O'zbekiston Milliy Uneversiteti
Iqtisodiyot fakulteti
Kadrlar menejmenti yo'nalishi
17-guruh guruh talabasi
Joniboyeva Sitoraning
Tarmoqlar va sektorlar fanidan
Mustaqil ishi
Ijtimoiy Pensiya ta’minoti bo’yicha
Reja:
Kirish
1. . Davlat ijtimoiy ta’minotini amalga oshirishda davlat pensiya ta’minotini maqsadi va vazifalari
2. Davlat pensiya ta’minotini tartibga solishning qonuniy-huquqiy
asoslari
3. Davlat pensiya ta’minotining bugungi holati tahlili
4. Xorij tajribasi asosida davlat pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish
istiqbollari
Xulosa
Foydalanilgan adiboyotlar .
Kirish
Kuchli ijtimoiy siyosat jamiyat hayotining muhim sohasi va har bir davlat faoliyatining muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiyot tamoyillariga mos pensiya ta’minoti esa uning amaliy vositalaridan biridir. Pensiya ta’minotining to‘g‘ri tashkil etilishi ham muayyan guruhga mansub ko‘plab odamlarning, ham aholining daromadi,mehnati, turmush sifati hamda darajasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiysiyosat maqsadlariga erishish imkonini beradi. Pensiya tizimi – bu ijtimoiy himoya va ijtimoiy yordamning bir ko’rinishidir. Pensiya – bu fuqarolarning pensiya yoshiga yetganda oladigan daromadlarining bir ko’rinishi bo’lib, mehnat bozoridan ketgan paytdagi to’lanadigan ijtimoiy kompensasiyadir. Istiqlol yillarida aholini ijtimoiy himoyalashni yanada kuchaytirish, pensiya ta’minoti sifatini oshirish bo‘yicha bosqichma-bosqich islohotlar olib borildi. Pensiya jamg’armasi shakllangan kundan boshlab hozirgacha 60 dan ortiq qonun va qonun osti hujjatlar qabul qilindi. “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida” gi Qonunning o’ziga bir qancha o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilayotganligi, aytish “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” deb nom berilgan 2018-yilda ham davlat byudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilishi, uning aksariyat qismi sog’liqni saqlash, ta’lim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat tarmoqlarini yuksaltirishga qaratilgani aholi turmush farovonligini oshirish masalasi davlatimizning doimiy diqqat markazida ekanligining isbotidir. “O’zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining g’oyat muhim yo’nalishi bo’lgan ijtimoiy sohani isloh qilish bo’yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi ham bosqichma-bosqich ta’minlanmoqda.” Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida ham “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari” deb nomlangan to’rtinchi yo’nalish ko’zda tutilgan. Ushbu yo’nalish, jumladan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash aholining muhtoj qatlamlariga ko’rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini oshirish, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrda “O’zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4906-son Farmoni, 2017-yil 1-dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PF-5270-son Farmonlari va tegishli Qarorlarning qabul qilinishi aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga berilayotgan e’tiborning yuqoriligidan dalolat beradi. Bu farmon va qarorlarga asosan O’zbekistonda keksalar va pensionerlar uchun mo’ljallangan 12 ta Saxovat va muruvvat internat uylari moddiy-texnik bazalari 14,6 ming yolg’iz keksalar, pensionerlar, nogironlarning turar joy sharoitlar yaxshilandi, 5,4 ming odam reabilitatsiya texnik vositalari va protez ortopediya mahsulatlari bilan ta’minlandi, 6,4 ming nogiron va pensioner sanatoriyalarda sog’liklarini tiklashdi. Ko’rsatilgan tibbiy-ijtimoiy yordamning umumiy hajmi 132,2 mlrd so’mni tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |