Undosh fonemalarning fokuslari
Bir fokusli undoshlar.Bunday undoshlar artikulatsiyasida faqat bitta to‘siq yuzaga keladi.Masalan, b,p undoshlari artikulatsiyasida to‘siqik ikki lab orasida,k,g undoshlar artikulatsiyasida esa to‘siq tilning orqa qismi bilan yumshoq tanglay orasida hosil bo‘ladi.Bu undoshlar artikulatsiyasida boshqa to‘siqlar ishtirok etmaydi.
Ikki fokusli undoshlar. Bunday undoshlar artikulatsiyasida bir yo‘la ikki to‘siq yuzaga keladi.Masalan sirgaluvchi sh va j undoshlari artikulatsiyasida shovqin bir yo‘la ikki to‘siqda yuzaga keladi:1- to‘siq til uchi bilan qattiq tanglay orasida, 2- tosiq til o‘rtasining orqaroq qismi bilan yumshoq tanglay orasida hosil bo‘ladi.
Hozirgi o‘zbek tilining sh,j,ch,dj undoshlari ikki fokuslidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |