Qutblanuvchanlik Har qanday kimyoviy zarracha uchun qutblanuvchanlik xususiyati xos. Biror qutbli molekula elektr maydoniga kiritilsa, molekuladagi musbat zaryadlar elektr maydonining manfiy qutbiga, manfiy zaryadlar esa elektr maydonining musbat qutbiga teng tartibli joylashadi. Natijada musbat va manfiy zaryadlar bir – biridan uzoqlashadi va ularning markazi ma’lum masofada bo’ladi va dipol hosil bo’ladi. Maydonga qutblanmagan modda kiritilsa u qutblanib qoladi, qutblangan modda kiritilganda esa qutbliligi ortadi. Molekullalarning bunday o’zgarishi, ya’ni tashqi elektr maydon ta’sirida elektron va atom yadrosi bulutining molekula va ionlarda bir-biriga nisbatan siljishiga qutblanuvchanlik deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |