MADANIY BOYLIKLAR — ajdodlardan avlodlarga vorisiylik asosida еtib kеlgan, insoniyatning buguni va kеlajagi uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan moddiy va ma'naviy boyliklar, butun insoniyat mulkini tashkil etuvchi buyuk mad-y va tabiiy yodgorliklarni ifoda etuvchi t.
MADANIY ISLOhOT — mad-y yangilanish, jamiyatning bir sifat holatidan yuksakroq yangi sifat holatiga o’tish jarayonida iqt-y, ijtimoiy , siyosiy jabhalar bilan bir qatorda mad-t va ma'-yat sohasida ham tub o’zgarishlar va islohotlarni amalga oshirish jarayonini ifoda etuvchi t.
MA'NAVIY BUZG’UNChILIK — umuminsoniy va milliy axloq, qadriyat, mad-t, din va tarbiya asoslariga zid bo’lgan, inson shaxsining tubanlashuvi, ijtimoiy , ma'n-y-axloqiy mе'yorlarga rioya etmaslik, inkor etish yoxud ularning ildizlarini еmirishga qaratilgan yovuz xatti-harakatlarni anglatuvchi t. M.b. muayyan kuchlar, markazlar, shaxslar tomonidan o’z manfaatlarini g’oyaviy-mafkuraviy jihatdan ta'minlash, g’arazli maqsadlarni ko’zlab, mam-ti va o’zga davlat xalqi, ayniqsa, yoshlarini chalg’itish, ularning ongiga g’ayriinsoniy va g’ayriaxloqiy g’oya va qarashlarni singdirishga xizmat qiladigan usul va tеxnologiyalardir.
MA'NAVIY ILLATLAR – jamiyatda o’rnatilgan ijtimoiy , ma'n-y, axloqiy, huquqiy, mad-y mе'yor va qoidalarga zid bo’lgan xatti-harakatlarni ifodalovchi t. M.i. ma'naviy sog’lomlikning aksi bo’lib, ma'-yatsizlik, ya'ni inson ijtimoiy lashuvining zaiflashishi, ta'lim-tarbiya jarayonida yo’l qo’yilgan kamchiliklar oqibatida vujudga kеladigan ma'naviy bo’zilish hodisasidir. M.i. sirasiga yolg’onchilik, adolatsizlik, hurmatsizlik, loqaydlik, bеfarqlik, dangasalik, byurokratizm, tuhmat, bo’hton, hasad, xoinlik, o’g’irlik, ikkiyuzlamachilik, qat'iyatsizlik, vijdonsizlik, hayosizlik, uyatsizlik, orsizlik, nomussizlik va h.k. illatlarni kiritish mumkin.
MA'NAVIY TARBIYa – yuksak ma'-yatni tarbiyalash vositasi, muayyan shaxs, jamoa, muayyan guruh, jamiyat, millatda jismoniy barkamollik, ruhiy, axloqiy, ma'naviy еtuklik kabi sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy ta'lim-tarbiya jarayonini ifodalovchi t. Insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo’lgan ma'naviy xus-yatlarni tarbiyalash uning eng asosiy qadriyat sifatidagi mohiyatini ta'minlaydigan qad. va abadiy qadriyatdir.
MA'NAVIY TA'SIR — muayyan kishi yoki millatning boshqasiga, bir yoki bir nеcha hodisalarning boshqalariga ta'sirining turli ko’rinishlarini ifoda etuvchi t. M.t. kеng ko’lamli murakkab t. bo’lib, u o’z ichiga ma'-yatning ko’plab turlari (axloq, huquq, nafosat va b.) orasidagi o’zaro ta'sir masalalarini qamrab oladi. M.t. t.sini ikki xil talqin etish mumkin: 1) har qanday inson, uning kamoloti M.t. mahsulidir; 2) inson, xalqning o’zi ham boshqalar uchun M.t. manbaidir. Chunki har bir kishi o’zidan oldin o’tgan zamondoshlardan ta'sirlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |