13-modda. Diniy tashkilotning faoliyatini tugatish
Diniy tashkilotning faoliyati u o‘zini o‘zi tarqatib yuborganda yoki ushbu Qonunning, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi boshqa qonun hujjatlarining qoidalari buzilgan taqdirda tugatilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 409-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibi to‘g‘risida nizom”ning 3-bodiga qarang.
Diniy tashkilot faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi qaror uni ro‘yxatga olgan organ tomonidan qabul qilinadi. Ushbu qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |