O’zbekiston oliy ta’lim vazirligi


Buxorodagi xonlik va amirlik davri boshqaruvi: o’ziga xos xususiyatlari va umumiyligi



Download 86,29 Kb.
bet8/9
Sana31.12.2021
Hajmi86,29 Kb.
#257325
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Buxoro xonligi ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy madaniy taraqqiyotida (3)

Buxorodagi xonlik va amirlik davri boshqaruvi: o’ziga xos xususiyatlari va umumiyligi

Buxoro davlat tuzumiga ko’ra monarxiya davlatiedi. Davlat tepasida amir, ya’ni yakka – mustabid hukmdor turgan. Hukmdor rasman cheklanmagan huquqqa ega bo’lib, butun hokimiyat uning qo’lida to’plangan. U davlatni o’zi ishongan eng oliy toifadagi amaldorlar (arkoni davlat) ga tayanib idora qilgan. Hukmdor amalda davlatni boshqarishda eng nufuzli qabilalarning boshliqlari bilan hisoblashib ish tutgan.


Buxoro amirligi ma’muriy jihatdan viloyatlarga va tumanlarga bo’lingan. Chunonchi, amirlik davlati 40 viloyat va tumanliklardan iborat edi. Amirlikning yer maydoni taxminan 270 ming km2, aholisi esa 2 mln atrofida bo’lgan. Aholisini o’zbeklar, tojiklar, turkmanlar, qolgan qismini esa qoraqalpoqlar, qozoqlar va boshqa xalqlar tashkil etgan. Amir tayinlaydigan hokim boshqaradigan hudud viloyat deb atalgan. Amirlikning poytaxti Buxoro shahri va viloyatini qo’shbegi boshqargan. Amirlikning alohida davlat xazinasi bo’lmagan. Xazina amirning mulki bo’lgan.Amirlikning davlat muassasalari ma’muriy, moliya, qozilik, mirshablik va harbiy idoralardan iborat bo’lgan. Ularning har biriga tayinlangan amaldor rahbarlik

23


qilgan.Buxoro xonligi saroyida 30 ga yaqin amaldor xizmat qilgan. Mahalliy boshqaruv muassasalarida xizmat qiluvchilarning soni 30 ming atrofida bo’lgan. Bundan tashqari, 40 beklik – viloyat tepasida mahalliy qabila boshliqlari turardi.Markaziy hokimiyatda devonbegi, ko’kaldosh, qo’shbegi, mushrif, mirshab, dodxoh, inoq, miroxur, dasturxonchi, kitobdor, to’qsabo, parvonachi, sadr, shayxulislom, qozikalon, muftiy, muhtasib kabi yuqori martabali lavozimlar joriy etilgan.Eng katta davlat lavozimi – qo’shbegi (vaziri buzruk), ya’ni Bosh vazir lavozimi edi. Davlatning barcha boshqaruv idoralari unga bo’ysunar edi. Bir so’z bilan aytganda, barcha ijroiya hokimiyat qo’shbegining qo’lida edi. Viloyat va tuman hokimlari ham qo’shbegi tavsiyasiga binoan tayinlanar edi. Qo’shbegi xon Arkida yashagan.Devonbegi – xonlikning moliya-xazina ishlarini boshqargan. Soliqlar undirilishi ustidan nazorat olib borgan. U Ark etagida yashagan.
Ko’kaldosh – butun amirlik hududida do’stona yoki dushmanlik munosabatida bo’luvchilar haqida ma’lumotni to’plagan.

Mushrif – amaldorlar xonga in’om etgan buyumlarni hamda harbiy anjomlarni ro’yxatga olgan. Soliq tushumlarini yozib borgan.

Mirshab – tungi shahar soqchilari boshlig’i vazifasini bajargan.

Dodxoh – fuqarolarning arz va shikoyatlarini tinglovchi va hal etuvchi amaldor bo’lgan.


Xnoq – vazifasi amir farmoyishlarini beklardan boshqa tabaqaga yetkazishdan iborat bo’lgan.
Miroxur – amir otxonasining boshlig’i bo’lgan.

Dasturxonchi – amir huzurida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun mas’ul amaldor.


Kitobdor – amir kutubxonasi boshlig’i.

To’qsabo – harbiy qism sarkardasi.

24

Parvonachi – biror-bir shaxs biror lavozimga tayinlanganida yorliqni o’sha shaxsga



yetkazuvchi amaldor.

Sadr – vaqf mulklarini boshqaruvchi.

Shayxulislom – musulmon jamoasi boshligi; qozilik ishlarida hamda kundalik hayotda qonunlarga rioya etilishini ta’minlovchi, hukmdorning eng yaqin kishisi. Bu lavozim avloddan avlodga meros bo’lib ham o’tgan.

Poytaxt qozisi (qozikalon) – davlatning oliy qozisi (sudyasi) amir aralashmaydigan barcha qozilik ishlariga rahbarlik qiluvchi oliy davlat lavozimi. Qozikalon «shariatpanoh» dcb ham atalardi. Qozikalon huzurida a’lam va 12 tnuftidan iborat devon tuzilgan edi. Uning vazifasi jinoiy ishlarni sinchiklab ko’rishdan iboratbo’lgan.Muftiy – qozikalon murakkab deb hisoblagan turli diniy-huquqiy masalalar bo’yicha shariatga asoslanib, fatvo chiqaruvchi shaxs.


Muhtasib (rais ham deyilgan) – musulmonlar tarafidan shariat qonunlarining bajarilishini kuzatuvchi, bozorlardagi tosh-taroziningto’g’riligini tekshiruvchi amaldor.Xullas, amirlikdagi yuqori davlat lavozimlari o’sha davrdagi boshqaruv tizimiga to’la mos bo’lib, amirning yakka hukmronligini ta’minlar edi.


Download 86,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish