O`zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali "Amaliy Matematika " fakulteti,,Iqtisodiyot'' kafedrasi



Download 24,29 Kb.
Sana14.04.2022
Hajmi24,29 Kb.
#550995
Bog'liq
Tartibga solishdan 1 joriy


O`zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali
“Amaliy Matematika ” fakulteti ,,Iqtisodiyot'' kafedrasi
,,Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)'' yo`nalishi
921-guruh talabasi Turg'unboyev Omadbekning
,,Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish'' fanidan

1-JORIY NAZORAT ISHI



Tayyorladi: _______________ 921-guruh talabasi Turg'unboyev O.
Qabul qildi: ________________ Fan o'qituvchisi Nizamitdinov A.
Pul kredik tizimini tartibga solishni yanada takomillashtirish
Jahon moliya tizimida yuz berayotgan jiddiy o‘zgarishlar, shuningdek mamlakatda milliy iqtisodiyotni keng ko‘lamli isloh qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar pul-kredit siyosatini shakllantirish, amalga oshirishda hamda bank tizimini yanada rivojlantirishda yangicha yondashuv va prinsiplar qo‘llanilishini taqozo qilmoqda. Xolis tan olish kerakki, bugungi kunda pul-kredit siyosati va banklarni tartibga solishdagi imkoniyatlardan amalda to‘laqonli foydalanilmayapti, pul-kredit instrumentlarining lozim darajada ishlashi va samaradorligini ta’minlovchi transmission mexanizmlarning rivojlanmaganligi qo‘yilgan maqsadlarga erishishni qiyinlashtiradi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (keyingi o‘rinlarda — Markaziy bank) tomonidan tijorat banklarining boshqaruv va risk-menejmenti sifatiga ta’sir qilish mexanizmlarining takomillashmaganligi, banklar faoliyatiga ma’muriy aralashuv amaliyotining davom etayotganligi, ayniqsa, banklar tomonidan o‘z faoliyatiga xos bo‘lmagan korxonalar tashkil etilishi, shuningdek ularning faoliyat yo‘nalishiga muvofiq bo‘lmagan vazifalarning yuklatilishi bank nazoratini ta’sirchan amalga oshirishni qiyinlashtirmoqda.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, shuningdek pul-kredit siyosati, umuman bank tizimining barqaror faoliyat ko‘rsatishi ustidan samarali nazoratni va Markaziy bank faoliyatini yanada takomillashtirishni ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilarni ta’minlash Markaziy bank faoliyatining strategik maqsadli yo‘nalishlari deb hisoblansin:
narxlar barqarorligi;
bank tizimi barqarorligi va rivojlanishi;
to‘lov tizimi barqarorligi va rivojlanishi.
2. Amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida Markaziy bank faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari etib kuyidagilar belgilansin:
birinchidan, asossiz inflatsion kutilmalarni oldini olish maqsadida inflatsion targetlashning prinsip va mexanizmlarini bosqichma-bosqich tatbiq qilish bilan pul-kredit siyosati va uning instrumentlarini tubdan takomillashtirish, ushbu usulga o‘rta muddatli istiqbolda to‘liq o‘tish va pul-kredit sohasida amalga oshirilayotgan siyosat va choralarning shaffofligini oshirish;
ikkinchidan, inflatsiya omillarini chuqur o‘rganish va to‘lov balansini hisobini yuritish va tahlil qilish tizimini to‘liq shakllantirish asosida pul-kredit siyosatini shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish uslublarini takomillashtirish maqsadida statistik, tahliliy va tadqiqot bazasini rivojlantirish;
uchinchidan, bank tizimini tartibga solish va nazorat qilish mexanizmlarini, shu jumladan tijorat banklar faoliyatida yuzaga keladigan muammolarni dastlabki bosqichlarida aniqlash va ularni bartaraf etuvchi choralar ko‘rish imkonini beruvchi tijorat banklar tavakkalchiligini boshqarish va baholash tizimini takomillashtirish;
to‘rtinchidan, o‘rta va uzoq muddat istiqbollarda iqtisodiyotni barqaror o‘sishini ta’minlovchi muhim tarkibiy qism sifatida bank tizimini rivojlantirish, tijorat banklar va tadbirkorlik subyektlarining o‘zaro to‘liq sheriklik munosabatlarini shakllantirish, aholining bank tizimiga ishonchli institutsional sherik sifatida ishonchini mustahkamlash uchun raqobat sharoitlarni yaratish;
beshinchidan, to‘lov tizimini yanada rivojlantirish, shu jumladan real vaqt rejimida tezkorlik bilan hisob raqamlarni boshqarish va bank operatsiyalarini o‘tkazish imkonini beruvchi masofadan bank xizmatlari ko‘rsatgan holda tijorat banklarining samarali axborot almashinuvi tizimini tashkil etish;
2017 yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor mexanizmlari rolini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi o‘rta muddatli istiqbolda bank tizimi va pul-kredit siyosatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. Ushbu yo‘nalishdagi muhim qarorlardan biri milliy valyuta almashuv kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanish tamoyillarini joriy etish orqali ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirilishi bilan bog‘liq amaliy qadamlar bo‘ldi. Valyuta kursi shakllanishida tamomila yangi yondashuvdan foydalanilishi, o‘z navbatida, Markaziy bankning asosiy e’tiborini ichki bozordagi narxlar barqarorligiga qaratish asnosida pul-kredit siyosatini takomillashtirish imkoniyatini beradi. Ayni vaqtda valyuta bozorini liberallashtirish borasidagi islohotlarning muvafaqqiyatli amalga oshirilishi ko‘p jihatdan pul-kredit siyosatini takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini mustahkamlash hamda bank tizimini rivojlantirish choralari samaradorligi bilan chambarchas bog‘liq. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta bozorini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilinishidan ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul-kredit siyosatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi va Pul-kredit siyosatini 2017-2021 yillarda rivojlantirish va inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar Kompleksi tasdiqlandi. Bu boradagi keyingi muhim qadamlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi bo‘ldi. Mazkur farmonda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi Markaziy bankning bosh maqsadi etib belgilanib, Markaziy bankning mustaqilligi va institutsional rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar nazarda tutilgan.
Toʻlov tizimi — toʻlovlarni toʻlov tizimining operatori, toʻlov tizimi ishtirokchilari va (yoki) toʻlov tashkilotlarining toʻlov tizimi operatori tomonidan belgilangan toʻlov tizimining tartib-taomillarini, infratuzilmasini va qoidalarini qoʻllash vositasida hamkorlik qilish yoʻli bilan amalga oshirishni taʼminlaydigan munosabatlar majmuidir. Toʻlov tizimi operatori bilan hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi va toʻlov tizimida ishtirok etish toʻgʻrisida shartnoma tuzgan banklar toʻlov tizimining ishtirokchilari hisoblanadi. Operatsion tarmoq deb ataladigan keng tarqalgan toʻlov tizimining turi bank hisobvaraqlarini bogʻlaydi va bank depozitlari yordamida pul almashinuvini taʼminlaydi[2]. Baʼzi toʻlov tizimlari kredit mexanizmlarini ham oʻz ichiga oladi, ular asosan toʻlovning boshqa jihati hisoblanadi. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning markaziy banklari tajribalari hamda xalqaro moliya institutlari izlanishlari natijalari pul-kredit siyosatini amalga oshirishda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadining shak-shubhasiz ustuvorligini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, pul-kredit siyosatini amalga oshirish tartibi va ketma-ketligi turli mamlakatlarda iqtisodiyotning xususiyatlari hamda tarkibiy tuzilishiga qarab farqlanadi. Amaldagi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyuta barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Bunda “milliy valyuta barqarorligi” tushunchasini ikki xil, ya’ni almashuv kursining xorijiy valyutalarga nisbatan barqarorligi yoki uning ichki xarid qobiliyati barqarorligi deb talqin qilish mumkin. Almashuv kursining erkin shakllanishi sharoitida milliy valyutaning barqarorligi uning ichki harid qobiliyatini saqlash orqali erishiladi.
Bunda, erkin suzib yuruvchi almashuv kursi iqtisodiyotni ichki barqarorlashtiruvchi funksiyasini bajaradi. Boshqacha qilib aytganda, to‘lov balansi bilan bog‘liq tashqi shok va qiyinchiliklar kuzatilganda almashuv kursining mos ravishda o‘zgarishi ekportyorlar va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Ayni paytda Markaziy bank pul-kredit siyosatining asosiy maqsadini ikki xil tushunilishini oldini olish va uning faoliyati asosiy yo‘nalishini aniq belgilab olish maqsadida qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi ko‘zda tutilgan. Pul-kredit siyosatining inflyatsion targetlash rejimida markaziy bank tomonidan inflyatsiyaning o‘rta muddatli maqsadli darajasi e’lon qilinadi va pul-kredit instrumentlari ushbu inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichiga erishishga yo‘naltiriladi. Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning mazkur usuli ko‘pgina rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlarda keng qo‘llanilib kelinmoqda. Inflyatsion targetlash rejimi inflyatsiya darajasining o‘zgaruvchanligi va inersion davomiyligini kamaytirishning samarali usuli hisoblanib, o‘rta muddatli istiqbolda barqaror va muvozanatli iqtisodiy o‘sishga erishish uchun kulay sharoitlarni yaratadi.
Inflyatsion targetlash rejimi dastlab 1989 yilda Yangi Zelandiyada amaliyotga joriy qilingan. Bugungi kunga kelib dunyoning 30 dan ortiq davlatlari, jumladan, Avstraliya, Argentina, Braziliya, Buyuk Britaniya, Gruziya, Isroil, Hindiston, Kanada, Polsha, Turkiya, Shvetsiya, Yaponiya, Chexiya kabi davlatlar pul-kredit siyosatining mazkur rejimidan foydalaniladilar. MDH mamlakatlari orasida Armaniston va Rossiyada inflyatsion targetlash rejimi qo‘llanmoqda. Qozog‘iston va Belarus Respublikasi markaziy banklari tomonidan o‘rta muddatli istiqbolda inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish rejasi va dasturlari e’lon qilingan. Pul-kredit siyosatini yuritishda inflyatsion targetlash rejimining tanlanilishi ushbu rejimning afzalliklari bilan bir qatorda valyuta kursi yoki pul agregatlarini targetlash rejimlarida kuzatilgan qator muammolar bilan izohlanadi. Markaziy bankning pul-kredit siyosatining maqsadlari va asosiy yo‘nalishlari, shuningdek inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha majburiyatlarining aniq belgilanishi jamiyatda ijobiy iqtisodiy kutilmalarning shakllanishiga xizmat qiladi. Inflyatsion targetlash rejimida inflyatsiya bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishda markaziy bankning yuqori darajadagi mustaqilligi talab qilinadi. Bunda makroiqtisodiy sharoitlarning o‘zgarishlariga tezkor moslashuvchanlik imkoniyatining mavjudligi markaziy bankka iqtisodiyotdagi ichki muammolarga e’tibor qaratishiga imkoniyat yaratadi.
Mazkur rejimda markaziy bank faoliyati shaffofligining oshishi aholining inflyatsiya kutilmalarini pasayishiga hamda markaziy bankka bo‘lgan ishonchi mustahkamlanishiga olib keladi.
Download 24,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish