O‘zbekiston milliy universiteti z. Z. Abdushukurova, S. Q. Zakirova, S. Sidiqov, S. Abdullaev O‘zbekiston tuproqlarining agrokimyoviy tavsifi



Download 1,27 Mb.
bet17/52
Sana14.07.2022
Hajmi1,27 Mb.
#795279
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52
Bog'liq
Ozbekistontuproq.agr.tavsifi-09.12.16

Taqirsimon tuproqlar. Bu tuproqlar cho‘l mintaqasining to‘la takomillashmagan yosh tuprog‘i hisoblanadi. Taqirsimon tuproqlar asosan daryo vodiylariga yaqin, lekin toshqin suvlarining ta’siri to‘xtagan erlarda loy, qum va qumoq yotqiziqlaridan tashkil topgan allyuvial va prolyuvial tekisliklarda paydo bo‘ladi.
Taqirsimon tuproqlarning tuzilishida faqat ularning quyi qatlamlarining uncha aniq ifodalanmagan genetik qatlamlarga bo‘linganini ko‘ramiz. Ushbu tuproqlarda 2-6 sm qalinlikdagi va uncha mustahkam bo‘lmagan g‘ovak qatqaloq qatlam, uning ostida qalinligi 5-12 sm li och tusli yoki qo‘ng‘ir rang mayda baliq tangachasimon strukturali qatlam va uning ostida esa qalinligi 20-30 sm li strukturasiz, zichlashgan qatlam bo‘lib, buning ostida tuproq paydo bo‘lish ta’sirida unchalik o‘zgarmagan ona jins yotadi.
Qoldiq chirindili taqirsimon tuproqlarda gumus miqdori 0,5-1% atrofida bo‘lib, qadimgi ko‘milib qolgan chirindi qatlamlarida esa gumus miqdori 2-2,5% gacha etadi. Bu tuproqlar ham sirtidan boshlab karbonatli bo‘lsa-da, lekin karbonat qatlamlari yo‘q. Gips ham bu tuproqlarda alohida qatlam hosil qilmay, umumiy miqdori 1% dan oshmagan holda tekis taqsimlanmagan. Taqirsimon tuproqlar aksari sho‘rlangan bo‘lib, faqat alohida qulay sharoitlardagina (tuproq ostida qum bo‘lsa) ularning sho‘rlanmagan xillari uchraydi.
Qumli va qumloq tuproqlar. Bu tuproqlar Qizilqum, Sundukliqum, Markaziy Farg‘ona va shunga o‘xshash qumli cho‘llarda keng tarqalgan.
O‘rta Osiyodagi qumli cho‘llar aksari sug‘oriladigan vohalar yaqinidagi yo‘llar va quduqlar atrofida o‘suvchi tabiiy o‘simliklarni shavqatsiz yakson qilinishi, uzluksiz shamol, mol boqish yoki yoqilg‘i sifatida ishlatilishi natijasida er yuzasi ochilib qolib, tuproqning chang fraksiyalarini shamol uchirib ketishi natijasida paydo bo‘lgan.
Shamol ta’sirida qumlarning ko‘chib yurishiga moyilligi tuproq paydo bo‘lishi uchun turg‘un sharoit yaratmaydi. Shuning uchun ham cho‘l mintaqasining boshqa tuproqlariga qaraganda qumli tuproqlarda o‘simlik tuproq paydo bo‘lishidagi asosiy omil hisoblanadi, chunki qumlar bo‘sh va g‘ovak bo‘lganligidan yog‘in-sochin suvlari unga to‘liq shimiladi va uni o‘simliklar to‘liq o‘zlashtirish qilishi mumkin. Qish va bahor oylarida yoqqan yog‘in suvlari qumli tuproqlarning 1-1,5 m chuqurligiga qadar erni (tuproqni) namlashi mumkin. Buning ustiga qumning g‘ovak sirti suvning behuda bug‘lanib ketishdan saqlaydi. Shu bilan bir qatorda qumlarda atmosfera bug‘ suvi tomchi suvga aylanib, namlik zahirasining ko‘payishiga ham qulay sharoit (iqlimning keskin kontenentalligi) yaratadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra qumli va qumloq tuproqlarning o‘simligi cho‘l zonasining boshqa tuproqlariga qaraganda juda boy va xilma-xildir. Bu tuproqlarda oq saksovul, qum akatsiyasi, kandim, chugon, evedra va shunga o‘xshash daraxtsimon buta o‘simliklar, bir yillik va ko‘p yillik o‘simliklari, hattoki unchalik mustahkam bo‘lmagan chim hosil qiluvchi o‘tlar yaxshi o‘sadi.
Bundan tashqari bu tuproqlar karbonatli, asosan sho‘rlangan va chirindisi juda oz (0,3-0,5%) atrofida. Qumli tuproqlarning nam sig‘imi ham juda kichik, o‘simliklar foydalana oladigan namlik miqdori 10-15% oshmasada nam o‘tkazuvchanligi juda yuqoridir.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish