O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI GEOGRAFIYA VA TABIIY RESURSLAR FAKULTETI
GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA KADASTR YO’NALISHI 2-KURS (KECHKI) TALABASI
RAVSHANOV BEHZODNING
3-AMALIY ISHI
Qozog’iston atlasi
Qozog’iston tuproq erroziyasi (Эрозия почв)
Geografik karta - Yerni yoki uni biror qismini Yerning egriligini hisobga olib, ma‘lum matematik qoidalar asosida biroz o‘zgartirib, kichraytirib, umumlashtirib qog‘ozga (tekislikka) tushirilgan tasviri (proektsiyasi) bo‘lib, u qabul qilingan shartli belgilar sistemasida unda joylashgan obyektlarni geografik o‘rnini, joylanishini, holatini, vaqt mobaynida o‘zgarishini, shuningdek ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rsatadi (Kartalar mavzusi (mazmuni) bo’yicha umumgeografik va mavzuli kartalarga bo’linadi).
Ushbu karta mavzuli karta hisoblanadi.
Mavzuli karta elementlari
Matematik asos;
Kartogarfik tasvir (Geografik asos va Kartaning mazmuni);
Legenda;
Yordamchi jihozlar;
Qo’shimcha ma’lumotlar.
Matematik asos:
Ushbu karta 1:2000000 masshtabli bo’lib, konusli proyeksiya asosida yaratilgan. (MDH kartalari asosan konusli proyeksiyalarda tuziladi. Bunda ko’proq V.V.Kavrayskiyni yoki F.N. Krasovskiyning teng oraliqli konusli proyeksiyasi qo’llaniladi. Xatoliklar xarakteriga ko’ra Kavrayskiy proyeksiyasi ixtiyoriydir. Bu proyeksiyada uzunliklar masshtabi urinma parallel bo’yicha va meridianlar bo’yicha saqlanadi).
Geografik kartaning nomi, ramkasi, tasvirlanayotgan hudud, vrezka (qirqim) kartalar, legenda, diagramma, sxema, profil, grafiklar, matnlar karta mazmunini boyitishga, o‘qishni osonlashtirishga yordam beruvchi boshqa qo‘shimcha manbalarni joylashtirish tartibi kartaning komponovkasi deyiladi.
Ushbu kartaning nomi ramkaning tashqi qismida, chap tomonining yuqori burchagida, masshtab ramkaning tashqi qismida janubiy qismining markazida joylashtirilgan. legenda ramkaning ichki qismida janubi-g’arbiy va shimoli-sharqiy burchakda joylashtirilgan. karta ramkasining ichki qismida janubi-sharqiy burchagida 1:8000000 masshtabli karta berilgan. Kartada Qozog’iston hududi tasvirlangan. Karta muallifi ramkaning tashqi tomonida janubi-sharqiy burchakda berilgan.
Kartaning mazmuni boyitish uchun qo’shmcha «пылыные бури» kartasi berilgan. Undagi ko’rsatkichlar diagrammalar orqali tasvirlangan
Kartada poyezd yo’llar, daryolar chiziqli belgilar usulida tasvirlangan
Tuproqlarning tarqalishi sifatli rang usulida berilgan.
Erroziyaga uchragan tuproqlarning tarqalishi ham sifatli rang usulida tasvirlangan.
Qo’shimcha berilgan yordamchi kartada chang boronlarning darajasi kartadiagramma usulida tasvilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |