Agarki, yaqin tariximizga — o’tgan asrning suronli 90-yillariga nazar soladigan bo’lsak, Islom Karimovning o’sha og’ir yillarla keskin muammolar girdobida turib, O’zbekistonning kelajagini aniq tasavvur qilgan holda ilgari surgan g’oya va dasturlari uning Vatanimiz yorug’ istiqboliga qanday buyuk ishonch bilan qaraganidan yaqqol dalolat beradi. Bu o’rinda gap bugungi kunda jahon jamoatchiligi tomonidan keng e’tirof etilgan, dunyoda o’xshashi kam bo’lgan O’zbekistonning Kadrlar tayyorlash milliy dasturi haqida bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |