O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi Reja


-Mavzu: Ijtimoiy soxadagi isloxotlarni chuqurlashtirish



Download 0,89 Mb.
bet9/39
Sana28.09.2021
Hajmi0,89 Mb.
#187685
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
Bog'liq
1-Mavzu O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuq

6-Mavzu: Ijtimoiy soxadagi isloxotlarni chuqurlashtirish

Reja:

  1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish

  2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish

  3. YOSHlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish

Tayanch tushunchalar: Aholi bandligi, real daromadlar, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi, YOSHlarga oid davlat siyosati.


1.Samarali mehnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy uy-joylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam, dam olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini belgilab beradigan muhim omillardir. Shu borada nafaqat eng kam oylik ish haqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ham o‘rtacha ish haqi miqdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini bosqichma-bosqich ko‘paytirish maqsadga muvofiq.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyasiya sur’atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish ham ustuvor vazifa qilib qo‘yilgan.

Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish, pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini so‘zsiz ta’minlash, ularning O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida xarid qiladigan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘siqlarsiz amalga oshirishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Resnublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi «Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-2753-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga asosan 2017 yilning fevral oyidan boshlab:

barcha turdagi pensiyalar butun mamlakat hududida hech qanday cheklovlarsiz to‘liq hajmda naqs shaklda beriladi;

58 ta tog‘li va olis tumandagi byudjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi to‘lash, ijtimoiy to‘lovlar hech qanday cheklovlarsiz to‘liq hajmda nakd shaklda amalga oshiriladi;

oliy o‘quv yurtlari talabalariga stipendiyalarning kamida 50 foizi naqd shaklda beriladi.

Bundan tashqari, hududlarda shakllangan ish haqini nakd shaklda hamda plastik kartalarga o‘tkazish yo‘li bilan to‘lashda odamlar o‘z ish haqidan foydalanishda muammolarga duch kelmasligi va o‘zlariga kerakli tovar va xizmatlarni erkin xarid qilishlari uchun mavjud to‘lov terminallari infratuzilmasi hisobga olinadi.

Mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlaridan biri, xalq turmush darajasi va sifatini yuksaltirishning muhim sharti sifatida belgilangan.

Binobarin, yurtimizda har yili milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, hududlar bo‘yicha mehnat resurslaridan yanada to‘liq va oqilona foydalanish, aholining ijtimoiy muhofazasini ta’minlashga qaratilgan tegishli dasturlar qabul qilinyapti.

Milliy mehnat bozorining e’tiborga molik o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi: aholining asosiy qismini YOSHlar tashkil etishi (har yili yarim milliondan ortiq bitiruvchilar ishga joylashish bo‘yicha ko‘makka muhtoj); 700 mingdan ortiq ishsizlarning, shuningdek, ishchi kuchining talab va taklifi bo‘yicha nomutanosiblikning mavjudligi; ayrim tumanlarda ishsizlik va norasmiy sektorda ish bilan bandlikning yuqori darajasi kuzatiladi.

Yurtimizda yiliga 1,5 million odamni ishga joylashtirishga ehtiyoj bo‘lsa-da, o‘tgan yili Bandlikka ko‘maklashish markazlari atigi 248 ming kishini yoki 16,5 foizini ishga joylashtirgan. Buning asosiy sabablari ish faoliyatidagi eskirgan shakl va usullar hamda bandlik muammolarini hal etishdagi rasmiyatchilik bilan bog‘liq

Bunday holat bandlikka ko‘maklashishning faol siyosat choralarini amalga oshirish, ya’ni ish o‘rinlarini yaratish, avvalo YOSHlarni va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifalarini ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faolligini rag‘batlantirish chorasini ko‘rishga zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Mehnat vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda Bandlikka ko‘maklashish markazlariga ish so‘rab murojaat qilganlarning 93,2 foizi ishga joylashtirilgan.

Yangi ish o‘rinlarini tashkil etishda erkin iqtisodiy zonalarning ham o‘rni katta. Xususan, mamlakatimizda «Navoiy» «Angren» va «Jizzax» erkin iqtisodiy zonalari tashkil etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi 4931-son farmoni bilan «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasi» erkin iqtisodiy zonalari tashkil etildi. Bu iqtisodiy zonalarda meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, tuqimachilik, gilam to‘qish, poyabzal va charm-galantereya, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga zamii yaratadi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mehnat bozori talablariga asosan, professional kadrlarni qayta tayyorlash yuzasidan qisqa muddatli trening va o‘quv kurslarini o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini rag‘batlantirish, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish, davlat akkreditatsiyasiga ega bo‘lgan nodavlat ta’lim muassasalari uchun davlat namunasidagi hujjatlarni berish bo‘yicha mavjud cheklovlarni bartaraf etish nazarda tutilgan.

Shuningdek, Harakatlar strategiyasida o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida kerakli talabdan ortiq hajmda tayyorlanayotgan gumanitar ta’lim yo‘nalishlarini qisqartirishni va mos ravishda agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi mutaxassislari tayyorlashni kengaytirishni ko‘zda tutuvchi )fta maxsus va kasb-hunar ta’lim mutaxassislik yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. Joriy va istiqboldagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda mutaxassislarni tayyorlash, agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo‘jaligini malakali mutaxassislar bilan hamda bitiruvchilarni kafolatlangan ish bilan ta’minlash imkonini beradi.

Hududlarda aholi bandligini ta’minlash hamda qo‘shimcha daromad manbaini yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish hajmini yanada oshirish quyidagi sohalarda nazarda tutilgan:

fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish;

qoramol, qo‘y, echki, quyon boqish va go‘sht etishtirish;

parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish;

ixcham issiqxonalar tashkil etish;

urug‘ va ko‘chatlar etishtirish.

Buning natijasida aholi tomorqasidan foydalanish samaradorligi oshadi, ishlab chiqariladigan sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi ko‘payadi.

Harakatlar strategiyasida olis va tog‘li hududlarda turizm va ekoturizmni tashkil etish, dorivor o‘simliklarni etishtirish, yig‘ish va qadoqlash bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish kuzda tutilgan. Bunda, tog‘ oldi hududlaridagi qishloqlarda 10-15 ta xonadonlarda sayyoxlarga xizmat ko‘rsatish uylari tashkil etilib, ya’ni uyning bitta yoki ikkita xonasi devorlari so‘zana, adras bilan bezatilib, ko‘rpacha to‘shalib, xontaxta qo‘yilib, hojatxona va oshxonaning sanitar holatlari tartibga keltirilib, chet ellik sayyoxdarga tabiiy manzaralarni ko‘rsatish bilan birga non yopish, milliy taomlarni tayyorlash, milliy urf-odatlar bilan tanishtirish kabi xizmatlar ko‘rsatilishi rejalashtirilgan.

Harakatlar strategiyasida xotin-qizlarning va kollej bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, tadbirkor ayollarni qo‘llabquvvatlash maqsadida:

«Mahallaning eng namunali tadbirkor ayoli» tanlovining mahallalararo va tuman (shahar) bosqichlarini o‘tkazish;

«Tadbirkor qizning eng yaxshi loyihasi 2017» respublika tanlovini o‘tkazish;

Qo‘rg‘ontepa, Olot, Paxtakor, Dehqonobod, Koson, Nurota, Uzun va Qo‘shko‘pir tumanlarida ayollarni kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish;

pedagogik ma’lumotga ega bo‘lgan, biroq bola parvarishlash munosabati bilan vaqtincha ishlamayotgan ayollarga oilaviy maktabgacha ta’lim tarbiyachisi sifatida kasanachilik faoliyati tashkil etish.

Bu tadbirlarning amalga oshirilishi xotin-qizlarda va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchi qizlarida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantiradi, ularning huquqiy va iqtisodiy bilimlarini oshiradi.

O‘zbekistonda tashqi mehnat migratsiyasi masalalari Birinchi Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan 5 tamoyil (ish joyi va mehnat sharoiti, ish vaqti, turarjoy bilan ta’minlash, malakali tibbiy xizmat, migrantning xavfsizligi ta’minlanganligi) asosida amalga oshirilmokda.

Mehnat vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha agentligi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish rejalashtirilgan:

hududlarda fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi byuro, shuningdek ishga joylashtirilayotgan fuqarolarga o‘zini tutish etikasi, borayotgan mamlakatning madaniyati va tili, qonunchiligi asoslariga o‘rgatishni yuklagan holda, Chet ellarga ketayotgan fuqarolarni oldindan ko‘niktirish va o‘qitish markazining hududiy tuzilmalarini tashkil etish;

fuqarolarga chet elda ishga joylashish uchun ruxsatnomalarni bekor qilish va xorijiy mamlakatlarga chiquvchi fuqarolarni hisobga olishning xabardor qilish tartibini joriy qilish;

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijiy mamlakatlarga (AQSh, Kanada, Yaponiya, Evropa Ittifoqi va Fors ko‘rfazi mamlakatlariga) ishga yuborish hajmi va yo‘nalishini kengaytirish maqsadida xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlari bilan muzokaralar o‘tkazish.

«Aholi bandligiga ko‘maklashish nodavlat tashkilotlari (rekruting agentliklari) to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

Loyiha mehnat bozori infratuzilmasini oshirish, aholi bandligini ta’minlash imkoniyatlarini, aholi daromadlari va turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini tashkil qilish ham mehnat bozoridagi ta’sirchan siyosatning muhim uslubi sanaladi. Bundan maqsad ish izlovchilarni taklif etilayotgan bo‘sh joylar bilan tanishtirish, shuningdek, ularga mehnat bozori, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va yangi kasbga o‘qitish to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berishdan iborat.

Chorak asrlik mustaqil taraqqiyotimiz davrida mamlakatimizda inson hayotini yaxtttilash, uning qulay turmush sharoitlarini yaratish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirildi. Demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish, bunda aholini ijtimoiy himoya qilish, uning sog‘ligini kafolatlash yo‘nalishida jahon va milliy tajribaga asoslangan holda yaxlit tizim yaratildi.

Ayni vaqtda zamon talabi, mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, aholini ijtimoiy himoyalash va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etmoqda.

Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasida Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi.

Utgan davr mobaynida O‘zbekiston sobiq Ittifokdan meros bo‘lib qolgan tizimlashmagan, umumiy shaklga ega bo‘lgan ijtimoiy himoya tizimini tubdan yaxshilab, tizimli, manzilli xarakterga ega bo‘lgan va ko‘lami bo‘yicha aholining barcha qatlamlarini har tomonlama himoyalashni tashkil etishga qaratilgan takomillashgan tizimni joriy etdi va bugungi kunga kelib aholiga ijtimoiy kafolatlarni ta’minlamoqsa.

Bugungi kunda Davlat byudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yzshaltirilmoqda. 1991 yilga taqqoslaganda, aholining real daromadlari 12 barobardan ziyod ko‘paydi, ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar salmoqli darajada oshdi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni jadal sur’atlar bilan oshirish va aholining ularga bo‘lgan talabini qondirish ta’minlanmoqda.

Taraqqiyotimizning bugungi bosqichida ijtimoiy sohaning aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarining ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llabquvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekistonda 2010-2015 yillar mobaynida keksalar va pensionerlar uchun mo‘ljallangan 12 ta Saxovat va Muruvvat internat uylari moddiy-texnika bazalari, 14,6 ming yolg‘iz keksalar, pensioner, nogironlarning turarjoy sharoitlari yaxshilandi, 5,4 ming odam reabilitatsiya texnik vositalari va protez-ortopediya mahsulotlari bilan ta’minlandi, 6,4 ming nogiron va pensioner sanatoriyalarda sog‘liqparini tiklashdi. Ko‘rsatilgan tibbiy-ijtimoiy yordamning umumiy hajmi 132,2 milliard so‘mii tashkil etdi.

Jamiyatning demokratlashuvi jarayonida aholining ehtiyojmand qatlamlarining ijtimoiy himoyasini yanada yaxshilash uchun «Nuroniy» jamg‘armasi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, uning manzilliligini ta’minlash, keksa YOSHdagilar, imkoniyati cheklangan odamlar va yolg‘iz keksalarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordam darajasi va sifatini ko‘tarishni, shuningdek joylarda tuman va shaharlar aholisining zamonaviy diagnostika va davolanish uslublaridan foydalanish imkonlarini ta’minlaydigan tubdan yangi yondashuvlar ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatdi.

Keksalarni qo‘llab-quvvatlash davlat tizimini yanada takomillashtirish maqsadida qariyalar va faxriylarni ijtimoiy himoyalash, ularning faolligini oshirish, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘laqonli ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasida katta avlod vakillarining rolini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 28 dekabr kuni «O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»'gi Farmon hamda «Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi Qarorning qabul qilinishi bu borada islohotlarning yangi bosqichga ko‘tarilishi bo‘ldi. Mazkur farmon va qarorda oqsoqollar, keksalar va faxriylarni ijtimoiy faoliyatga jalb etish, joylarda keksalar turmush sifatini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini qo‘llabquvvatlash, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda yolg‘iz va muhtoj keksalarga ijtimoiy va moddiy ko‘mak ko‘rsatish, «Nuroniy» jamg‘armasi markaziy apparatini, uning viloyat va tumanlardagi bo‘linmalarini moddiy qo‘llab-quvvatlash, «Nuroniylar maskani» komplekslarini yaratish, kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash va davolash uchun 2,8 million keksa YOSHdagi fuqarolarning barchasi ixtisoslashtirilgan tibbiy brigadalar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini ta’minlash, biriktirilgan patronaj hamshiralari tomonidan salomatliklari ustidan doimiy nazorat orqali keksa YOSHdagi fuqarolar orasida kasalliklar profilaktikasi choralarini kengaytirish, 15,5 ming yolg‘iz keksalarning turmush sifati va darajasini ularga shaxsiy ijtimoiy xodimlarni biriktirish orqali oshirish, keksa YOSHdagi shaxslarni to‘lovsiz asosda davolash va sog‘lomlashtirish ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga 20 ming va viloyatlardagi tibbiyot muassasalariga 215 mingdan ziyod, jami 178,9 milliard so‘m miqsoridagi orderlar ajratish ko‘zda tutilgan. Joylardagi barcha tibbiyot birlashmalari va muassasalarini, shuningdek, barcha viloyatlardagi onkologiya dispanserlarini umumiy mikdori 108,7 million AQSh dollariga teng bo‘lgan tegishli zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash, keksalar va nogironlarning 23 ta «Saxovat» va «Muruvvat» uy-internatlari moddiy-texnik bazasini umumiy miqdori 207 milliard so‘m hajmda mustahkamlash mazkur farmon va qaror ijrosida o‘z aksini topdi.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand qatlamlari himoyasini kafolatlash bugungi kunda mamlakatimiz oldida turgan ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilanmokda. Xususan, bu masala 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha X,arakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturida to‘la o‘z aksini topdi.

Dasturda keksa YOSHdagi aholi ijtimoiy faolligini oshirish va ularning jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish maqsadida 2017 yil davomida «Nuroniy» jamg‘armasi, «Mahalla» jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, «Oila» ilmiy-amaliy markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ishtirokida keksa YOSHdagi fuqarolarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida keng qamrovli ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, shuningdek, YOSH avlodni xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash ishidagi rolini oshirishga erishish nazarda tutildi. Mazkur tadbrflar uchun ijrochilar mablag‘lari hisobidan 200 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilmokda.

Aholining himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish, ularning sog‘ligini tiklash, sifatli tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish borasida bir qator salmoqli ishlar amalga oshirilishi rejalashtirildi. Ayniqsa, manzilli, hududlarda, chekka joylarda bu borada yirik loyihalarning amalga oshirilishi e’tiborga loyikdir.

2017 yil davomida 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari, nafaqaxo‘rlar, nogironlar, yolg‘iz qariyalar va aholining boshqa nochor qatlamlaridan kamida 35 ming nafarining sanatoriy muassasalarida bepul davolanishini tashkil etish uchun davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 18 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilmoqsa.

Birgina 2017 yilda nogiron shaxslarni protez-ortopediya vositalari, reabilitatsiya texnika va yordamchi vositalar bilan bepul ta’minlash yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash, ularni jamiyatga qaytarish maqsadida reabilitatsiya tadbirlarining samaradorligini oshirish maqsadida bepul asosda kamida 10 ming nafar nogiron va yolg‘iz qariyani protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Bu yo‘nalishda ishlarni amalga oshirish uchun byudjet va ijrochi mablag‘lar hisobidan 2,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilmoqsa.

Mustaqilligimizning ilk yillaridan boshlab, davlatimiz tomonidan inson salomatligini yanada mustahkamlash, sog‘lom insonlar safini kengaytirish, onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini keng omma o‘rtasida shakllantirish, oilada tibbiy madaniyatni oshirish, har bir shaxsning salomatligi o‘z qo‘lida ekanini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, sog‘lom jamiyatni tashkil etishga katta e’tibor qaratilgan. Bu borada 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonun, 1998 yil 10 noyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi t}lrisida»gi 2107-son Prezident Farmoni, 2011 yil 28 noyabrdagi «Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 1652-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori hamda 2015-2020 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash konsepsiyasini va chora-tadbirlar kompleksini ta’minlash to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining Qarori aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Fuqarolarning dam olish, sog‘lig‘ini qayta tiklash, sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini oshirish uchun infratuzilmani yaxshilash va jihozlash uchun 2017-2018 yillar davomida jami 49,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, mamlakatimiz bo‘yicha sanatoriylar, YOSHlar markazlari, suzish havzasi, o‘yingohlar, stadion, madaniyat va sport majmuasi barpo etilishiga yo‘naltirilmokda.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza etishga karatilgan muhim ijtimoiyiqtisodiy dasturlar qabul qilindi. Sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh etish asosida ona va bola sog‘lig‘ini asrash bo‘yicha dunyo e’tirof etayotgan milliy model yaratildi. Bolalar va o‘smirlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga, oilalarning moddiy va ma’naviy asoslarini mustahkamlashga, har tomonlama soglom farzandlarni shakllantirish, ularning salomatligini muhofaza qilishga katta e’tibor qaratildi. Chunonchi, ilk davlat mukofotlaridan biri «Sog‘lom avlod uchun» ordeni ta’sis etilishi ham ramziy ma’no kasb etdi. Respublikamizda mustahkam oilada sog‘lom turmush tarzini barqarorlashtirishga qaratilgan barcha sa’y-harakatlarimiz islohotlarimiz strategiyasiga mos bo‘lib, kelgusida yurtimizda tinchlik-totuvlik hamda taraqqiyotga, YOSH oilalarning mustahkamligiga qo‘shilgan hissa bo‘ladi.

Yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy maydondagi faolligini yangi bir pogonaga ko‘tarish maqsadida 2004 yili O‘zbekiston Respublikasining saylov qonunchiligiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, siyosiy partiyalardan vakillik organlari hamda parlament deputatligiga nomzod ko‘rsatish jarayonida xotin-qizlar uchun 30 foizli kvota joriy etildi.

Ayollarning 13 nafariga «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni, 64 nafariga «Nihol» mukofoti berilgan bo‘lsa, ular Konstitutsiyaviy sud tizimida 20 foizni, Oliy sud sohasida foizni, ishlab chiqarish tizimida 42,8 foizni, qishloq xo‘jaligida qariyb 43 foizni, ta’lim, madaniyat va ilm-fan sohasida 72,9 foizni, sog‘liqni saqlash tizimida 75,3 foizni tashkil etadi. Bundan tashqari, xotin-qizlar tomonidan 300 dan ortiq doktorlik, 3 mingga yaqin nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 4 martda, Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasidagi mamlakatimizning etakchi xotin-qizlar vakillari bilan uchrashib, ularni, butun yurtimiz ayollarini bayram bilan tabriklab, mamlakatimizda mustaqillik yullarida xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilib, bu boradagi dolzarb vazifalarga atroflicha to‘xtab o‘tdi. Prezidentimizning O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyati samaradorligini oshirishga karatilgan qarori bu yo‘ldagi katta amaliy qadam bo‘ldi.

2.Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlashning muhim va samarali omili bo‘lgan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmokda. 2017-2021 yillarda ayollar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish, korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan ayollar salomatligini mustahkamlash maqsadida kelgusida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida «Sog‘lom ona sog‘lom bola» shiori ostida an’anaviy mintaqaviy «Ayollar sport festivali», «Sog‘lom avlod uchun» kubogi uchun suzish, sinxron suzish, suvga sakrash, gimnastika, badiiy gimnastika, sport raqsi va gimnastikasi kabi sport musobaqalari hamda boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.

Mamlakatimizda ayollar bandligini ta’minlashga qaratilgan dasturlar asosida yaratilayotgan ish o‘rinlari yildan-yilga ortib bormokda. Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasida mamlakatimiz erishayotgan yutuqlar, ayniqsa, uy mehnatini rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar diqqatga sazovor. Bu, o‘z navbatida, ayollarning oila moddiy farovonligiga munosib hissa qo‘shishlariga, shu bilan birga, farzand tarbiyasi bilan bevosita shug‘ullanishlariga imkon beradi.

Mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, aholi va davolash muassasalarini sifatli, xavfsiz va arzon dori-darmon vositalari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ziyod farmatsevtika korxonasi faoliyat ko‘rsatib, ular tomonidan 2 mingdan ortiq turdagi dori-darmon vositalari ishlab chiqarilmoqsa. Shuningdek, dori vositalarini ishlab chiqarish va ular bilan aholi hamda davolash-profilaktika muassasalarini ta’minlash maqsadida mazkur sohadagi ishlarni tashkil etishning mustahkam huquqiy asoslari barpo etildi. Iigirmadan ortiq qonun, bir yuz yigirmadan ziyod me’yoriy-huquqiy hujjatlar bu yo‘nalishdagi ishlarni tartibga solishda muhim huquqiy asos bo‘lmoqda.

Aholi va tibbiyot muassasalarining arzon va sifatli dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanganlik darajasini yanada oshirish, ularning narxini belgilash bo‘yicha ochiq-oshkora mexanizmni joriy etish, mamlakatimizda arzon va sifatli preparatlar bo‘lishiga qaramasdan tashxis quyish va davolash standartlarida ko‘zda tutilmagan hamda asosan qimmat import dori-darmon vositalarini tavsiya etish kabi nomaqbul amaliyotning oldini olish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Prezident Sh.Mirziyoevning 2016 yil 31 oktyabrdagi «Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi' PQ-2647-son qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirish, xalqimizni arzon va sifatli dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash darajasini oshirishda muhim dasturulamal bo‘lmoqda.

3.2017 yil 7 fevralda O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoev tomonidan qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-son Farmonning 4-bandida «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi. Mazkur Farmonning 1-bandi bilan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega YOSHlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish, YOSH avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish, bolalar va YOSHlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, YOSHlarni ijtimoiy himoya qilish, YOSH oilalar uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish, YOSHlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari, YOSHlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «YOSHlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish» deb nomlangan alohida band (4.5-band)da aks ettirildi va ijtimoiy sohani rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlaridan birining tarkibida o‘z ifodasini topdi.



O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoevning tashabbusi bilan «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb atalgan 2017 yilda YOSHlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish borasida jiddiy ishlar qilinishi 25 ta topshiriqning bajarilishi aniq qilib belgilab qo‘yildi.

Ma’lumki, 2016 yilning 14 sentyabrida O‘zbekiston Respublikasining 33 moddadan iborat «YOSHlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi O‘RQ-^Yu6-son Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonunning qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 20 noyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida YOSHlarga oid davlat siyosatining asoslari 1o‘g‘risida»gi 429-XP-son Qonuni o‘z kuchini yo‘qotdi. Qonunlarni qabul qilish masalaning bir jihati bo‘lsa, ularni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish uning boshqa bir jihatidir. Shu o‘rinda «YOSHlarga oid davlat siyosati» tushunchasi nimani anglatishini bilib olishimiz lozim. YOSHlarga oid davlat siyosati deganda, davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda YOSHlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasining «YOSHlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonuni 6-moddasining 1-qismida «YOSHlarga oid davlat siyosati davlat dasturlari, hududiy va boshqa dasturlar asosida amalga oshirilishi mumkin», deb belgilab qo‘yilgan. O‘sha modsaning ikkinchi qismida «Davlat dasturlari, hududiy va boshqa dasturlar YOSHlarni ijtimoiy kullab-kuvvatlash, YOSH fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy huquqaari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ro‘yobga chiqarishni ta’minlaydigan zarur shart-sharoitlarni yaratish, jamiyat hayotidaularningo‘rni va faolligini oshirish, soglom va barkamol YOSH avlodni tarbiyalash maqsadida ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi», deyiladi. Shundan kelib chiqib, 2017 yilda YOSHlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida tasdiqlanadigan mazkur dastur doirasida YOSHlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimga ega bo‘lgan vatanparvar YOSHlarni tarbiyalash, ularda turli mafkuraviy taxdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish, iqtidorli YOSHlarni qo‘llab-quvvatlash, ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, YOSHlarni ijtimoiy himoya qilish, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Mazkur dasturning ijrosi bo‘yicha davlat hokimiyati mahalliy organlarining mutasaddi xodimlari YOSHlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi ijrosini joylarda sifatli ta’minlashga qaratilgan bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladigan davra suhbatlari va seminarlar o‘tkazadi. Bunday ishlarni butun yil davomida amalga oshirish lozim bo‘ladi.

Shu o‘rinda «YOSHlar» tushunchasining yuridik mazmuniga to‘xtalib o‘taylik. Xo‘sh, YOSHlar deganda qonun hujjatlari kimni nazarda tutadi? «YOSHlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonunning 3-moddasiga muvofiq, «YOSHlar (YOSH fuqarolar) o‘n to‘rt YOSHga to‘lgan va o‘ttiz YOSHdan oshmagan shaxslar»dir. YOSH oila deganda, er-xotinning ikkisi ham o‘ttiz YOSHdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga etkazayotgan o‘ttiz YOSHdan oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan, nikoxdan ajralgan, beva erkak (beva ayol) tushuniladi. YOSH mutaxassis deganda, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini bitirgan, ta’lim muassasasini bitirganidan so‘ng olgan ixtisosligi bo‘yicha uch yil ichida ishga kirgan va ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan ixtisosligi bo‘yicha ishlayotganiga uch yildan ko‘p bulmagan o‘ttiz YOSHdan oshmagan xodim tushuniladi. YOSHlar tadbirkorligi deganda esa, yuridik shaxs tashkil etmagan holda YOSH fuqarolar tomonidan, shuningdek, ta’sischilari YOSH fuqarolar bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.

«YOSHlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonunning 5-moddasida YOSHlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan. Ana shunday yo‘nalishlardan biri sifatida YOSH oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish vazifasi belgilangan.

Qonunning 9-moddasida YOSHlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar tizimiga ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari, davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari, madaniyat va sport ishlari bo‘yicha organlar, mehnat organlari, prokuratura organlari, ichki ishlar organlari, adliya organlari, mudofaa ishlari bo‘yicha organlar kirishi bilan bir qatorda, bu borada boshqa organlar va muassasalar ham qonun hujjatlariga muvofiq ishtirok etishi mumkinligi belgilab berilgan. Shundan kelib chiqib, YOSH oilalarni qullab-quvvatlash va uy-joy bilan ta’minlash maqsadida hududlarda «Kamolot» uylarini qurish va imtiyozli kredit asosida faol YOSHlarga taqdim etish vazifasi belgilandi. Bunday uylar loyiha-smeta hujjatlari asosida tijorat banklari kreditlari evaziga quriladi. Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan YOSH oilalarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular zamonaviy uyjoylar bilan ta’minlanadi va ularga uzoq muddatli ipoteka kreditlari ajratiladi.

O‘zbekiston Prezvdentining xalqimiz 5ftasvda, ayniqsa YOSHlar orasvda kitobxonlik an’anasini yanada jonlantirish, kitob mutolaasiga keng e’tibor qaratish bo‘yicha amalga oshirayotgan sa’y-harakatlari diqqatga sazovordir. Ana shu yo‘lda 2017 yilning sentabr oyida o‘quvchi YOSHlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash maqsadida ta’lim muassasalarida «Men sevib o‘qigan kitob» va «Eng yaxshi kitobxon» tanlovlari tashkil etiladi. Buning uchun byudjetdan tashqari mablag‘lar va xayriya mablag‘lari hisobidan 160 million so‘m ajratish ko‘zda tutilgan. Bunday tadbirlar vositasida o‘kuvchi YOSHlar turli yot goya va mafkuralardan himoya qilinadi, ularning mafkuraviy immuniteti mustahkamlanadi hamda jamiyatda yuksak ma’naviyatni qaror tontirishga hissa qo‘shiladi.

2017 yil davomvda aholi, ayniqsa, YOSHlarning intellektual va ma’naviy ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish maqsadida «Adabiyotga e’tibor ma’naviyatga, kelajakka e’tibor» shiori ostida Respublika «Kitob bayrami» an’anaviy tadbiri va uning doirasida «Kitob millatning bebaho ma’naviy va madaniy merosi» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya va «Bolalar kitoblari» an’anaviy respublika festivali tatikil etiladi va o‘tkaziladi. Har bir tuman markazvda kitob do‘konlari ochiladi va ular yangi asarlar bilan boyitiladi. 40 ga yaqin nomdagi o‘zbek mumtoz va hozirgi zamon adabiyoti, jahon mumtoz adabiyoti durdonalari nashr etiladi va hududlarda, xususan, respublika axborot-resurs markazlarida ularning taqdimoti o‘tkaziladi. Bunday ezgu ishlarni amalga oshirishdan adabiyot orqali xalsma’naviyatini yuksaltirish, oilaviy kitobuqish an’analarini keng targib qilish, yozuvchi va kitobxon o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirish, yoitarni intellektual rivojlangan va ma’nan barkamol qilib voyaga etkazishda kitobning o‘rni va ahamiyatiga, kitob mutolaasi madaniyatiga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish

maqsad qilib olingan.

O‘sib kelayotgan avlodning kitob va boshqa bosma mahsulotlarga qiziqishini o‘stirish maqsadida O‘zbekiston xalqining madaniy-ma’rifiy merosi, tarixi bo‘yicha adabiyotlar chiqaruvchi nashriyot uylari, bosmaxonalar, asar mualliflariga soliq va boshqa preferensiyalar taqdim etiladi, iqtisodiy rag‘batlantirish choralari ko‘riladi.

YOSHlarni ona Vatanimizga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda san’atga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yoritish maqsadida butun yil davomida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va bir qator vazirliklar tashkilotchiligida yurtimizning chekka hududlarida Badiiy akademiya tizimi tashkilotlari va ta’lim muassasalari hamkorligida xalqrassomlari, xalqustalari bilan bolalar, YOSHlar vaularning ota-onalari uchun «Bunyodkor xalqim bilanmuloqot ijodim ilhomi» mavzusida maxorat darslari va ijodiy uchrashuvlar tashkil etiladi.

2017 yilning birinchi choragida 2016/2017 o‘quv yilining 450 ming bitiruvchisi bilan 200 ming korxona va tashkilot, shuningdek, bir qancha ta’lim muassasalari ma’muriyati o‘rtasida to‘rt tomonlama shartnomalar tuziladi, 803 ta ixtisoslashtirilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bevosita kasb-hunar kollejlarida o‘tkaziladi, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan talabalarga 360 milliard so‘m imtiyozli kreditlar ajratiladi, nogiron va kam ta’minlangan oila farzandlari bo‘lgan kollej bitiruvchilari uchun 50 mingta ish o‘rinlari band qilinadi (kvotalanadi). O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan bunday vazifalarni belgilashdan maqsad YOSHlarni kasb tanlashga yo‘naltirish, 5fta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, bitiruvchilarga ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tashlari uchun korxona va tashkilotlar belgilash va ularni ishga joylashtirishga ko‘maklashishdan iborat.

YOSH avlodni tarbiyalash, uning ma’naviyati va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. Bu chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:

«Biz-Vatanga tayanchmiz», «Bizning eng katta tayanchimiz va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz-YOSHlar» degan shiorlar ostida aksiyalar tashkil etish;

«Adabiyot va san’at shaxs ma’naviyatini boyitish va yuksaltirish omili» mavzusida yozuvchilar, shoirlar, san’atkorlar, adabiyotshunos olimlar ishtirokida uchrashuvlar tashkil etish;

badiiy adabiyotlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish, axborot-resurs markazlarini yangi kitoblar bilan boyitish;

«Oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligi» mavzusida axborot va metodik materiallar tayyorlash;

Vatanimiz ravnaqini ta’minlashda YOSHlarning mas’uliyatini oshirishga qaratilgan «Eng buyuk jasorat ma’naviy jasoratdir» mavzusida davra suhbatlari tashkil etish;

YOSHlar ongiga tahdid soluvchi axborot xurujlarining oldini olish, YOSHlarda Internet va boshqa axborot resurslaridan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan seminar-treninglar tashkil qilish;

«Fuqarolik jamiyatida shaxs tarbiyasi va unda oila institutining o‘rni» mavzusida anjuman o‘tkazish.

2017 yil uchun belgilangan vazifalar qatorida Vazirlar Mahkamasining kirish sinovlarida chin etim, etim va nogironlarga imtiyozlar yaratish, pedagoglarning ilmiy, uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlari samaradorligini oshirishni ko‘zda tutuvchi qarorini qabul qilish ham bor. Mazkur qarorni qabul qilish asosida to‘liq davlat ta’minotidagi etim bolalar, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar hamda 1-guruh ko‘zi ojiz nogironlarga ta’lim olishda keng imkoniyatlar yaratiladi. Ularga oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda alohida davlat granti ajratgan holda, imtiyozlar belgilanadi, hududlarda ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha maqsadli qabul kvotalari tasdiqlanadi, pedagoglarning ilmiy, uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlari bo‘yicha faoliyatini soatlar miqdorisiz, ish turlari va mazmuni asosida lavozimlarga qo‘yilgan malaka talablariga muvofiq belgilanadi.

Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish lozim. Buning uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi «Ma’naviyat va ma’rifat» markazining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash kerak.

Xalqimizda «Yaxshi dam mehnatga hamdam» degan maqol bor. YOSH avlodni barkamol qilib voyaga etkazish davlat siyosati darajasidagi vazifalardan biri ekan, YOSHlarning, ayniqsa, talaba YOSHlar yaxshi hordiq chiqarishlari va mazmunli dam olishlarini ta’minlash maqsadida ko‘p va jiddiy ishlar amalga oshirilishi lozim. Ana shunday ishlardan biri bu Toshkent shahridagi Talabalar shaharchasida madaniy dam olish markazini tashkil etish va undan bepul foydalanishni yo‘lga qo‘yishdir. Bu ishlar investitsiya dasturi doirasida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

2017 yil yurtimizda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilindi. Bu borada YOSHlar bilan ham bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli davlat organlari va tashkilotlari izchil faoliyat olib borishlari kerak. Respublikada YOSHlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha vazirlik va idoralar rahbarlari bilan ijtimoiy tarmoqparda to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladigan ochiq muloqotlar tashkil etish maqsadga muvofikdir. Muloqotlar YOSHlar masalalari bilan shug‘ullanuvchi vazirlik va idoralar hamkorligida tashkil etilib, unda YOSHlar masalalariga oid savollarga tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan to‘liq javob beriladi.

Alohida ta’kidlash lozimki, uyushmagan YOSHlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun etarli shart-sharoitlar yaratilishi kerak. Bu maqsadda mahallalarda zamonaviy sport maydonchalarini barpo etish, uyushmagan YOSHlar o‘rtasida musobaqalar tashkil etish ($1gee1: $rog1) lozim. Agar jamiyat a’zolarining barcha qatlamlari, ayniqsa YOSHlar sport bilan muntazam shug‘ullansa, bu sog‘lom avlod to‘g‘risidagi maqsadlarimiz va intilishlarimizning hayotiy ifodasi demakdir.

Barchamizga yaxshi ma’lumki, mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga, YOSHlarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga yo‘naltirilgan uch bosqichli sport musobaqalari («Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada») yo‘lga qo‘yilgan. Mana shunday tadbirlar doirasida Jizzax viloyatida 2017 yilning may oyida «Barkamol avlod» sport musobaqalari o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan sport musobaqalari final bosqichi utkaziladigan ta’lim muassasalari ta’mirlanadi va jihozlanadi. Buning natijasida o‘quvchi YOSHlarning sog‘lom va barkamol bo‘lishlari uchun tegishli sharoitlar yaratiladi.

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavr yo‘nalishida to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan chin etim, Mehribonlik uyida tarbiyalangan va ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum qilingan, kam ta’minlapgan oilalardagi iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida «Ta’lim granti», «Kasaba uyushmalari stipendiyasi» loyihalari asosida stipendiyalar to‘lash butun yil davomida amalga oshirib boriladi. Ushbu ishlarni tashkil etish natijasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, iqtidorli talabalarga oliy ta’lim muassasasida ta’limni davom ettirish uchun imkoniyat yaratiladi hamda ularning harakati, bilimi va intilishi moddiy-ma’naviy jihatdan rag‘batlantiriladi.

Xalqimiz boy tarixga va milliy an’analarga ega. Milliy an’analarimiz va urfodatlarimiz orasida o‘zimizga xos va o‘zimizga mos bo‘lgan qator milliy o‘yinlarimiz mavjud. Ana shunday o‘yinlarimizni zamonaviy axborot texnologiyalariga chiroyli tarzda joylashtirsak va bundan YOSHlarimiz bush vaqtlaridan unumli foydalangan holda o‘z salohiyatini va qobiliyatini boyitish maqsadida foydalansa, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi. Ana shu maqsadda mobil Internet foydalanuvchilariga mo‘ljallangan, YOSHlarni yuksak axloqiy ruxda tarbiyalash, ularning intellektual salohiyati va ijtimoiy faolligini yanada oshirishga xizmat qiladigan milliy o‘yinlarni tashkil etish lozim. Buning natijasida YOSHlarning bo‘sh vaqtini foydali o‘tkazishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasidagi mobil Internet foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangan milliy o‘yinlar yaratiladi.

Yurtimizda ilg‘or YOSHlarni birlashtirgan «Kamolot» YOSHlar ijtimoiy harakati faoliyat yuritmokda. Mazkur ijtimoiy harakatning mablag‘lari hisobidan butun yil davomida mamlakatimizning har bir hududi markazida «Kamolot» kitob do‘konlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilangan. Bunday xayrli ishlar orqali YOSHlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlariga, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga erishiladi.

YOSHlar o‘rtasida madaniyat va san’at asarlariga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan hunarmandlik an’analarini targ‘ib qilish, YOSH avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash va kasb-hunarga qiziqishini oshirish maqsadida «Xalq amaliy san’ati YOSHlar qalbida» xalqaro amaliy san’at ko‘rgazmasini o‘tkazish belgilangan. Iqtidorli YOSHlarni izlab tonish, ularni rag‘batlantirish, ijodiy salohiyatini yuksaltirish va katta sahnalarga olib chiqish, YOSHlar e’tiborini musiqa va san’atga qaratish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish, YOSH iqtidorli ijodkorlarni izlab topish va ularning ijodini rag‘batlantirish, YOSHlarni Vatanga muhabbat, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat va fidoyilik ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi «Bahor nafasi» xalqaro san’at festivalini, «Musiqaga chorlaydi, YOSHlar!» madaniyat haftaligini, «Seni kuylaymiz, zamondosh!» O‘zbekiston teatrlarining IV Respublika ko‘rik-festivalini, «Onam aytgan allalar» festivalini, «YOSHlik bahori» respublika YOSH opera ijrochilari festivalini, «Sozlar navosi» xalq cholg‘ulari ijrochilari respublika tanlovini va YuNESKO reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan «Shashmaqom», «Askiya», «Palov» va boshqa nomoddiy madaniy meros namunalari buyicha «O‘zbek madaniy merosi jahon nigohida!» nomli festivalni o‘tkazish 2017 yilning eng muhim va yirik madaniy tadbirlaridan deb hisoblanishga loyiq tadbirlardir.

Mana, bir necha yillarki, yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Nihol» mukofoti saralash bosqichlari va uni tantanali ravishda topshirish marosimi yuqori saviyada o‘tkazib kelinadi. Bunday tadbir 2017 yilda ham bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbirning bosh maqsadi ijodiy salohiyatga ega va iste’dodli YOSHlarni ro‘yobga chiqarish, kashf etish, san’at olamiga kirib kelayotgan YOSHlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Turli sohalarda mehnat qilib, xalqimiz hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘lgan zamon qahramonlari faoliyati to‘g‘risida hujjatli filmlar yaratish, ular bilan muntazam ravishda adabiy kechalar utkazish doimo diqqatimiz markazida bo‘lib kelgan. O‘z kasbi bo‘yicha yuksak natijalarga erishgan turli soha vakillari faoliyatini targib qilish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yoritish, ularni YOSHlarga namuna sifatida etkazish va keng targ‘ib qilish muhim ahamiyatga ega.

YOSHlar o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish, ularga tibbiy ko‘rikdan doimiy o‘tiitning ijobiy tomonlarini tushuntirish maqsadida ta’lim muassasalari, mahallalar hamda tibbiyot punktlarida «Salomatlik kunlari»ni tashkil etish belgilangan. Bu tadbirlarning amalga oshirilishi aholi, ayniqsa, YOSHlar orasida sog‘lom turmush tarzi shakllantirilishiga, ularning tibbiy madaniyati yuksaltirilishiga hissa qo‘shadi, YOSH avlodni sog‘lom va barkamol qilib voyaga etkazishda o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatadi.

Ota-onalarning pedagogik madaniyatini, farzand tarbiyasi borasidagi burch va mas’uliyatini oshirish maqsadida fuqarolar yig‘ini huzurida «Ota-onalar universiteti» faoliyatida foydalanish uchun uslubiy qo‘llanma va ko‘rgazmali materiallar ishlab chiqish, fuqarolar yigini xodimlari va faollari uchun «YOSH avlod tarbiyasida ota-onalar mas’uliyatini oshirish» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazish choralari belgilandi. Ushbu chora-tadbirlar barkamol avlodni huquqiy, ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda ota-onalarning savodxonligini oshirish, namunali, ibratli oilalar tajribasini ommalashtirishni, mavjud ibratli an’ana va qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishni ko‘zda tutadi.

YOSHlarimiz o‘rtasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish, axloqiy va media madaniyatni oshirishga qaratilgan uchrashuvlar, davra suhbatlari, treninglar, viktorinalar, tushuntirish tadbirlarini o‘tkazish, mahallalarda aholi va YOSHlar bilan terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashishga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etadi va bu borada ham tegishli vazifalar belgilandi.

Notinch oilalar farzandlari, uyushmagan YOSHlar, ish bilan band bo‘lmagan, «ommaviy madaniyat» ta’siriga tushib qolgan yigit-qizlarning xatti-harakatlarini nazoratga olishda ota-onalarning mas’uliyatini oshirish, kashandalik, alkogolli ichimliklar iste’mol qilish va boshqa illatlar profilaktikasiga oid tadbirlar, seminarlar o‘tkazish, buklet, plakat, ko‘rgazmali qo‘llanmalar chop etish, ko‘rsatuv va eshittirishlar tashkil kilish YOSHlarning «ommaviy madaniyat» ta’siriga qarshi immunitetini mustahkamlash, ma’naviy-axloqiy madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarziga, sog‘lom oila qurishga intilishlarini rag‘batlantirishni ko‘zda tutadi.


Nazorat savollari:


  1. O‘zbekistonda 2017-2021 yillarda aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish yo‘nalishlarini sanab bering.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi «Ish haqi, pensiya, nafatsa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-2753-son qarorining mazmun-mohiyatini aytib bering.

  3. 2017 yilda mamlakatimiz bo‘yicha nechta ish o‘rinlari tashkil etish ko‘zda tutilgan?

  4. O‘zbekistonda ishsizlik darajasi yuqori va mehnat bozorida vaziyat murakkab bo‘lgan nechta tuman mavjud?

  5. Erkin iqtisodiy zonalarning yangi ish o‘rinlarini tashkil etishdagi ahamiyatini tushuntirib bering.

  6. Qaysi sohalarda tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish hajmini yanada oshirish nazarda tutilgan?

  7. Xotin-qizlarning va kollej bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb silish, tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qanday tadbirlar amalga oshirish rejalashtirilgan?

  8. Mamlakatimizning qaysi shaharlarida ishsizlarni kasb-hunarga o‘tsitish markazlari barpo etiladi?


Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish