O’zbekiston Milliy universiteti Kimyo fakulteti "Kimyo" yo’nalishi



Download 100,15 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi100,15 Kb.
#78729
Bog'liq
Ion kuchi 12-lab


O’zbekiston Milliy universiteti

Kimyo fakulteti “Kimyo” yo’nalishi

2-kurs K-1802 guruh talabasi

Ko’chimov Quvonchbek

Fan: fizikaviy kimyo Sana: 11.05.2020

Mavzu: Reaksiyalarning tezligiga muhit, ion kuchi va haroratning ta’siri

12-laboratoriya topshiriqlariga javoblar


  1. Zanjir reaksiyalarning tezligi va tezlik tenglamasi.

Javob:

Bilamizki, zanjir reaksiyalari 3 bosqichda boradi: zanjirning hosil bo’lishi, zanjirning o’sishi, zanjirning uzilishi.

Buni HCl ning hosil bo’lish reaksiyasida ko’rish mumkin:

Cl2+ h Cl +Cl

Cl2НCl+Н

Н+ Cl2 НCl+ Cl

Zanjir reaksiyalarning uzilishi esa faol markazlarning idish devoriga urilishi bilan neytral molekulani hosil bo’lishiga bog’liq. O’sha paytdagi tezligi:

Vу = kу м [Cl] ko’rinishda bo’ladi.

Zanjirning uzilishi

Cl+ Cl + НCl Cl2 + НCl ko’rinishda bo’ladi. Shu paytdagi tezlik esa

Vу = kу[НCl][Cl*]2 ko’rinishda bo’ladi.

Masalan tarmoqlanmagan zanjir reaksiyalarida zveno va zanjir uzunligiga e’tibor qaratish kerak. Zveno bu zanjirni boshlab beruvchi va faol markazlarni tiklovchi bo’lak.

CH4 + ClCH4+ HCl

CH4+ Cl2  CH3Cl + Cl

Birinchi reaksiya zveno ikkinchisi esa elementar reaksiya hisoblanadi.

Endi tenglamaga ko’ra zanjirning davom etish va uzilish tezliklari nisbati ko’rsatilgan. Bunga ko’ra  zanjirning o’rtacha uzunligi,  bo’laklarda zanjirning uzilish ehtimolligi. 1- esa davom etish ehtimolligi.

Zanjirning uzluksiz davom etish ehtimolligi zanjirning hosil bo’lish tezligi bilan uzilish tezligi teng bo’lishiga bog’liq.

n0-1 sekundda hosil bo’ladigan zanjirlar soni  esa bo’g’imlar soni.

Endi tarmoqlanmagan reaksiyalarda faol markazning hosil bo’lish miqdorini n bilan belgilasak. Uning vaqt bo’yicha defferensiali quyidagivha bo’ladi.

= no – gn

g-uzilish reaksiyasining solishtirma tezligi.

Agar boshlang’ich holat uchun n=0, t=0, g va n0 o’zgarmas bo’lsa uni integral ko’rinishini yozamiz.

n = (1- )

V= n bog’liqlik hisobiga tenglama

V = (1 - )

Ko’rinishni oladi.

Tarmoqlangan zanjir reaksiyalar esa bir vaqtda ikki yoki undan ortiq faol markazlarning hosil bo‘lishi bilan boradigan reaksiyalar. Bu kabi reaksiyalarda faol markazlarning hosil bo‘lishi va shu bilan birga reaksiya tezligining oshishi shiddatli ravishda sodir bo‘lib, dastlabki moddalar miqdorini yetarlicha kamayish vaqtigacha tezlik oshib boradi, so‘ngra kamayadi.

Н22+М  НО +М

НО +Н2 Н2О2

Н+О2  ОН+О

ОН +Н2Н2О+Н

О+Н2 ОН +Н

Ko’rib turibmizki 3-reaksiyada boshlab tarmoqlanish sodir bo’lyapti va u 1- reaksiyaga nisbatan sekin boradi. Endi ularning tezliklarini yozamiz:

= -gn+fn= -(g –f)n

gn-so’nish tezligi, fn esa tarmoqlangan paytda faol markazning hosil bo’lish tezligi. Agar boshlang’ich sharoit uchun n=0, t=0, g va f lar o’zgarmas bo’lsa uni integral ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:

n = ( -1)

shu tenglamani t vaqt davomida faol markazning oshishi bilan ifodalasak:

V = ( ) bo’ladi. bu yerda -zanjir o’sishining solishtirma tezligi.


  1. Tarmoqlangan zanjir reaksiyalarda faol markazning hosil boʻlish miqdori nimaga bogʻliq?

Javob:

Faol markazlarning so’nish tezligi va tarmoqlangan paytda faol markazning hosil bo’lish tezligiga bog’liq.



  1. Tarmoqlangan zanjir reaksiyalari.

Javob:

Tarmoqlangan zanjir reaksiyalar esa bir vaqtda ikki yoki undan ortiq faol markazlarning hosil bo‘lishi bilan boradigan reaksiyalar. Bu kabi reaksiyalarda faol markazlarning hosil bo‘lishi va shu bilan birga reaksiya tezligining oshishi shiddatli ravishda sodir bo‘lib, dastlabki moddalar miqdorini yetarlicha kamayish vaqtigacha tezlik oshib boradi, so‘ngra kamayadi. Bu turdagi reaksiyalarga oksidlanish va yonish bilan boradigan reaksiyalar kiradi.

Agar metanni oksidlasak oksidlanish natijasida OH2 va oraliq mahsulot sifatida formaldiged hosil bo’ladi. Ular ta’sirlashib OH hosil bo’ladi.

НО +Н2СО+О­2СО2+3 ОН

Agar vodorodni oksidlasak tarmoqlanish siyrak bo’ladi. Unda ham bir qancha reaksiyalar ketadi.

Н22+М  НО +М

НО +Н2 Н2О2

Н+О2  ОН+О



ОН +Н2Н2О+Н

О+Н2 ОН +Н

Bu yerda Н+О2  ОН+О reaksiya Н22+М  НО +М

ga qaraganda sekin ketadi. Chunki 3- reaksiyadan boshlab tarmoqlanish boshlanadi.



  1. Fotokimyoviy reaksiyalarning turlarini koʻrsating.

Javob:

Fotokimyoviy reaksiyalarning turlari 2 ta:

  1. O’z-o’zicha boradigan

  2. O’z-o’zicha bormaydigan

O’z-o’zicha boradigan reaksiyalarida nurning yutilishi reaksiyani aktivlanish energiyasi ta’sirini yengishga yordam beradi yoki aktivlanish energiyasini pasaytiradi. Bunday reaksiyalarda kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning miqdori yutilgan nur energiyasi miqdoriga proporsional bo’lmasligi mumkin. Ko’pchilik izotermik reaksiyalar shu reaksiya tipiga kiradi.

O’z-o’zicha bormaydigan reaksiyalar ma’lum sharoitda reaksiyaning borishi termodinamik manfiydir. Bu reaksiyalarning borishi uchun termodinamikaning ikkinchi qonuniga ko’ra tashqaridan energiya sarf qilish kerak. Bu energiyani nur energiyasi tarzida berish mumkin. Bunday fotokimyoviy reaksiyalarda reaksiyaga kirishgan moddalarning miqdori yutilgan nur energiyasining miqdoriga proporsional bo’ladi, ya’ni bu reaksiyalar Eynshteynning ekvivalentlik qonuniga bo’ysunadi.



  1. Fotokimyoviy reaksiyalarda muhit qatlamiga tushayotgan nur jadalligining reaksiya unumiga bogʻliqligi.

Javob:

Buge-Lambert qonuniga ko’ra muhitning nur yutish qobiliyatini energiya oqimidan bog‘liq emas: - =L

I-muhit qatlamiga tushayotgan nur oqimining jadalligi, dx-bir jinsli nur yutuvchi muhitning cheksiz yupqa qatlami; L-muhitning yutuvchanligi.

Ber tomonidan muhitni yutuvchanligi L bilan shu qatlamdagi tushayotgan nurni yutayotgan molekulalar miqdori o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqladi:

L=kn

k-yutilishning molekulyar koeffitsiyenti. Va buni yuqoridagi tenglamaga qo’ysak:



- =kn

Hosil bo’ladi. Shu tenglamadan I ni I dan Ix gacha va x ni 0 dan nur yutuvchi qatlamni umumiy qalinligi l gacha integrallab soddalashtirsak:

It=I0e-knl

Shu tenglamadan ko’rish mumkinki muhit qatlamiga tushayotgan nur jadalligining reaksiya unumiga bogʻliq.



  1. Fotokimyoviy reaksiyalarning sinflari.

Javob:

Fotokimyoviy reaksiyalarni quyidagi asosiy gruppalarga bo’lish mumkin:


1. Fotoparchalanish

2. Foto qayta gruppalanish

3. Fotosintez

4. Elektronning foto o’tishi

5. Fotosensibillanish.

Fotoparchalanish reaksiyalar bir necha bosqichda borishi mumkin: erkin radikal hosil bo’lishi va nur ta’sirisiz reaksiyalar.

NH3 NH2+H

NH2+NH2= N2+ 2H2

H+H=H2

Bundan tashqari fotoionlar ham hosil bo’lishi mumkin:

А2С – R Ar3C+ + R-

Fotosintez fotoparchalanish reaksiyasining aksidir. Bu reaksiyalarga bir xil molekulalarning bir-biri bilan birikishi – fotodimerlanish, turli molekulalarning


bir-biri bilan birikishi – fotosintez va kislorodning birikishi kiradi. Fotosintez quyosh energiyasi hisobiga sodir bo’ladi: quyosh energiyasi o’simlikning yashil qismida organic moddalarning kimyoviy energiyasiga aylanadi. Fotosintez vaqtida o’simliklarda boradigan jarayonni quyidagicha yoza olamiz:
6CO2+6H2O+674 kkal → C6H12O6+6O2

Fotokimyoviy reaksiyalar davomida elektronlarning ko‘chishi sodir bo‘lib fotooksidlanish va fotoqaytarilish reaksiyalari sodir bo‘ladi. Fotooksidlanish reaksiyalarida organik yoki noorganik moddalar molekulalari va ionlari ishtirok etadi.

Fotooksidlanish reaksiyalariga quyidagi sxema bo‘yicha gidratlangan komplekslarning parchalanishi va suvni eritmalarda oksidlanishi ko’rinishida yozish mumkin:

Mn+H2O M(n-1)++H++OH

A+H2O H++A+OH

A-elektronlar akseptori.

Fotoqaytarilish reaksiyasiga quyidagi reaksiyani yozish mumkin:

(C6H5)2NH (S6H5)2N+H

Bu yerda neytral vodorod atomi xosil bo‘ldi.


  1. Foto qayta guruhlanish reaksiyalari.

Javob:

Bu xil reaksiyalarda nur ta’sirida molekulalarda atomlar qayta gruppalanadi. Molekuladagi atomlarning bir gruppasi ikkinchi gruppasiga nisbatan aylanadi. Atomlarning fazodagi geometrik o’rinlari o’zgaradi. Natijada fotoizomerlanish reaksiyasi sodir bo’ladi. Bu reaksiyalarga ultrabinafsha nur ta’siri ostida azobenzolning trans formadan sis formaga o’tishi misol bo’la oladi:



Ayrim atomlarning molekulada bir joydan ikkinchi joyga o’tish ya’ni fototautomirlanish ham qayta gruppalanishga kiradi. Bunga misol qilib to’lqin uzunligi o-nitrobenzal’degidning onitrobenzoy kislotaga aylanishini ko’rsatish mumkin:





  1. Fotosensibillanish reaksiyalari.

Javob:

Ko’pgina hollarda fotokimyoviy reaksiya borishi mumkin bo’lgan nur ta’sirida reaksiya bormaydi. Buning sababi shuki, reaksiyaga kirishuvchi modda bu nurni yuta olmaydi. Bunday hollarda reaksiyaga kirishuvchi moddaga shu nurni yuta oladigan boshqa biror modda ya’ni faol markaz hosil qiluvchi modda qo’shiladi. Qo’shiladigan bu modda sensibillovchi modda deb ataladi. Qo’shilgan modda berilgan nurni yutib qo’zg’aladi va qo’zg’alish energiyasini reaksiyaga kirishuvchi moddalarga beradi, natijada ular fotokimyoviy reaksiyaga kirishadi. Masalan metil yodid benzolli eritmada naftalin ishtirokidagi dissotsilanish reaksiyasini qarab ko’ramiz:

Napht Napht

2 Napht+2CH3J2CH3+2J+2 NaphtC2H6+J2+2 Napht

Faol markaz hosil qiluvchi sifatida simob ishtirokida uglevodorodlarning oksidlanishini keltirish mumkin:

Hg Hg

Hg+ RH Hg +R + H

Hg+ 2C2H5 + O2  Hg + H2+(C2H5)2O2



  1. Parallel va konsekutiv reaksiyalar.

Javob:

Parallel reaksiyalar:

Ba’zi xollarda boshlang’ich moddalar bir qancha yo’nalishda o’zgarishga uchrashlari mumkin. Bunday jarayondarga yonma yon ketadigan reaksiyalar deyiladi. Masalan fenolni nitrolanganda bir vaqtning o’zida 3 izomer orto-, meta-, va para- nitrofenollar xosil bo’ladi. Bertole tuzi qizdirilganda esa reaksiya 2 yo’nalishda ketadi:



2KCl+3O2
6KClO3
3KClO4 + KCl

Umumiy holatda:



Konsekutiv ya’ni ketma-ket reaksiyalar:

Bunday reaksiyalarni bosqichlari ham 1tartibli odiy reaksiyalar bo`lishi mumkin, ya’ni:
A K1B K2C

Lekin K1  K2 Ushbu reaksiyalarning kinetik tenglamasini chiqarish uchun daslabki A moddani boshlang’ich molarini sonini a, t vaqtga kelib reaksiyaga kirishgan A ni miqdorini x, t vaqtda reaksiyaga uchragan B ni miqdorini u bilan


belgilanadi. Bu turdagi reaksiyalar sodir bo‘layotganda reaksiyalardan biri o‘z-o‘zicha boradi va uning maxsulotlaridan biri ikkinchi reaksiyaning sodir bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.

  1. Faollashgan komplekslar nazariyasi.

Javob:

A+BCB+AC

Reaksiyaga ko’ra A atom B va C atomlarni yadrolarini birlashtiruvchi to’g’ri chiziq bo’yicha ularga yaqinlashganda A bilan C ni o`zaro ta’siri kuchayadi va aksincha, B va C larni orasidagi bog’lanish kuchi kamayadi. SHuning natijasida A bilan B orasida ma’lum bir masofada oraliq holat ya’ni barqaror bo’lmagan AVC molekulalaridan iborat faollashgan kompleks yuzaga keladi. O’z navbatida u parchalanganda V atom va AC molekula hosil bo’ladi. Faollashgan komplekslar nazariyasini asosiy koyidalaridan biri boshlang’ich moddalardan hosil bo`lgan kompleks har doim reaksiya mahsulotlarini beradi va xech qachon yana
boshlang’ich moddalarga aylanmaydi. Bunda atomlar faollashgan kompleks doirasiga kirgandan keyin ham reaksiya mahsuloti hosil bo’lgancha harakat qilaveradi. Agarda reaksiya qaytar bo’lsa, teskari bosqich uchun ham yuqoridagi holat kuzatiladi, faqat bunda harakat jarayonni koordinatalari bo’ylab teskari tomonga yo’nalgan bo’ladi. Shuning uchun ham faol kompleks boshlang’ich moddalar bilan muvozanatda bo’ladi deyish xatodir, chunki faollashgan komplekslar xosil bo’lishida to’g’ri va teskari reaktsiyalar bir-birlaridan mustaqil holatda ketadi.


  1. Faol toʻqnashuvlar nazariyasi.

Javob:

Arrenius nazariyasi bo’yicha har qanday reaksiyani ketishligi uchun muhitdagi kimyoviy zarrachalar o’zaro to’qnashishlari kerak. To’qnashmagan zarrachalar esa reaksiyaga kirishmaydi. Shu sababli to’qnashishlar sonini bilish orqali ma’lum bir darajada kimyoviy reaktsiyani tezligini aniqlash mumkin. Masalan vodorod yodidni parchalanishi:

HJ ↔H2+J2

Agar to’qnashishlar sonini Z bilan belgilasak:



tenglamani yozamiz. Bunda to’qnashishlar soni vaqt va hajm birligida olinadi. Bu yerda n-1sm3 dagi molekulalar soni, d-molekula diametri va M-1 molining og’irligi.

Vodorod yodidni parchalanish reaksiyasida har bir to’qnashish 2 molekula HJ ni sarflanishiga olib kelganligidan 1 sekundda va 1sm3 da reaksiyaga kirishadigan molekulalarni mollar soni: Z1=2Z


Agarda reaksiya tezligini xam 1 sekundda va 1sm3 da reaksiyaga kirishadigan molar soni ekanligini e’tiborga olinsa:
V=2Z/NA
Lekin vodorod yodidni parchalanish tezligini bu tenglama bilan va tajriba yo’li bilan topilgan qiymatlar bir - biridan ancha farq qiladi. Shunga asoslanib Arrenius birinchi bo’lib taxmin qiladiki, unga binoan to’qnashgan molekulalarning hammasi ham reaksiyaga qatnashavermaydi, balki faqat o’rtacha energiyadan ko’proq energiyaga ega bo’lganlarigina reaktsiyaga kirishadi. Bunday molekulalarni Arrenius faollashgan molekulalar deb ataydi. Ular uchun Zfaol= ZeE/RT formulani kiritamiz. Bu yerda Zfaol-faol toqnashishlar soni.
Bundan HJ ni parchalanish tezligini quyidagicha yozamiz:
V=2PZfaol/NA
bu yerda P spectral omil. U faollanish znergiyasiga teng yoki undan katta bo’lgan energiyaga ega bo`lgan molekulalar orasida reaktsiyani ketish ehtimolligini ko’rsatadi.

  1. Oʻtar holat nazariyasi.

Javob:

Oʻtar holat nazariyasi bu faollashgan komplekslar nazariyasi hisoblanadi. Bu uning ikkinchi nomi. Bu haqda yuqorida to’xtaldim.

  1. Reaksiyalarning absolyut tezliklari nazariyasi.

Javob:

  1. Reaksiyalarning psevdomolekulyarligi va psevdotartibi tushunchalari.

Javob:

Reaksiyada bir yoki bir nechta moddaning miqdori ortiqcha olingani uchun uning konsentratsiyasi o’zgarishsiz qoladi deb qaralsa u reaksiya psevdomolekulyar bo’ladi.

Bilamizki reaksiyadagi barcha xususiy tartiblarning yig’indisi reaksiyaning umumiy tartibini bildiradi. Miqdori ortiqcha olingan moddaning konsentratsiyasi o’zgarishsiz qolsa va boshqa moddalar tartiblari qatori uning ham reaksiya tartibini yig’indisini olsak hosil bo’lgan tartib reaksiyaning psevdotartibi bo’ladi.


  1. Kimyoviy reaksiyalarning kinetik tenglamalari.

Javob:

Birinchi tartibli reaksiyaning kinetic tenglamalari:

Bunday reaksiyalarni kinetik ifodalash uchun boshlang’ich moddaning reaksiyaga
sarflanadigan qismini ketadigan vaqtga va reaksiyaga uchramagan modda qismiga to’g’ri proportsional ekanligidan kelib chiqiladi:

dx/dt=k(a-x)

bu tenglamani = kdt ko’rinishda yozib uni 0 dan x gacha va 0 dan t gacha integrallasak:

lna - ln(a-x)=ln =kt

undan k ni topadigan bo’lsak:

Ikkinchi tartibli reaksiyaning kinetic tenglamalari:

Faraz qilaylikki, muhitda t =0 da a mol A modda va v mol B modda bo`lsin. t+dt
vaqtda esa x mol A va x mol B reaksiyaga kirishsa, (a-x) mol A va (b-x) mol B qoladi.

Bu tenglamani quyidagi ko’rinishda yozib olamiz:



Agar reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyalari teng bo’lsa:



Tenglamani t=0 va x=0 uchun integrallasak:



Undan x va k2 larni qiymati topsak:





Agar reaksiyaga kirishuvchi moddalar miqdori teng bo’lmasa:

k2dt = ( - )

va uni integrallasak:



Ko’rinishni oladi.

Uchinchi tartibli reaksiyaning kinetic tenglamasi:

0 dan x gacha va 0 dan t gacha integrallasak:



Bundan k3 ni topsak:



Agar moddalar konsentratsiyasi turlicha bo’lsa:



= k3 (a – x)(b – x)(c – x)

Undan k3 ni topsak:





  1. Reaksiya mexanizmini ifodalovchi kinetik egrilar.

Javob:

Bu grafik dastlabki miqdorlari teng bo‘lgan turli tartibdagi reaksiyalarning kinetik egrilari. n=0 bo‘lganda a-x ning vaqt bilan o‘zgarishi deyarli to‘g‘ri chiziqdan iborat. n=1 va n=2 bo‘lganda bu bog‘liqlik egri ko‘rinishiga ega. Yuqorida keltirgan misolimizdan tashqari ko‘pchilik radioaktiv parchalanish reaksiyalari ham nolinchi tartibli reaksiyalarga kiradi.



  1. Geterogen sistemalardagi reaksiyalar kinetikasining oʻziga xos tomonlari qanday?

Javob:

Geterogen reaksiya jarayoni bir necha bosqichdan iborat boiganligi uchun jarayonning umumiy tezligi eng sekin boradigan bosqichning tezligi bilan aniqlaniladi. Geterogen reaksiyada reaksiya mahsulotlarining konsentratsiyasi ortishi bilan ular dififuziyalanishi tufayli reaksiya zonasidan ham chiqib turadi, shuning uchun bunday reaksiyalarda statsionar holat vujudga kelishi mumkin. Reaksiyaning umumiy tezligini diffuziya tezligi bilan ham kimyoviy reaksiya tezligi bilan ham aniqlash mumkin. Shuning uchun reaksiya tezligini o‘rganishda shu reaksiya diffuziya bosqichida sodir bo‘ladimi yoki kinetik bosqichda sodir bo‘ladimi shuni aniq bilish kerak. Lekin ba’zan faza chegarasining bir qismida reaksiya kinetik bosqichda, boshqa qismida esa dififuzion sohada sodir bo‘lishi mumkin.



  1. Kimyoviy reaksiyaning limitlovchi bosqichi” tushunchasi.

Javob:

Geterogen kataliz jarayonlari uch bosqichda: adsorbsiya, kataliz, desorbsiya boradi. Umumiy jarayon tezligi sekin boruvchi bosqich tezligiga teng bo’ladi va bu bosqich limitlovchi bosqich deyiladi. Ya’ni bu bosqich chegaralovchi bosqich bo’ladi. Odatda katalitik bosqich limitlovchi bo’lishga intiladi. Qaysi bosqichning limitlovchi bo’lishi katalizatorning xossasiga va reaksiya sharoitiga bog’liq.

  1. Geterogen jarayonlarning diffuzion mexanizmi.

Javob:

Geterogen jarayonda ikki yoki undan ko‘proq bosqichlar jarayonning umumiy tezligini chegaralaydi. Geterogen jarayon reaksiyalarida statsionar holat vujudga kelishi mumkin.


Bunda moddaning diffuziyalanish oqimi D moddaning tashqi muhitdagi va reaksiya zonasidagi konsentratsiyalarining ayirmasiga mutanosib bo‘ladi:
D =β(C0-Cx)
Bunda β massa uzatish koeffitsiyenti C0 boshlang‘ich moddaning muhitdagi va Cx reaksiya zonasidagi konsentratsiyalarining qiymati diffuziya koeffitsiyentining diffuziyalanish qatlami qalinligiga nisbati bilan o‘lchandi. Reaksiya tezligi moddaning muayyan holatidagi konsentratsiyasi bilan muvozanat konsentratsiyasi orasidagi farqqa mutanosibdir. Agar A modda В moddaga aylanayotgan bo‘lsa, reaksiyaning boshlanishida reaksiyaning tezligi A ning konsentratsiyasiga mos deyish mumkin:
V=kCx
Statsionar holat uchun A moddaning reaksiya zonasiga diffuziya yechimi D keltirilgan miqdori shu vaqt oralig‘ida reaksiya natijasida yo‘qoladigan miqdoriga teng. Shuning uchun quyidagicha yozish mumkin:

kCx= β(C0-Cx)


bunda Cx ni aniqlab, uni reaksiya tezligi tenglamsiga qo‘ysak:
V=kβC0/(k+ β)
bo’ladi. β diffuzion qarshilik, k esa reaksiyaning kimyoviy qarshiligi deyiladi. Umumiy qarshilik kimyoviy va diffuzion qarshiliklar yig‘indisiga teng.

  1. Kinetik sohada boruvchi reaksiyalar.

Javob:

A + K → AK - A reagent molekulasini katalizator faol markaziga (K) adsorbsiyalanib AK faol kompleks hosil qilishi;

AK + B → BAK - adsorbsiyalangan faol AK kompleksini gaz fazadagi ikkinchi (B) reagent molekulalari bilan ta'sirlashib BAK faol kompleksini hosil qilishi;

BAK→PK- BAK kompleksini P maxsulotga parchalanib katalizator sirtida adsorbsiyalangan PK hosil qilishi;

PK→P+K- bir vaqtda katalizatorning regeneratsiyasi va reaksiya maxsulotlarini katalizator sirtidagi desorbsiyasi.

Geterogen kataliz reagentlarni katalizator yuzasiga fizik adsorbsiyalanishi xemosorbsiyalanishiga bog‘liq.




Download 100,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish