MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR: Sharq va G’arb iboralari qanday ma'nolarni anglatadi?
Sharq ma'naviyati tushunchasining mazmun va mohiyatini izohlang...
Qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va madaniyati qaysi manbalarda aks etgan?
Jonkuyar olim Muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimizning nеcha ming yillik tarixini uch yirik davrga ajratib o’rganish lozimligini ilgari suradi:bu qanday davrlar?
Islomgacha bo’lgan milliy ma'naviyatimiz va uning takomillashishi haqidagi eng muhim manbalarni nеcha guruhga bo’lish mumkin va ular qaysi guruhlar?
Qadimgi sharq ma'naviyati haqida so’z yuritganda qaysi davrlar va qaysi manzillar nazarda tutiladi?
Markaziy Osiyo mintaqasidagi Uyg’onish qaysi davrlarni o’z ichiga oladi?
Markaziy Osiyodagi xalqlar Milliy madaniy Uyg’onishni nеcha davrga bo’lish mumkin va ular qaysilar?
“Avеsto”da ilgari surilgan g’oyalar nimalarni tashkil etadi?
Sharq ma'naviyati rivojining qanday o’ziga xos xususiyatlari mavjud?