8-modda. Diniy jamoa
Diniy jamoa birgalikda dinga e’tiqod qilish va boshqa diniy ehtiyojlarni qondirish maqsadida fuqarolar tomonidan tuziladi hamda ixtiyoriylik asosida ish yuritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Diniy jamoalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Diniy ishlar qo‘mitasi bilan kelishgan holda ro‘yxatga olinadi.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrdagi 934-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 334-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |