. - Prof.M.Mirtojiyev fikriga ko‘ra, o‘zbek tili konsonantizmidaquyida 27 ta undosh fonema bor:
- m, n , ng, ng‘, r, l, b, p, v, f, d, t, z ,s, j, sh, dj, ch, ts, y, x, g, dz, k, q, g‘, h. Bu tizimda ng‘ (vang‘illamoq, do‘ng‘illamoq, to‘ng‘ so‘zlaridagi chuqur til orqa sonsant) va dz (chetdan olingan familiyalarda qo‘llanadigan affrikata) tovushlarning fonema darajasidagi birliklar qatorida qo‘llanilganini ko‘ramiz
‘
Undoshlar tasnifi
O‘zbek tili konsonantizmi tizimiga xos asosiy fonologik jihatlar — artikulatsiya o‘rni (tovushning fokusi), artikulatsiya usuli va jarangli- jarangsizlik belgilari hisobga olinadi, shu belgilarni shakllantirishda ishtirok etadigan fizik-akustik va anatomik-fiziologik omillarga tayaniladi.
Undosh tovushning shakllanishida albatta shovqin qatnashadi, u nutq apparatidagi (masalan, og‘iz bo‘shlig‘idagi) aktiv va passiv a’zolarning bir- biriga tegishi yoki juda yaqinlashishi natijasida hosil bo‘lgan to‘siqdan havo oqimining portlab yoki sirg‘alib (a’zolarga ishqalanib) o‘tishidan paydo bo‘ladi. Bunday to‘siq fonologiyada fokus deyiladi. Demak, undoshlarda fokusning bo‘lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |