4.Madaniy meros obyektlari davlat kadastri ma`lumotlar bazasini strukturasini shakllantirish.
Madaniy meros obyektlari davlat kadastri madaniy meros obyektlarining davlat muhofazasini hamda ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida yuritiladi. Ushbu
kadastr madaniy meros obyektlarining geografik joylashishi,
huquqiy maqomi, miqdoriy, sifat tavsiflari va bahosi to‘g‘risidagi yangilab turiladigan ma’lumotlar va hujjatlar tizimini
ifodalaydi. Quyidagilar Davlat kadastrini yuritishning asosiy
prinsiplari hisoblanadi:
– respublikaning butun hududida madaniy merosning
barcha obyektlarini kadastr bilan qamrab olish;
– kadastr axborotini shakllantirishning yagona metodologiyasi;
– kadastr yuritishni markazlashtirilgan tarzda boshqarish;
– kadastrlar yagona tizimi talablarini ta’minlash;
– kadastr axborotining ishonchliligi hamda uni to‘ldirish va yangilab borishning uzluksizligi;
– kadastr axborotidan foydalanish mumkinligi
Madaniy meros obyektlarining hisobga olish axboroti:
– kadastr tartib raqamini;
– obyekt nomini;
– joylashgan joyini;
– tipologik tegishliligini;
– sana belgilashni;
– mulkdor, egasi, foydalanuvchi yoki ijaraga oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxsning nomi va uning manzilini;
– madaniy meros obyektining idoraviy mansubligini;
– madaniy meros obyektining maqsadli vazifasini;
– tarixiy ma’lumotlarni;
– madaniy meros obyektining dastlabki qiyofasini, o‘zgartirilgani, qayta qurish va yo‘qotishlarni;
– ta’mirlash ishlarini (umumiy tavsif, qiymati, vaqti,
muallif, hujjatlar saqlanadigan joy)
– bino, inshoot va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
– muhofaza zonalari va qurilishni tartibga solish zonalari chegaralarini (tasdiqlovchi hujjatga asoslangan holdagi
reja, qisqacha tavsif) o‘z ichiga oladi.
Quyidagilar:
– arxeologik yodgorliklar uchun - sana qo‘yish, qidirish
va qazish ishlari kim tomonidan va qachon bajarilganligi,
topilgan materiallarning saqlanish joyi;
– tarixiy yodgorliklar uchun: paydo bo‘lish tarixi, obyekt
yodgorlik ahamiyatiga ega ekanligi bilan bog‘liq voqealar va
shaxslarning qisqacha tavsifi;
– arxitektura va monumental san’at yodgorliklari uchun
- ularni muallifi, quruvchisi, buyurtmachisi, qurilgan sanasi
tarixiy ma’lumotlar hisoblanadi.
Madaniy meros obyekti tavsifi bo‘lib:
– obyekt nomi;
– tipologik mansubligi;
– manzili;
– yodgorlikning dastlabki qiyofasini o‘zgartirgan qayta
qurishlar va yo‘qotishlar;
– arxeologik yodgorligi tavsifi: sanasi, eng muhim topilmalar ro‘yxati va tavsifi;
– tarixiy yodgorliklar tavsifi: sanasi, marmar lavhada matnlar mavjudligi va o‘rnatilgan vaqti;
– arxitektura yodgorliklar tavsifi: sanasi, rejalashtirilishi,
kompozitsion-makon tuzilmasi va konstruksiyalarning o‘ziga xosligi, fasad va interyerlar bezagi xususiyati, rang-tasvir,
haykaltaroshlik, amaliy san’at mavjudligi, qurilish materiali,
asosiy o‘lchamlari;
– monumental san’at yodgorliklari tavsifi: muallifi va
sanasi, kompozitsion yechimi xususiyatlari, matnlar, material, texnika, hajmi;
5.Madaniy meros obyektlari davlat kadastri ma`lumotlar bazasini strukturasini shakllantirish.
Diqqatga sazovor joylar
Arxeologik
Monimental sana’t yodgorligi
Arxitektura
To`plangan madaniy meros obyektlarini izohlash.
Davlat kadastri asoslari fani madaniy meros obyektlarini 4ta asosiy guruhlarga bo`ladi. Bular:
Diqqatga sazovor joylar
Monumental san`at yodgorliklari
Arxeologik obyektlar
Arxitektura obyektlari.
1996-yil 18-oktabr kuni Sohibqiron tavalludining 660-yilligi munosabati bilan Amir Temur xiyoboniga tutash hududda Temuriylar tarixi davlat muzeyi barpo etildi.
Muzeyning balandligi 31, diametri 70 metr. Muzey gumbazini yoritib turgan “Zumrad” deb nomlangan muazzam qandilning og‘irligi ikki tonnadan oshadi. Unga besh yuzta yoritgich jamlangan. Muzey uch qavatdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |