O‘zbekiston milliy universiteti jizzax filliali “ ” fakulteti


Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli



Download 457,8 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana21.11.2022
Hajmi457,8 Kb.
#869449
1   2   3
Bog'liq
manaviyat mustaqil ishi 3 mavzu

Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli 
jamgʻarmasi tashkil etiladi.
Jamgʻarmaga 
“Uzluksiz maʼnaviy tarbiya 
konsepsiyasi” asosida
maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus 
va oliy taʼlim bosqichlari uchun
metodik qoʻllanma, uslubiy tavsiyalar, 
maʼnaviy-axloqiy tarbiya nazariyasi va metodikasini boyitishga qaratilgan 
ilmiy-
amaliy adabiyotlar yaratish

milliy merosimiz, buyuk ajdodlarimizning jahon 
tamadduniga qoʻshgan ulkan hissalarini dunyo miqyosida targʻib qilish
ga 
qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, 
adabiyot va kitobxonlikni har 
tomonlama rivojlantirish
, faol ijodkorlarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-
quvvatlash vazifasi yuklanadi. 
Bugun dunyoda iqtisodiy sohada – oʻzga mintaqalardagi tabiiy 
boyliklar ustidan nazoratni qoʻlga kiritish, mafkuraviy sohada — turli xalqlarning 
asrlar davomida shakllangan turmush tarzini oʻz manfaatlari yoʻlida “isloh” qilish, 
yoshlar ongi va qalbini egallash, ularni toʻgʻri yoʻllardan chalgʻitish kabi 
nosogʻlom xatti-harakatlar tobora kuchayib bormoqda. 


Bunday harakatlar bir qarashda koʻzga uncha tashlanmaydigan, deyarli 
beozor boʻlib koʻrinadigan va hatto qiziqarli, jozibali shakllarda olib boriladi. 
Moddiy manfaatdorlik vaʼda qilinadi. 
Hayotiy tajribasi yetarli boʻlmagan yoshlar bunday “joziba”ga tez 
mahliyo boʻladilar va oʻzlari bilmagan holda kimlarningdir toʻriga ilinib qoladilar. 
Yoshlarni bunday halokatdan asrashda badiiy adabiyot, maʼnaviyat va maʼrifat 
targʻiboti xaloskor kuchga aylanadi. 
Maʼnaviyat haqida har qancha gapirish, yozish mumkin. Аmmo maʼnaviyat
falsafa emas, dunyoni har qancha izohlab berganingiz bilan, qonun-qoidasini
aniqlab, tushuntirib berganingiz bilan siz aqlli, bilimdon, mantiqiy fikrlovchi odam 
sifatida qadrlanishingiz mumkin, ammo bular sizni maʼnaviy barkamol
ekanligingizdan dalolat bermaydi. Yana Siz oʼta isteʼdodli boʼlishingiz, Vatan
haqida, mustaqillik haqida ajoyib qasidalar bitishingiz mumkin. Аlbatta, isteʼdod
ham maʼnaviyat nishonasi, ammo taʼrifu tavsiflar bilan Vatan ravnaqi taʼmin
etilmaydi, mustaqillik mustahkamlanmaydi. Mustaqillik maʼnaviyatining bosh
mezoni, asos-poydevori masʼuliyat tuygʼusidir. 
Necha ming yillik tarix davomida ne-ne xoqonlaru xonlar, amirlaru 
shohlar oʼtdi. 
Ularning 
birlari 
millat 
dovrugʼini 
dunyoga 
tarqatgan 
boʼlsalar,boshqalari yurtni abgor qilganligi ham sir emas. Oxirgi yuz yil davomida 
yurtimizning yetakchi oʼgʼlonlari foje 
taqdirga 
roʼbaroʼ 
keldilar. 
Sobiq “SSSR”ning xomashyo bazasi boʼlmish markaz manfaatlariga qatʼiy
boʼysunuvchi yagona tizim zanjiriga qoʼl-oyogʼi, har bir hujayrasi bilan
 
 
chambarchas bogʼlab tashlangan respublikaning asli nochor iqtisodiy-ishlab
chiqarish binosi, “SSSR” parchalangach, butkul xarobaga aylangan edi. Islom
Karimov bozor iqtisodiga oʼtish yoʼlidagi islohotlarni shunday murakkab
sharoitda, shunday nosoz poydevorga tayanib amalga oshira boshladi. Oradan 20
yil oʼtib, mana endi mustaqil Oʼzbekiston davlati iqtisodiy sohada ulkan yutuqlarni 
qoʼlga 
kiritganligini butun jahon jamoatchiligi eʼtirof 
etmoqda.
Bugungi kunda Oʼzbekiston jahon miqyosida oʼziga xos barqaror siyosiy
mavqe kasb etib turipti. Jahonning eng ilgʼor davlatchilik anʼanalarini oʼzbekning
milliy tabiati bilan, oʼz qadim udumlari bilan uygʼunlashtira olgan


Konstitutsiyamiz – mustaqil mamlakatning Аsosiy qonuni - har bir sohada batafsil
ishlab chiqilayotgan qonun va kodekslar bilan amalda qoʼllanib, mustahkamlanib
bormoqda. Bozor iqtisodiga oʼtish, mamlakatning ichki iqtisodiy tizimini
uygʼunlashtirish, ilgʼor texnologik jarayonlarni ishlab chiqarishga tatbiq etish
borasida oʼtgan yillar ichida ulugʼ ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Ijtimoiy 
uygʼunlik, barqaror osoyishtalik, xalq birdamligi fikrlar, qarashlar xilma-xilligi
bilan bahamjihat rivojlanmoqda. Turli siyosiy partiyalar oʼz mustaqil
yoʼnalishlarini shakllantirib, siyosiy muhorabaning madaniyatli usullarini,
demokratik tamoyillarni oʼzlashtirib bormoqdalar. “Vatan manfaati, mustaqillik
manfaatini hamma narsadan ustun qoʼyadigan, qalbida oʼti va erk tuygʼusi bor,
gʼayratli, kuyunchak” , ayniqsa, bugungi kun millat ehtiyoji va jahon talablariga
javob bera oladigan yosh va talantli avlod borgan sari siyosat maydoniga keng
faoliyat koʼrsatmoqda. Xullas, yutuqlar bisyor. Eng muhimi, xalq, millat oʼzligini
anglab bormoqda. 
Аmmo, baribir, xotirjamlikka oʼrin yoʼq. Chunki muammolar hanuz 
yetarli. Jumladan, kishilarimizning, ayniqsa, yosh avlodning maʼnaviy tarbiyasi 
borasida qiyinchiliklar koʼngildagidek bartaraf etildi, deyish qiyin. Insonlar 
ongining eski aqidalar asoratidan poklanishi oson savdo emas ekan. Аyniqsa, 
yurtning yetakchilari boʼlishi lozim boʼlgan ziyolilarimiz ruhiga singib ketgan
koʼnikmalarni yengib oʼtish 
mashaqqati har 
qadamda 
sezilib qolyapti. 
Iqtisodiy va siyosiy islohotlar xalq ongiga teran yetib borishi, amalda jadal
oʼzgarishlar hosil qilishi uchun insonlar ongida tub oʼzgarishlar yuz berishi zarur.
Biz totalitar davlat mulkiga asoslangan iqtisodni rad etib, mulkchilik shakllarining
turli-tumanligiga asoslangan erkin bozor iqtisodiga oʼtmoqdamiz.


Birinchi Prezidentimizning tashabbusi va tarixiy jasorati bilan 1989-yildayoq 
o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani
1
, 1990-1991 yillarda qabul qilingan qator 
hujjatlarga muvofiq yurtimizda «Navro‘z» bayrami qayta tiklangani
2
, Ramazon va 
Qurbon hayitlari katta bayram hamda dam olish kunlari deb e’lon qilingani
3
– bu 
kabi muhim tarixiy qarorlar xalqimizning asriy orzu va armonlari ro‘yobga 
chiqishi, milliy qadriyatlarimiz tiklanishi yo‘lida ilk yirik qadamlar bo‘lganini 
alohida ta’kidlash darkor.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda-ajdodlarimizning bizgacha yetib 
kelgan boy madaniy meroslarini o‘rganish ham katta o‘rin egallaydi. Shu sababli 
Birinchi Prezidentimiz  to’lonlaridan qadriyatlar, urf-odatlar, buyuk ota-
bobolarimizning bizga qoldirgan meroslarini o‘rganish va targ‘ib etish uchun keng 
yo‘llar ochildi. Bu boradagi tadbirlar mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq 
amalga oshirila boshlandi. Xususan, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rivojlanishi 
uchun davlat to’lonidan katta mablag‘lar ajratildi. O‘zbekistondagi barcha davlat 
teatrlari, madaniyat uylari, san’at oliy o‘quv yurtlari, folklor-etnografik guruhlar 
madaniyat o‘choqlariga aylanib qoldi. Teatr sahnalarida yangi zamonaviy 
spektakllar qo‘yila boshladi.
Badiiy adabiyotda partiyaviylik, sinfiylik nuqtayi nazaridan yondoshishga chek 
qo‘yildi. Bahovuddin Naqshband, Feruz, Xo‘ja Ahror, Cho‘lpon, Fitrat kabi 
allo’lalarning nomlari tiklanib asarlari chop etildi
4
. Barkamol avlodni 
tarbiyalashdagi katta xizmatlarni hisobga olib adabiyotning ilg‘or namoyandalari 
Abdulla Oripov, Said Ahmad, Erkin Vohidov, Qayibergen To‘lepbergenov, 
Ibrohim Yusupovlar O‘zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldilar 


1991-yili buyuk alloma, g‘azal mulkning sultoni Alisher Navoiy yubileyini 
o‘tkazish katta ahamiyatga molik voqea bo‘ldi. Bu tantanaga bag‘ishlanib 
Respublikamizda shoirning asarlari nashrdan chiqarildi
5
.
1994-yil Mirzo Ulubek tavallud topgan kunining 600 yilligi keng ko‘lamda, 
jahon miqyosida nishonlandi. YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida yubileyga 
bag‘ishlangan haftalik o‘tdi
6

Mustaqillik yillarida buyuk sohibqiron Amir Temurning 660 yilligi bo‘lib o‘tdi. 
YUNESKO to’lonidan 1996-yil “Amir Temur yili” deb e’lon qilindi. Shu yili 
YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida “Temuriylar davri, fan, madaniyat va 
maorifning gullab yashnashi” mavzuida anjuman va unga bag‘ishlangan 
ko‘rgazma ochildi. Mamlakatimizda “Temur va temuriylar” muzeyi, Amir Temur 
no’li berilgan bog‘lar, ko‘chalar barpo etildi
7

Islom olamining allomasi Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud
az-Zamahshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bahovuddin 
Naqshbandiyning 675 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi
8
. Ularning boy asarlari 
nashrdan chiqarildi. 
Barcha viloyatlar va shaharlarda har yili Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, 
Ogahiylarga bag‘ishlanib kechalar o‘tkazila boshlandi, Jaloliddin Manguberdining 
800 yillik tavalludi, “Alpomish” dostoni yaratilishining 1000 yilligi keng miqyosda 
nishonlandi
9

Ma’naviy hayotni takomillashtirish maqsadida Imom al-Buxoriyning yubileyiga 
bag‘ishlab,Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan “Al-Jome as-Sahih”
(“Ishonarli to‘plam”), “Al-adab, al-mufrad” (“Adab durdonalari”) o‘zbek tiliga 
tarjima qilinib, nashrdan chiqarildi 


1998-yili Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Ahmad al-Farg‘oniy 
tavalludning 1200 yilligi jahon miqyosida keng nishonlandi. Respublikada 
yubileylar munosabati bilan allo’lalar hayotiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar va 
badiiy ko‘rgazmalar ochildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbuslari 
va bevosita ishtiroklari bilan buyuk vatandoshlarimiz fiqh ilmining bilimdoni, no’li 
sharq va g‘arbda mashhur bo‘lgan Abul Hasan ibn Abu Bakr ibn Abduljalil al-
Farg‘oniy, al-Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi, kalo’l ilmining asoschisi Imo’l 
Abu Mansur al-Motrudiy tavalludining 1130 yilligi butun mamlakatimizda keng 
nishonlab o‘tildi. Yurtimiz hali ittifoq tarkibida bo‘lgan, Kremlning hukmronligi 
hali kuchini yo‘qotmagan bir paytda – 1990-yil iyun oyida Birinchi Prezidentimiz 
Islo’l Karimov “Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga Haj qilishi to‘g‘risida”gi 
farmonga imzo chekdilar O‘zbekiston hukumatining har to’lonlama qo‘llab-
quvvatlashi bilan 1991 -ilda Haj qilish baxtiga 350 kishi sazovar bo‘lgan bo‘lsa, 
2001-yili hojilarning soni 3801 kishiga yetdi(Bugungi kunda bu ko’rsatkich 
Prezidentimiz farmonlari bilan kishini tashkil etmoqda). 
1992-yil Birinchi Prezidentimiz farmoni bilan Ramazon va Qurbon hayit 
kunlari umumxalq bayrami deb e’lon qilindi. 
“Movarounnahr” diniy boshqarmasi faoliyati Respublikamiz hayotida 
o‘z o‘rnini egalladi. Diniy boshqarma qoshida Islom Universiteti va viloyatlarda 
madrasalar tashkil etildi. «Islom nuri» gazetasi chop etildi. Mustaqillik arafasida 
O‘zbekiston bo‘yicha 87 masjid bo‘lsa, 1998-yilda ularning soni 3000ga ,2006-
yilda esa 5000ga yetdi. Din inson ruhini poklashi, odamlar o‘rtasida mehr-oqibat 
tuyg‘ularini mustahkamlashi, milliy qadriyat va an’analarni asrashga xizmat qilishi 
Ma’naviyat – ajdodlarni avlodlarga, o‘tmishni bugunga, bugunni esa 
kelajakka bog‘lovchi ko‘prik vazifasini bajaradi. U ota-bobolarimiz to‘plagan 
jamiki yaxshi fazilatlar va xislatlar, qadriyatlar va an’analarning majmui, 
qolaversa, ajdodlarimiz to‘plagan tarixiy-ijtimoiy tajriba va barcha qarashlarni 
o‘zida mujassam etadi. Tariximizning boyligi va buyukligi, avvalo, xalqimizning 
yuksak ma’naviyati va ma’rifati bilan bog‘liqdir. Imo’l Buxoriy, Imo’l Termiziy, 


Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Muhammad Muso Xorazmiy, 
Ahmad Farg‘oniy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, 
Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk ajdodlarimiz insoniyat 
taraqqiyotiga, xususan, ilm-fan, ma’naviyat va ma’rifatning yuksalishiga ulkan 
hissa qo‘shganlar. Temuriylar, Boburiylar to’lonidan yaratilgan buyuk saltanatlar, 
ular rahnamoligida barpo etilgan muhtasham tarixiy obidalar bugun ham xalqimiz 
dahosining yorqin namunalari sifatida dunyo ahlini hayratga solib kelmoqda.
 
 

Download 457,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish