Islom Karimov respublika rahbarligiga tayinlanganida O’zbekistonda ijtimoiy-siyosiy vaziyat murakkablashgan, turli ziddiyatlar va qarama-qarshiliklar kuchaygan, millatlararo nizolar vujudga kelgan, mamlakatda ishlab chiqarish izdan chiqqan, sansalorlik, xo’jako’rsinlik avj olgan, aholi asosiy qismining kayfiyati buzilib, ruhiy-ma’naviy muhit chigallashgan bir payt edi. Unga yaqin o’tmishdoshlaridan asabi taranglashgan, ruhiyati siniq, parishon va parokanda mamlakat meros bo’lib qoldi. Aytish mumkinki, respublikaning yaqin o’tmishi shalvirab qolgan aravaga o’xshardi. Uni to’xtatish ham, qamchi urishni ham iloji yo’q edi, chunki har ikki holatda ham arava to’kilib, parchalanib ketar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |