29-modda. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunlarni buzishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar va fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yilgan tartibda javobgar bo‘ladilar.
30-modda. Xalqaro shartnomalar
Oldingi tahrirga qarang.
Basharti O‘zbekiston Respublikasi ishtirok etayotgan xalqaro shartnomada O‘zbekiston Respublikasining vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunlaridan farq qiladigan qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(30-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrdagi 934-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 334-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |