. Davlat chegarasini qo‘riqlash organlarining
asosiy funksiyalari
Davlat chegarasini qo‘riqlash organlarining asosiy funksiyalari
quyidagilardan iborat:
– O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasi siyosatini ishlab
chiqish va amalga oshirishda, Davlat chegarasini qo‘riqlash masalalari
bo‘yicha qonunchilik va normativ huquqiy hujjatlarni tayyorlashda,
chegaradan odamlar, transport vositalari, yuklar, tovarlar, boshqa
buyumlar va hayvonlarni o‘tkazishda, shuningdek, Davlat chegarasini
qo‘riqlash organlarining vakolatlariga tegishli boshqa masalalarni hal
qilishda ishtirok etish;
– Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish konsepsiyasini
amalga oshirish, chegara qo‘shinlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini
belgilash, ular faoliyatini takomillashtirishning maqsadli kompleks
dasturlarini tayyorlash va bu dasturlarni amalga oshirishning huquqiy
tashkiliy, iqtisodiy va boshqa mexanizmlarini ishlab chiqish;
– mamlakatimiz hududiga qurolli yorib kirishlarni barataraf etish,
Davlat chegarasidagi turli ig‘vogarliklarning oldini olish bo‘yicha o‘z
bo‘ysunuvidagi qismlar va bo‘linmalarning harakatiga rahbarlik qilish;
– O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi o‘tishini joylarda
noqonuniy o‘zgartirishning oldini olish va bartaraf etish, Davlat chegarasi
rejimini saqlash, chegara rejimi va chegaradan o‘tkazish punktlari rejimiga
amal qilish va ularni ta’minlashni nazorat qilish bo‘yicha tadbirlar ishlab
chiqish;
– Davlat chegarasidan o‘tkazish punktlarida chegara nazoratini tashkil
etish;
– O‘zbekiston Respublikasining chegara qo‘shinlarida operativ va
harbiy tayyorgarlikka rahbarlik qilish;
– chegara qo‘shinlarining shaxsiy tarkibini jangovar, huquqiy,
axloqiy, shuningdek, ma’naviy-ruhiy tayyorlash ishlarini o‘tkazish;
– chegara qo‘shinlarining faoliyatini axborot-tahliliy ta’minlash,
Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash muammolarini tahliliy
tadqiq etishni tashkil qilish, Prezidentga va manfaatdor davlat hokimiyati
organlariga axborotlarni tayyorlash va taqdim etish;
– Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasida
mamlakatimiz xavfsizligiga tahdidlar haqidagi axborotlarni qo‘lga kiritish
va ko‘rib chiqish;
– chegara qo‘shinlarining jangovar qo‘llanilishi va tashkiliy tuzilishi
rejalarini ishlab chiqish;
– davlatimiz fuqarolarini harbiy xizmatga tanlab olish va chaqirishni,
belgilangan xizmat muddatini o‘tagan harbiy xizmatchilarni zaxiraga
bo‘shatishni rejalashtirish va o‘tkazish;
– chegara qo‘shinlarida boshqaruv va aloqa tizimini rivojlantirish,
qo‘shinlarga rahbarlik qilishning yashirinligini ta’minlash, dushmanning
razvedka kuchlari va vositalariga, radioelektron kurashiga qarshi turish,
operativ-taktik niqoblanish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish;
– xizmat jarayonida va chegara operatsiyalarini o‘tkazishda Milliy
xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, IIV, DBQ, boshqa vazirliklar va
idoralar hamda joylardagi davlat hokimiyat organlari bilan harakatlarni
muvofiqlashtirish;
– jangovar kadrlar, moddiy-texnika, moliya, ilmiy, axborot, ruhiy,
tibbiy va ta’minotning boshqa turlarini, shuningdek, chegara
qo‘shinlarining kapital qurilish, kazarma uy-joy fondlari, mulklarining
holatini, ularning ishlatilishini nazorat qilish;
– chegara qo‘shinlarining javobgarligini, viloyatlarning ma’muriyhududiy
bo‘linishidan va Davlat chegarasining eng zaif joylaridan kelib
chiqib belgilash;
– chegara qo‘shinlarining qurol-yarog‘, harbiy texnika, o‘q-dorilar va
boshqa moddiy texnika vositalariga talabini aniqlash, operativ va daxlsiz
zaxiralarni jamg‘arish, joylashtirishni rejalashtirish;
– Davlat chegarasini qo‘riqlashning zamonaviy texnik, elektron
vositalarini joriy qilish;
– qo‘shinlar xizmatini tashkil qilish, uning holatini nazorat qilish, o‘z
bo‘ysunuvidagi qo‘shilmalar va qismlarda nizom tartibini ta’minlash;
– O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasiga chegara
qo‘shinlarining budjetini tashkil qilish, ularning tuzilishi va rivojlanishi
dasturini mablag‘ bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritish;
– harbiy xizmatdan bo‘shagan harbiy xizmatchilar va ularning
oilalariga, qonunda belgilanganidek, nafaqalar to‘lash, ijtimoiy va huquqiy
kafolatlarini ta’minlash;
– O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib
chiqadigan majburiyatlarni bajarish, mamlakatimiz hukumati imzolagan
xalqaro shartnomalar va bitimlar doirasida boshqa davlatlarning chegara
idoralari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, respublikaning
chegara vakillariga rahbarlik qilish;
– davlat, harbiy va xizmat sirlariga ega hujjatlarning himoyasini
ta’minlash;
– yuqori turuvchi organlarning qarorlarini, buyruqlari va
topshiriqlarini chegara qo‘shinlarining qo‘shilmalari va qismlariga
yetkazish, ularning bajarilishini nazorat qilish.
Davlat chegarasini qo‘riqlash organi o‘ziga yuklatilgan vazifalardan
kelib chiqib, boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |