaeva o’z tadqiqotlarida qurish-yasash o’yinlarining o’ziga xos tomonlari va ahamiyatini yoritib berganlar. Bolalar nashriyotlari badiiy asarlarni sahnalashtirish uchun xalq ertaklariga siluetlar, teatr-kitoblar, panorama-kitoblar kabi turli ko’rinishdagi ko’rgazmali qo’llanmalarni chop etmoqdalar.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish