Ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar.
Berilgan:
1) daryo havzasi va unda doimiy kuzatishlar olib boradigan meteorologik stansiyalarning joylashish sxemasi (1.1-rasm);
2) meteorologik stansiyalarda kuzatilgan o‘rtacha ko‘p yillik yog‘in miqdorlari(1.1-jadval).
1.1-jadval
Meteorologik stansiyalarda kuzatilgan o’rtacha ko’p yillik yog’in miqdorlari,mm
Stansiyalar
tartibi
|
1
10
|
2
11
|
3
12
|
4
13
|
5
14
|
6
15
|
7
16
|
8
17
|
9
-
|
Yog’in miqdori
|
537
500
|
521
500
|
511
486
|
524
480
|
501
483
|
506
478
|
510
452
|
496
432
|
490
-
|
Ishni bajarish maqsadida qo‘yilgan vazifalar.
O‘rganilayotgan daryo havzasiga yoqqan yog‘in qatlami:
1) o‘rtacha arifmetik usul;
2) kvadratlar usuli;
3) mediana-tortish usuli;
4) izogietlar usuli bilan aniqlansin.
Ishni bajarish tartibi.
1. Daryo havzasiga yoqqan yog‘in qatlamini o‘rtacha arifmetik usul bilan aniqlash. Bu usul juda oddiy hisoblanib, amalda er yuzasi holati bir jinsli bo‘lgan havzalar uchun qo‘llaniladi. Bu usulda yog‘in qatlamining o‘rtacha qiymatini aniqlash uchun havzada mavjud bo‘lgan meteorologik stansiyalar bo‘yicha aniqlangan yillik yog‘in qatlamlarining yig‘indisi stansiyalar soni(n)ga bo‘linadi, ya’ni:
= = =494.4
2. Daryo havzasiga yoqqan yog‘in qatlamini kvadratlar usuli bilan aniqlash. Bu usulda daryo havzasi ma’lum o‘lchamdagi kvadratlarga bo‘linadi(1.1-rasm). Ular havza maydonining katta kichikligi va meteorologik stansiyalar soniga bog‘liq holda 0,5; 1,0; 1,5; 2,0 sm2 o‘lchamlarda olinishi mumkin. So‘ng kvadrat markaziga ayni shu kvadratda joylashgan meteorologik stansiyada o‘lchangan yog‘in miqdori yoziladi. Bo‘sh qolgan kvadratlar esa interpolyasiya usuli bilan to‘ldiriladi. Agarda stansiya kvadratlar chegarasiga tushib qolsa, unda kuzatilgan yog‘in miqdori har ikki qo‘shni kvadratga tegishli bo‘ladi. Ba’zan bitta kvadratga ikki yoki undan ko‘p stansiyalar tushib qolishi mumkin. U holda kvadrat markaziga ularning o‘rtacha qiymati yoziladi. Hamma kvadratlar markazlaridagi yog‘in miqdorlarining yig‘indisi( ) ni kvadratlar soni (N) ga bo‘lib, daryo havzasiga yoqqan yog‘in qatlamini aniqlaymiz .
= = =495.1,mm
Natijalar aniqligini tekshirish uchun kvadratlar o‘lchami o‘zgartirilib, hisoblashlar takrorlanadi. Ularning farqi 5% dan ortmasligi lozim
1.1-rasm. Daryo havzasiga yoqqan yog‘in miqdorini aniqlashda
kvadratlar usulini qo‘llash
3. Daryo havzasiga yoqqan yog‘in qatlamini mediana-tortish usuli bilan aniqlash. Mediana tortish usulida daryo havzasining har bir meteostansiyaga tegishli qismlari ajratiladi. Buning uchun daryo havzasining sxemasida keltirilgan meteorologik stansiyalar joylashgan nuqtalar to‘g‘ri (shtrixli) chiziqlar bilan shunday tutashtirilishi kerakki, natijada uchburchak to‘rlari hosil bo‘lsin(1.2-rasm). So‘ng har bir uchburchak tomonlarining o‘rtasidan perpendikulyarlar o‘tkaziladi. Daryo havzasining ana shu perpedikulyarlarning tutashishi natijasida chegaralangan qismi uning ichida joylashgan meteorologik stansiyaga tegishli bo‘ladi. Shundan keyin:
1) har bir stansiyaga tegishli maydonning yuzasi (fi) aniqlanadi;
2) maydonning yuzasi (fi) ayni stansiyadagi yog‘in miqdori (Xi) ga ko‘paytiriladi.
1.2-rasm. Daryo havzasiga yoqqan yog‘in miqdorini mediana-tortish usuli bilan aniqlash
1.2-jadval
Yog’in qatlamini mediana tortish usuli bilan aniqlash
Stansiya
|
Yog‘in miqdori,
mm
|
fi, planimetr bo‘laklarida
|
|
1
|
537
|
1.55
|
832
|
2
|
521
|
3.40
|
1771
|
3
|
511
|
2.55
|
1303
|
4
|
524
|
2.00
|
1048
|
5
|
501
|
3.25
|
1628
|
6
|
506
|
1.35
|
683
|
7
|
510
|
3.60
|
1836
|
8
|
496
|
2.90
|
1438
|
9
|
490
|
1.80
|
882
|
10
|
500
|
2.40
|
1200
|
11
|
500
|
3.15
|
575
|
12
|
486
|
2.50
|
1215
|
13
|
480
|
1.50
|
720
|
14
|
483
|
2.10
|
1014
|
15
|
478
|
2.06
|
985
|
16
|
452
|
1.07
|
484
|
17
|
432
|
1.40
|
605
|
Yig’indi
|
-
|
39
|
19219
|
Ko‘paytmalarning yig‘indisi( ni daryoning havza maydoni (F) ga bo‘lib, yog‘in qatlamini aniqlaymiz:
= = =492.8mm
Do'stlaringiz bilan baham: |