O’zbekiston oliy ta’lim vazirligi


I-BOB. Buxoro xonligining tashkil topishi va davlat



Download 86,29 Kb.
bet3/9
Sana31.12.2021
Hajmi86,29 Kb.
#257325
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Buxoro xonligi ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy madaniy taraqqiyotida (3)

3

I-BOB. Buxoro xonligining tashkil topishi va davlat

1.1.Buxoro xonligini tashkil topishi xususidagi nazariy qarashlar

XVI asr boshlarida zaiflashib borayotgan temuriylar saltanatiga Dashti qipchoq tomondan ko`chmanchi o`zbeklar davlati xukmdori Muhammad SHohbaxt SHayboniy xujumi boshlandi. SHayboniyxon 1500-1501 yillarda Samarqand va Buxoroni, 1504 yilda Xisor viloyatini, 1504-1505 yillarda Urganchni, 1506-1507 yillarda Xuroson poytaxti Xirot qamda Balxni, shuningdek, Marv, Astrobod va Nishopur shaqarlarini zabt etdi. Toshkent, Farqona, Sirdaryo va Xorazm erlari Afqonistonning qandaqor, Zamindovur viloyatlari egallandi va Muhammad SHayboniyxonga qaram bo`lib qoldi. SHayboniyxonning Xurosondaligidan foydalangan qozoq sultonlari Movarounnaqrga bir necha marta bostirib kirib, uni talon-taroj qiladilar. 1506-1509 yillarda SHayboniyxon Xurosondan qaytib kelib, qozoq sultonlariga zarba beradi va Dashti qipchoq ichkarisiga quvib boradi. Bu yurishlaр natijasida Siqnoq, Yassi, Savron shaqarlari qayta qo`lga kiritiladi. SHunday qilib, Movarounnaqr va Xuroson birlashtirildi va SHayboniylar sulolasi xukmronligi qaror topdi. Muhammad SHayboniyxon "Imom uz-zamon, xalifat ur-raxmon" unvonini olib o`z qo`lida dunyoviy va diniy hokimiyatni birlashtirdi.SHayboniyxon janubda Eronning ichki viloyatlariga yurish qiladi. Mashhad va Tus shaqarlarini egallab orqaga qaytadi. Eron shohi Ismoil Safaviy katta qo`shin bilan etib keladi. SHayboniyxon Movarounnahrdan yordamchi qo`shinlar kelishini kutmasdan jangga kirishga majbur bo`ladi. 1510 yilda Marv yaqinida bo`lgan jangda SHayboniyxon qo`shinlari engiladi, xonning o`zi qam halok bo`ladi. Taxtga SHayboniyxonning amakisi, Mirzo Uluqbekning qizi Robiya Sulton begimning o`g’li Ko`chkunchixon (1510-1530) chikdi. Biroq shayboniy sultonlar, beklar jipslashib Ismoilshohga qarshи kurashish o`rniga SHayboniyxon tirikligidayoq suyurqal sifatida taqsimlab berilgan viloyatlar va erlarga egalik qilish bilan o`ralashib qoldilar, ular o`rtasida o`zaro kelishmovchilik, ziddiyatlar avj oldi. Bundan foydalangan Ismoilshoh tez orada Xuroson va Xorazm o`lkalarini,

4

SHimoliy Afg’onistonni bosib oldi. Poytaxti Samarqand bo`lgan Movarounnaxrda esa shayboniylar xukmronligi saqlanib qoldi.Movarounnaxrda 100 yilgacha davom etgan SHayboniylar davrida qam tinchlik bo`lmadi, qirqinborot urushlar, o`zaro ichki kurashlar davom etdi. 1512 yildan boshlab Buxoro viloyati noibi bo`lib kelgaн Ubaydullo sulton 1533 yilda SHayboniylar davlatining Oliy xukmdori etib ko`tarildi. Ubaydulla sulton Samarkanddagi Ko`chkunchixon avlodlari karshiligi sababli oliy hokimiyatni Buxoroda turib boshqaradi va Buxoroni davlat poytaxti deb e`lon qiladi. SHayboniy Ubaydullaxon (1533-1539) davrida Buxoroning mavqei qam siyosiy, qam iqtisodiy jiqatdan kuchaydi. Ammo tarqoqlik davom etardi, Movarounnaqr XVI asr o`rtalarida qam mustaqil hokimliklardan iborat edi. Buxoroda Abdulazizxon, Samarqandda Abdulatifxon xukmdor edilar.Tarqoqlikka barqam berish, mamlakatni birlashtirish dolzarb bo`lib turgan bir paytda Abdulla sulton maydonga chiqdi, uni katta mavqega ega bo`lgan juybar shayxlari qo`llab-quvvatladi. Abdullaxon Buxoro taxtini egallaydi. Abdullaxon (1557-1561 yillarda amakisi PirMuhammad, 1561-1583 yillarda otasi Iskandarxon oliy xukmdor deb e`lon kilingan bo`lsada, amalda xukmdor Abdullaxon edi). 1557 yilda Buxoroni davlat poytaxti, mamlakatning siyosiy-ma`muriy markaziga aylantiradi. SHu boisdan davlatning o`zi qam Buxoro xonligi deb ataladigan bo`ldi.Abdullaxon siyosiy uzoq yillar urush olib borib, 1573 yilda Farqonani, 1574 yilda SHaxrisabz, qarshi, qisor viloyatlarini, 1578 yilda Samarqandni, 1582 yilda Toshkent, SHoxruqiya, Oqangaron va Sayramni, 1583 yilda Balxni, 1584 yilda Badaxshonni, 1588 yilda Xirotni, 1595 yilda Xorazmni zabt etib, mamlakatni birlashtirish ishini uddaladi, Buxoro xonligini kuchli va markazlashgan davlatga aylantirdi. Biroq ichki nizo, adovatni bartaraf etolmadi. qanimlar Abdullaxonga karshi uning o`qli Abdulmuminni qayraydi, Abdullaxon bilan uning o`qli Abdulmo`min o`rtasida taxt masalasida kelishmovchilikdan foydalangan qozoq xonlaridan Tavakkalxon Toshkent viloyati erlariga bostirib kiradi. Unga qarshi safarga otlangan Abdullaxon Samarqandga etganda vafot etadi. Abdullaxon o`rniga taxtga ko`tarilgan



5

Abdulmo`min 6 oycha xukmdor bo`ldi, u otasining amirlaridan biri-Abdulvose`

tomonidan otib o`ldirildi. Taxtga chiqqan so`nggi SHayboniy PirMuhammad qam 1601 yilda Samarqandda Boqi Muhammad bilan bo`lgan jangda qalok bo`ldi. SHayboniylar sulolasi barqam topdi.1601 yildan e`tiboran Buxoro xonligida hokimiyat ashtarxoniylar (Joniylar) sulolasi ko`liga o`tadi. 150 yilcha (1601-1753) xukmronlik qilgan Ashtarxoniylar sulolasi davrida Buxoro xonligida tinchlik, osoyishtalik bo`lmadi. Xonlik viloyatlarida xukmronlik qiluvchi amirlar va beklarning o`zboshimchaligи, markaziy hokimiyat amaldorlari o`rtasidagi o`zaro kelishmovchilik, ur-yiqit mamlakat tinkasini quritib borardi. Buni Ashtarxoniylar sulolasidan Buxoro taxtiga ko`tarilgan o`nta xondan ikkitasining taxtdan aqdarilgani, to`rttasining taxt ustida o`ldirilgani qam yaqqol ko`rsatadi.Buxoro davlatining zaiflashib qolganligidan foydalangan Eron shohi Nodirshoh XVII asrning 30-40-yillarida Buxoro xonligiga yurish qiladi. Nodirshoh Buxoro xonligida katta mavqega ega bo`lgan mang’it uruqidan chiqqan otaliq Muhammad Hakimbiy bilan shartnoma tuzadi va u Buxoro xonligining oliy xukmdori deb tan olinadi. Abulfayzxon amalda hokimiyatdan chetlatib qo`yiladi, Hakimbiy Buxoroning to`la vakolatli hokimi etib tayshshanadi. 1743 yilda Hakimbiy, uning o`qli Muhammad Rahim Nodirshoh xizmatiga kiradi. Nodirshoh 1747 yilda vafot etgach, Muhammad Rahim hokimiyatni o`z qo`liga olishga kirishadi.Buxoro xonligida katga nufuzga ega bo`lgan mang’it qabilasining vakili Muhammad Rahim 1747 yilda Abulfayzxonni, so`ngra rasman xon deb (soxta xon) e`lon qilingan uning o`qillari Abdulmo`min va Ubaydullo sultonlarni o`ldirib, hokimiyatni o`z ko`liga oladi. Muhammad Rahim 1756 yilda taxtga o`tirib, o`zini Buxoro amiri deb e`lon qiladi va hokimiyatni mustaqil idora qiladi, Mang’itlar sulolasiga asos soladi. SHundan e`tiboran Buxoro xonligi Buxoro amirligi deb atala boshlandi. Amirlikda hokimiyat 1920 yilgacha Mang’itlar sulolasi ko`lida bo`ldi.Muhammad Rahim xukmronligini beklik-viloyatlardagi boshqa qavmlardan bo`lgan hokimlar tan olmadilar. Amir mang’itlarga tayanib hokimiyatni markazlashtirishga intildi. Barcha qabilalarning

6

xukmdorlarini Buxoroga yiqib, ulardan markaziy hokimiyatga bo`ysunishni talab qildi, aks qolda qatgiq jazolanishi qaqida ogoqlantirdi. Viloyatlardagi ko`pgina hokimlar, bebosh amaldorlar hokimiyatdan chetlashtirilib, er-mulki tortab olinib boshqa joylarga ko`chirildi. Ular o`rniga amir qabiladoshlaridan tayinlandi. Muhammad Rahim Buxoro minorasi yonidagi o`z qarorgoqini maxsus qurdirgan Arkka ko`chirdi. O`zboshimcha beklarni Arkka chaqirib qattaq jazoladi. Tarqoqlikni bartaraf etish maqsadida ko`pgina bekliklarga - Samarqand, Jizzax, O`ratepa, Xisor, Boysun, SHaxrisabzga qarshi qonli urushlar qildi, ko`pgina viloyatlar vayron bo`ldi. Muhammad Rahim Nurotada istiqomat qiluvchi burgut qabilasi qo`zgolonini bostirib, ularning xarbiy isteqkomlarini buzib tashlab, o`zlarini Buxoro tumaniga ko`chirdi. Miyonqal`a qipchoqlariga xujum qilib, isteqkomlarini buzib tashlaydi, yo`lboshchilarini qatl etib, qolganlarini ko`chirib yuboradi.Muhammad Rahim vafotidan keyin o`zaro urushlar yanada kuchaydi. Viloyat xukmdorlari mang’itlarning markaziy hokimiyatiga qarshi qo`zqolonlar ko`tardi.Kenagas, yuz, baxrin, burgut, saroy qabilalarining qo`zqolonlari, xokimiyatga o`tirgan Doniyolbiyning ularni bostirish uchun qilgan urushlari minglab odamlarning yostiqini quritdi. Doniyolbiy qo`shinlaр xarajati uchun qo`shimcha soliqlar joriy etib aholi noroziligini oshirdi. Buxoro xunarmandlari va tijorat axdi 1784 yilda qo`zg’olon ko`tardi. Qo`zg’olonni bostirish jarayonida minglab odamlar qurbon bo`ldi.Amir Ma`sum ("begunoh amir") deb nom olgan SHohmurod (1785-1800 yillar) tarqoqlikka qarshi kurashni davom ettirdi. Amir SHohmurod boshqaruv tartibini o`zgartirish, amaldorlar tarkibini yangilash choralarini ko`rdi. Amir ikki yirik davlat arbobi - Davlat qushbegi bilan Nizomiddin qozikalonni saroy, ko`shin va boshqa soqadagi amaldorlar quzurida o`z ko`li bilan o`ldirdi. Soliqlarni tartibga soldi. Buxoro aholisiga tarxan yorliqini topshirdi. Unga binoan aholi savdo daromadidan boj to`lashdan, xunarmandlar pul yiqimidan, majburiy meqnat va soliqlardan ozod etildi. SHuningdek, xiroj, nikoq puli, tarozi qaqi va boshqa yiqimlar mikdori kamaytirildi.SHohmurod davrida Buxoro amirligi nisbatan



7

mustahkamlangan bo`lsada, o`zaro urushlar to`xtamadi. qarbiy chegaralarda esa Xiva xoni qo`shinlari xujumga o`tar, ekinzor va boqlar payqon qilinar, qishloqlar vayron bo`lar, odamlar va chorva mollar qaydab ketilar edi.


Shayboniyxon halok bo’lgach, uning o’rniga amakisi Ko’chkinchixon taxtga o’tirdi.
Ko’chkinchixondan so’ng taxtga o’g’li Abu Said (1530-1533) o’tirdi. Undan kcyin esa hukmdorlik Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonning o’g’li Ubaydullaxon (1533–1540) qo’liga o’tdi. Ubaydullaxon poytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko’chirtirdi. Ubaydullaxon Buxoroga ota-meros mulk deb qarar edi, chunki Shayboniyxon hayotligidayoq Buxoro hokimligini ukasi Mahmud Sulton Ubaydullaxonning otasiga bergan edi. Shu tariqa, shayboniylarning Movarounnnhrda tashkil etgan davlati endilikda rasmiy ravishda Buxoro xonligi deb ataladigan bo’ldi.Ubaydullaxonning tariximizdagi xizmatlari katta. Avvalo, u Ismoil Safaviy va qizilboshlarning hujumlarini bartaraf etib, Movarounnahrni ularning harbiy-siyosiy tazyiqlaridan saqlab qoldi. Ubaydullaxon hukmronligi davrida Buxoroning markaz sifatidagi nufuzi har tomonlama o’sdi.Ubaydullaxon o’z davlatining chegarasini Shayboniyxon davridagi sarhadlarda qayta tiklashga harakat qildi. U Hirotni ishg’ol etgan, qizilboshlarni bir necha marta mag’lubiyatga uchratgan edi. Ayni paytda u mamlakat ichkarisidagi o’zaro kurash va tarqoqlikka barham berdi.Ubaydullaxon vafot etgach, ichki ziddiyatlar yana kuchaydi. Hokimiyat uchun qattiq kurashlar boshlandi. Shayboniyxon avlodlarining har birida 10–12 nafardan o’g’il bo’lib, ularning har biri toj-taxtga da’vogar edilar. Ularning har biri o’z otamerosi bo’lgan hududlarda o’z qo’shiniga bosh bo’lib, mustaqillikka intilar, o’zini oliy hukmdor deb his etar hamda imkoni bo’lsa, xonlik taxtini egallash ishtiyoqida edilar.Ubaydullaxondan so’ng shayboniylar sulolasi vakillari o’rtasida o’zaro nizolar avjiga chiqdi. Buning oqibatida Abdullaxon I ning qisqa hukmronligi (1540–1541) dan so’ng mamlakatda qo’shhokimiyatchilik vujudga keldi. Ya’ni bir davlatda ikki hukmdor paydobo’ldi.Biri – Ubaydullaxonning o’g’li Abdulazizxon Buxoroda, ikkinchisi – Ko’chkinchixonning o’g’li Abdulatifxon Samarqandda

8

hukmdorlik qila boshladilar. Mamlakat bir necha mustaqil hokimliklarga bo’linib kctdi. Biroq qachondir, kimdirbu holatga chek qo’yishi kerak edi.


Mamlakatdagi parokandalikka chek qo’yish uchun markaziy hokimiyatni yana tiklash va kuchaytirish zarur edi. Bu zaruriyatni qonli – urushlarsiz amalga oshirib bo’lmas edi. Ana shunday sharoitda kurash maydoniga Miyonqol hukmdori Shayboniy Iskandar Sultonning o’g’li Abdullaxon II (1534–1598) chiqdi.
Iskandarxon xonadoniga Buxoro yaqinidagi Jo’ybor qishloglida istiqomat qiluvchi, g’oyatda katta iniluzga ega bo’lgan shayx Muhammad Islom (1493–1563)ning ixlosi baland bo’lganligi Abdullaxonga bu kurashda juda katta madad bo’ldi. Muhammad Islom va uning avlodlari olzlarining kelib chiqishini ota tomondan Muhammad payg’ambar avlodlariga, ona tomondan esa Chingizxon va Jo’jiga ular edilar. Aslzodalik vatasavvuftariqatidagi mavqeyiga ko’ra, Jo’ybor shayxlari somoniylar davridan boshlaboq davlat ishlarida muhim mansablarni egallab kelar edilar. XVI asrning ikkinchi yarmida Shayx Muhammad Islom, keyinchalik uning o’g’li Shayx Abubakr Sa’d Buxoroda shayxulislom lavozimini egallagan edilar.1556-yili Muhammad Islomning ko’magida Abdullaxon amalda Buxoro taxtini egallaydi. Muhammad Islom Olloh nomidan Abdullaxonning faoliyatiga oq fotiha bergan edi. Abdullaxon II avval amakisi, Balx va Badaxshon hukmdori Pirmuhammadni (1557–1561), keyin otasi Iskandarxonni (1561 – 1583) xon deb e’lon qilgan bo’lsa-da, amalda mamlakat hukmdori Abdullaxon II ning o’zi edi.Abdullaxonning butun hukmronlik davri tinimsiz urushlarda kechdi. Chunonchi, 1574-yili Balxni, 1578-yili Samarqandni, 1583-yili Toshkent va Farg’onani, 1584-yili Badaxshonni, 1595-yili Xorazmni zabt etdi va o’z davlati tarkibiga qo’shib oldi. Shundan keyin uning davlati sarhadlari janubda Hirotdan Mashhadgacha, shimolda Orol dengizigacha, Kaspiy dengizidan issiqko’lgacha yetdi. Butun Movarounnahr, Xorazm va Xuroson yana yagona hukmdor qo’li ostida birlashtirildi. XVI asr oxirlariga kelib Buxoro xonligi nisbatan markazlashgan ulkan davlatga aylandi.Shunday qilib, XVI asrdagi davlatchiligimiz tarixida yetakchi sulola – shayboniylar sulolasi boidi. Bu sulola

9

o’zbek davlatchiligi rivojiga ma’lum darajada hissa qo’shdi.Sulolaning eng qudratli vakili Abdullaxon II davrida esa o’zbek davlatchiligi o’z tarixida yana bir bor yuksak darajaga ko’tarila oldi.




Download 86,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish