O’zbekiston o’zining ko’plab tarixiy-me’moriy yodgorliklari, turfa XIL iqlimi va tez sur’atlarda rivojlanishi bilan butun dunyo diqqatini o’ziga tortmoqda



Download 23,29 Kb.
bet6/6
Sana13.07.2022
Hajmi23,29 Kb.
#790631
1   2   3   4   5   6
Hukumatvaturizm
O’zbekistonda turizm sohasi nisbatan yangi bo’lsada, u rivojlanishda ko’pgina sohalardan oldinga chiqib oldi.
Xalqaro turizmni rivojlantirish uchun bizning diyor juda katta salohiyatga ega. Yigirma yil avval O’zbekistonni hech kim istiqbolli turizm hududi sifatida bilmas edi. Mustaqillikka erishilgach davlat tomonidan turizm sohasida yangi tamoyillar ishlab chiqildi. 1992 yilning 27 iyulida O’zbekiston Respublikasining Prezidenti farmoni bilan “O’zbekturizm” milliy kompaniyasi tashkil topdi. “O’zbekturizm” ning asosiy vazifasi turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirish va turizmni rivojlantirishning milliy modelini yaratishdan iborat.
Bundan tashqari, milliy kompaniya respublikadagi barcha turistik tashkilotlarning faoliyatlarini muvofiqlashtiradi, turizmning barcha yo’nalishlarining rivoshlanishini rag’batlantiradi, kadrlar masalasi bilan shug’ullanadi, moddiy-texnika bazasini shakllantirishga va soha infrastrukturasi rivojiga investitsiya oqimini jalb qiladi.
1993 yildan buyon bizning davlatimiz “Xalqaro turizm tashkiloti” (UNWTO)ning a’zosi hisoblanadi. 2004 yildan boshlab Samarqandda – buyuk Ipak yo’lining “yuragi”da UNWTO ning transkontinental magistralda turizmni koordinatsiyasi bilan shug’ullanuvchi ofisi faoliyat yuritib kelmoqda.
Hukumat tomonidan turizm sohasini modernizatsiya qilish, davlatda transport va mexmonhona infrastrukturasini yaxshilash, hamda turizmda normativ-huquqiy bazani mukammallashtirish sohalarida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Turizm mahsulotlarini horijda tanitish maqsadida “Mega-info-tur” – tanishuv safarlari marketing loyihasi horijiy turistik kompaniyalar va ommaviy axborot vakillari uchun amalga oshirilib kelinmoqda. Shu kabi safarlar turistik mavsumlarning kengaytirish, vatanimizga keluvchi turistlarning oqimlari muddatini optimallashtirish, hamda O’zbekistonda har bir fasl turistlar uchun o’ziga hos bo’lishini ko’rsatib berishda muhim ro’l o’ynaydi.
Bundan tashqari O’zbekistonning turistik salohiyatini qo’llab-quvvatlashda UNWTOning rahnamoligida o’tadigan, Toshkentdagi xalqaro “Ipak yo’lidagi turizm” yarmarkasining ham ahamiyati juda katta. Bu yarmarkaning asosiy maqsadi turizm sohasidagi o’zbek hamda horij mutahassislarini birlashtirish, ular o’rtasida professional hamkorlikni yanada kengaytirishdan iborat. Bugungi kunga kelib bu xalqaro yarmarka Markaziy Osiyodagi eng yirik ko’rgazmalardan biri sifatida nom qozongan.
Afsonaviy o’tmishi, Ipak Yo’lining tarixiy-muhandislik merosi, tabiatining ajoyib manzaralari, avloddan-avlodga o’tib keluvchi mahalliy hunarmandchilik, xalqning mehmondo’stligi va insoniy qadriyatlari bilan sayyohlarni hayratga soluvchi, mahliyo qiluvchi shu bilan birga ularni hursand etuvchi O’zbekiston barcha burchaklaridan kishilarni o’ziga jalb etadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 22-sentyabr kuni BMT Bosh assambleyasining yubiley 75-sessiyasida so’zlagan nutqlarida Markaziy Osiyo hamqorlik masalalari qayd etilib, mintaqada tub o’zgarishlar bo’layotganligi, davlatlari o’rtasida yaxshi qo’shnichilik va o’zaro ishonch muhitini yaratishga erishilganligi, hususan so’nggi yillarda O’zbekistonning qo’shni davlatlar bilan o’zaro savdo hajmi ortib borayotganligi, mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarning jadal rivojlanayotganligi, kambag’allikni kamaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va qo’shimcha ish o’rinlari yaratish, investisiya va biznes muhitini yaxshilash hamda zamonaviy infratuzilmani barpo etish, odamlarni yangi kasb-­hunarlarga o’rgatish va aholiga manzilli ijtimoiy yordam ko’rsatish ta’kidlandi. O’z navbatida, Markaziy Osiyo davlatlari oldida muhim strategik vazifa turibdi. U ham bo’lsa, mintaqamizning global iqtisodiy, transport va tranzit yo’laklariga chuqur integrasiyasini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy hamkorligida mavjud vaziyatni tahlil qilish, integrativ potensialini baholash xamda rivojlanish istiqbollarini o’rganish maqsadida, 2020 yil 8 oktyabr kuni Davlat bojxona qo’mitasining Bojxona institutida “Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida onlayn ilmiy-amaliy davra suhbati o’tkazildi. Ushbu davra suhbatida “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti “Turizm menejmenti” fakulteti dekan o’rinbosari Samiyev Siroj “O’zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan turizm salohiyatini oshirish istiqbollari” mavzusi bilan ishtirok etdi.
Mazkur ilmiy-amaliy davra suhbati davomida hozirgi pandemiya sharoitida turizmni rivojlantirish istiqbollari, fukarolarning erkin sayohat qilishga imkoniyat yaratish va ularning xavfsizligini ta’minlash, turistik oqimlarni kengaytirish hamda an’anaviy turistik maskanlarning xavfsizligini oshirishga qaratildi. Kelajakda turizmni rivojlantirish bo’yicha Markaziy Osiyoni bog’lab turadigan yo’llarning infratuzilmasini yaxshilash, davlatlari o’rtasida yoshlar forumini o’tkazish, iqtisodiy integrasiyani kuchaytirish, Markaziy Osiyo davlatlari o’zaro hamkorlik asosida qo’shma turlarni, masalan transchegaraviy turlarning istiqbolli rolini oshirish bo’yicha takliflar hamda hozirgi pandemiya sharoitini inobatga olgan holda ichki turizmni jonlantirish uchun tavsiyalar berildi.
"Turizm asoslari” o ‘quv qo‘llanmasida respublikamizda ushbu sohaga bo‘layotgan e’tiborning ortayotganligi, turizm faoliyatining iqtisodiyot tizimidagi aham iyati muhimligi dalillar asosida ko‘rsatib o ‘tildi. Q o‘llanmani tayyorlash jarayonida amaliy ish faoliyatidagi yutuq va kamchiliklardan foydalanilib, turizmga oid turli me’yoriyh u q u q iy hujjatlar ja m la n d i, atam alar sh arh lan d i. X ususan, respublikamiz hukumatining turizm sohasidagi qator hujjatlari tahlil e tild i, tarixiy-m adaniy yodgorliklar va turizm tarixi, turizm m aqsadlari, tashkiliy shakllari va asosiy kategoriyalari, turlari, infratuzilmasi, turist tushunchasi, turistik xizmatlar, mahsulotlar va tovarlar, turistik industriya, turistik resurslar o ‘rganildi. "Turizm asoslari" fanini boshlang‘ich kurslarda mashg‘ulot olib borilishiga asosiy sabab shuki, u o‘rta maktab ta ’limi dasturlariga yaqin turadi. Fanni tayyorlash jarayonida murakkab mavzular va o ‘ta qiyin tushunchalar berilishidan chetga chiqilgan. Shuningdek, u m aktab o ‘quv dasturlaridagi tarix, geografiya va boshqa fanlar bilan uzviy aloqadadir "Turizrn asoslari" o ‘quv q o llan m asin i yaratishda xorijiy mamlakatlar olimlari va mutaxassislari tom onidan ixtisoslikka oid yaratilganadabiyotIaro‘rganildi, tahlil etildi ham da kerakli o‘rinlarda ularning tarjim a m atnlaridan to ‘liq foydalanib, respublikamiz sharoitiga moslashtirildi. "Turizm asoslari" mutaxassislik fanlari ichida o ‘z o‘rniga ega bo‘lib, uning mavzulari keyingi kurslarda ta ’lim beriladigan turizm yo‘nalishidagi fanlarning o ‘zagini tashkil etadi. Eng muhimi - o‘ziga xos, mutaxassislar ancha yillardan buyon orziqib kutayotgan, turizm ta’limi sohasida yangi ixtisoslik adabiyoti o ‘zbek tilida yuzaga keldi. Bu ishning debochasidir. Har bir ijod namunasida muallif e’tiboridan chetda qoladigan ayrim kamchiliklar bo‘lishi tabiiy. Ushbu o‘quv qoMlanma ham undan mustasno emas. Kelajakda sohamizning ilmiy- tadqiqotchilari m azkur qo'llanm adan unumli foydalanadilar va uni yangi m a’lum otlar bilan boyitadilar, - degan umiddamiz.
Download 23,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish