Hajviy ertaklar
O`zbek xalq ertakchiligida hajviy ertaklar alohida o`rin tutadi. Ular xuddi hayotiy-maishiy ertaklardek, ijtimoiy hayotda real asoslar bol`gan hayotiy uydirmalar zaminiga qurilgan bo`lib, o`tkir satira va yumor asosiy xususiyatini belgilaydi.
Yumoristik ertaklarda dangasalik,o`jarlik,yalqovlik kabi axloqsizlik odatlariga kishilardagi boshqa-bir, qarama-qarshi bo`lgan sifatlar ishchanlik, oqillik, vafodorlik, odoblilikni qarshi qo`yish orqali kulgili holat paydo qilinadi.
O`zbek xalq ertaklarining har biri real voqealikka nisbatan o`ziga xos munosabatda bo`lishi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ham fantastik uydirma
lar tasviri hayotni aks ettirishning ertakka xos poetik yo`li sifatida namoyon bo`lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |