O'zbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy Fanlar Fakulteti Amaliy psixologiya yo’nalishi 3-bosqich talabasi Ergasheva Gullolaning “shaxs kamoloti bo’yicha trening’’ fanidan tayyorlagan TRENING DASTURI.
Bajardi:Ergasheva Gullola
Qabul qildi:G’ulomona Naira.
Mavzu:Jamoani yanada jipslashtirish, yaqin munosabatlarni o’rnatish va o’zaro ahillik. Treningning maqsadi : guruhni birlashtirish va samarali jamoani shakllantirish o'zaro ta'sirlar.
Trening maqsadlari: 1. guruhda qulay psixologik muhitni shakllantirish;
2. jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirish;
3. guruhni birlashtirish.
Trening qonun qoidalari: O`ng qo`l qoidasi
Yagona mikrofon qoidasi
Hozir va shu yerda qoidasi
Faqat o`z fikrini bayon etish qoidasi
Maxfiylik.
Ixtiyoriylik
Faollik
Ko’ngilli ishtirok
O’zaro xurmat.
Bir birini
Vaqtni tejash.
Treningda boshidan oxirigacha qatnashish.
Fikrni birinchi shaxs tomonidan bayon etish.
Talablar: Treningda guruh a`zolari faol bo`lishi kerak.
Treningda barcha ishtirokchilar boshidan oxirigacha qatnashishlari kerak va o’zaro ochiqlik.
Kirish qismi. Oltin qoidalar. Mashg’ulotdagi kutuvlar
10 daqiqa
Koptokcha
Ishtirokchilarning bir-birlari va trener bilan tanishtiruv
2
Asosiy qism_Aloqa bog’laymiz trening mashg’uloti.
30daqiqa
1 g’altak qizil ip
O’zaro jipslikni aniqlash, yanada mustahkamlash.
3
Mening ismimning ma’nosi mashqi.
10
Plomaster, qog’oz,ruchka
ishtirokchilarga o'zlarining individualligini ta'kidlashga imkon berish.
4
“Chalkashlik” mashqi
10 daqiqa
Guruhbirlashish darajasini aniqlash
5
Psixokorreksion mashq. “Bir kun yulduz turkumida”
20 daqiqa
A4 qog’oz marker
Ko’nikmani shakillantirish
6
“O’ngacha sanash” mashqi
10 daqiqa
Bir birini his qilish
7
“Dengiz sayohati” mashqi
5 daqiqa
Har qanday muammolarni yechimiga ko’nikmani shakllantirish
8
Yakunlash
10 daqiqa
Qayta aloqa. Olingan bilimlarni, treningdan kutilgan natijalarni umumlashtirish.
Asosiy qism. Aloqa bog‘laymiz Maqsad: jamoaviylikni shakllantirish, guruhni yanada jipslashtirish va yaqin munosabatlarni o‘rnatish.
Kerakli resurslar: ip (1 ta qizil rangli 40-g‘altak ipi)
Jarayon: ishtirokchilar aylana shaklida turib olishadi va bir ishtirokchiga g‘altak ipi beriladi. Shart tushuntiriladi: qo‘lida ip turgan ishtirokchi o‘zida ipning uchini ushlab qolib g‘altakni boshqa bir ishtirokchiga berishi hamda o‘zining hayotdagi yashashdan maqsadini, qiziqishlarini, hayotdagi qadriyatlarini aytgan holda u insonning ham maqsad qiziqishi qadriyatini so‘rab olishi kerak. Shuningdek, o‘zning ushbu treningdan kutayotgan kutuvlarini aytib o‘tishi lozim. Keyingi ishtirokchi ipni g‘altakni qabul qilishi va u ham shu tarzda ya’ni o‘zida ipni yana bir uchini hosil qilgan holda ushlab qolishi va qadriyat qiziqish maqsadini aytib boshqa bir ishtirokchini qo‘liga g‘altakni tuqtqazishi kerak. Bu jarayon g‘altak so‘ngi ishtirokchiga etib borgunicha davom etadi. Eslatma: g‘altakni ikki yonidagi ishtirokchilarga berish mumkin emas, iloji boricha uzoqroqdagi ishtirokchini tanlash lozim, shuningdek ishtirokchilar keyingi bir ishtirokchiga g‘altakni berayotganlarida ipni chigallashtirib yubormaslikka e’tibor qaratishlari kerak. Eng muhimi ular kimdan g‘altakni qabul qilgani va kimga berganini eslab qolishlari lozim, chunki ohirida ip qaytatdan o‘ralishi kerak. Hamma ishtirokchilar o‘zaro ip bilan bog‘liq holga kelgach, ularga ipning rangiga, hamda barcha ishtirokchilarning o‘zaro bog‘liq holga kelganiga nazar solish va bundan qanday taasurot yuzaga kelgani so‘raladi. Bunda faqat hohlovchilar javob berishlari mumkin. Keyin trener ishtirokchilardan bu holatni quyidagicha tushunishlarini so‘raydi: “Faraz qilingki, sizlar bir yaxlit tana sizlar, ushbu qizil ip esa sizlarning (arteriyal) asosiy (arteriyal) qon tomiringiz”.
Savol beriladi: “Bilamizki, tomirning vazifasi yurakka qon etqazib berish. Agar sizlardan biringiz tomirni (ipni) uzib yuborsa nima bo‘ladi?” yana bunga ham hohlovchilar javob beradi.
Kichik leksiya: haqiqiy jamoa bo‘lish ham huddi insonning qon tomir tizimiga o‘xshash hodisa bo‘lib, huddi tomirning vazifasi qonni o‘zidan o‘tkazish bilan yurakka etqazib berish bo‘lgani kabi, butun bir jamoaning ham maqsad va vazifasi bo‘ladi. Agar jamoada biror bir a’zo passivlik qilsa, ishlamasa yoki jamoadan uzilib qolsa bu holat ham huddi tomirning bir qismini uzib olib tashlaganga o‘xshaydi. Tomirning uzib olib tashlanishi yurakka qonning etib bormaslidi bilan barobar, buni real voqealik bilan qiyoslanganda jamoada har bir a’zo shunday ahamiyatga ega degani. Har bir insonga hayoda biror missiya topshiriladi, agar u o‘ziga berilgan missiyani to‘liq ado etmasa, o‘sha inson bog‘liq bo‘lgan soha oqsay boshlaydi, agarda u o‘z ishini munosib tarzda o‘zining bor imkoniyatini jonu dil bilan ishga solib bajarsa o‘sha inson bog‘iq bo‘lgan sohaning rivoji, gullab yashnashi ta’minlanadi.
Siz bir jamoasiz endilikda sizlarga birgalikda talaygina ishlarni amalga oshirish topshiriladi, uni birgalikda bitta qon tomir tizimidek amalga oshirish va hayot faoliyatingizni ham huddi yurak faoliyati qilib bir tekkis bo‘lishi o‘zingizga bog‘iq. Bunda sizga eng birinchi topshiriq ushbu qo‘llaringizda hammangizni bog‘lab turgan ipni menga chigal qilib yubormagan holda tezda o‘rab berishingiz kerak. Bunda har bir ishtirokchi o‘z vazifasini bilgan holda sidqidildan amalga oshirishi eng muhimidir.
Ishtirokchilar ipni g‘altakka yig‘ib berishganidan so‘ng trener bir jamoa sifatida berilgan topshiriqni muvaffaqiyatli uddalaganliklari bilan tabriklaydi, shuning bilan mashg‘ulot o‘z yakuniga etadi.
Qayta aloqa: 10-15 daqiqa ishtirokchilardan mashg‘ulotdan olgan xulosalari va ta’asurotlarini so‘rash va ularni muhokama qilish ham mumkin.