O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi Reja


-Mavzu: Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada islox qilishning ustuvor yunalishlari



Download 0,89 Mb.
bet7/39
Sana28.09.2021
Hajmi0,89 Mb.
#187685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39
Bog'liq
1-Mavzu O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuq

4-Mavzu: Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada islox qilishning ustuvor yunalishlari

Reja:

  1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudlarning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish

  2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash

  3. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish

  4. Yuridik yordam va xizmat kursatish tizimini takomillashtirish

Tayanch tushunchalar: Sud hokimiyati, sudlarning nufuzi, demokratlashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, yuridik yordam.


1. Sudyalar mustaqilligi tamoyili «Sudlar to‘g‘risida»gi qonun, Jinoyat-protsessual kodeksi, Fuqarolik-protsessual kodekslarida o‘z ifodasini topgan. qayd etish kerakki, sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq jazobgarlikka sabab bo‘ladi. Hech kim sudyalar va xalq maslahatchilariga tazyiq o‘tkazish m ma’lum bir ish qanday hal qilinishi lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berish huquqiga chgd emas. Ishning xolisona ko‘rib chiqilishiga to‘sqinlik qilish yoki noqonuniy qaror «ikarishga erishish maqsadida sudyalar va xalq maslahatchilariga har qanday ta’sir jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasida sudyalar mavqeini oshirish bo‘yicha sudya lavozimida o‘tishning ilk marotaba besh yillik, keyin o‘n yillik muddatini va shundan so‘ng mudtagtsiz davrini belgilash hamda sud raislarining sudyalarga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atishga oid vakolatini tugatish nazarda tutiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga ko‘ra, amaldagi sud kotibi lavozimi tugatilib, sudlarning tuzilmalariga sudya katta yordamchisi, sudya yordamchisi lavozimlarining kiritilishi kelgusida sudyalarni odil sudlov bilan bezosita bog‘liq bo‘lmagan vazifalardan ozod qilishga hamda sudyalar zaxirasining jakllanishiga xizmat qiladi.

Sudya lavozimida bo‘liiting eng yuqori YOSHini, ya’ni tuman va viloyat sudlari sudya lavozimlarini 65 YOSHgacha, Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xujalik sudlari sud’ya lavozimlarini 70 YOSHgacha belgilash ko‘zda tutiladi.

Shuningdek, sudyalarning alohida maqomini inobatga olgan holda, ularning mehnatiga haq to‘lash normalari va pensiya ta’minoti mexanizmini belgilash, shu jumladan, sudlar faoliyatini faqat byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibini, har yili respublika byudjetida qonunchilik va ijro hokimiyati organlaridan ajratilgan holda alohida qatorda belgilash tizimi joriy etiladi.

Sud hokimiyati sud tomonidan protsessual qoidalarga qatiy amal qilgan holda, protsessual va moddiy huquqni qo‘llash orqali o‘zining kompetensiyasiga tegishli bo‘lgan ishlarni hal etish uchun berilgan hokimiyat vakolatidir.

Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini mustahkamlash va sud himoyasining samaradorligini oshirish mamlakat sud-huquq tizimini isloh qilishning asosiy vazifalari bo‘lib, sudlarni har tomonlama mustaqil, o‘zini o‘zi moddiy-texnik jihatidan ta’minlash va moliyalashtirish darajasiga ko‘tarishni nazarda tutadi.

Mazkur vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentining umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnik jihatidan va moliyaviy ta’minlash sohasidagi vazifa va vakolatlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tasarrufiga o‘tkazish alohida o‘rin egallaydi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘grisida»gi PF-4966-son Farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti tashkil etildi, ularning shtat birliklari tasdiqlandi hamda uning asosiy vazifalari belgilab berildi.

Umumiy yurisdiksiya sudlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha sudlar uchun xonalar yoki alohida sud zali binolarini ajratish va sotib olish, kapital ta’mirlash ishlarini o‘tkazish, yagona axborot-kompyuter tarmog‘ini yaratish, umumiy yurisdiksiya sudlarini mebel jihozlari (stollar, stullar, shkaflar, seyflar, video-kamera), orgtexnika (shaxsiy kompyuterlar, fakslar, nusxa ko‘chiruvchi mashinalar, printer ko‘p funksiyali qurilma, telekommunikatsiya va aloqa vositalari) bilan ta’minlash, sudyalar uchun avtotransport sotib olish nazarda tutiladi.

Sudyalarga g‘ayriqonuniy tarzda ta’sir o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish. O‘tgan yillar davomida sudhuquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatni demokratlashtirishning tarkibiy qismi sifatida sudlarning xolisligi va mustaqilligini mustahkamlash, sudni hokimiyatning xolis, mustaqil tarmog‘i sifatida mustahkamlash, qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklari ishonchli himoyalanishini ta’minlash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirildi. Xususan, sud hokimiyatini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish, sudning mustaqilligini ta’minlash, uni sobiq tuzumda bo‘lgani kabi qatag‘on quroli va jazolash idorasi sifatidagi o‘sgan emas, balki inson va fuqaro huquk va erkinliklarini ishonchli himoya va muhofaza -tnshga xizmat qiladigan tom ma’nodagi mustaqil davlat institutiga aylantirishga qaratilgan keng ko‘lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Hokimiyatlar bo‘linishiga oid konstitutsiyaviy prinsipni izchil amalga oshirish kaksadida 2000 yil 14 dekabrda «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonun yangi tahrirda qabul snlnndi, shuningdek, bu davrda jinoyat-protsessual, fuqarolik-protsessual qonunchiligiga tegnshli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu esa o‘z navbatida, sud tizimini ijro etuvchi hokimiyat organlari nazorati va ta’siridan chiqarish imkonini berdi.

Ta’kidlash joizki, mustaqillik prinsipi sudlarga huquq beradi va shu bilan birga «xardan sud muhokamasini adolatli o‘tkazishni hamda taraflarning huquqlariga rioya galishni talab etadi.

Amaldagi qonunchilikka asosan sudyalarning daxlsizligi sud mustaqilligining muxim kafolatidir, daxlsizlik qonunga muvofiq ularning turarjoyiga, xizmat xozasnga, foydalanadigan transport va aloqa vositalariga, xat-xabarlariga, unga tegishli hujjatlarga ham taallukdidir. Shuningdek, sudyalar maslahatlashuvining lgr tutilishi va uni oshkor qilinishining taqiqlanishi sudyalar mustaqilligi, ulargkng beg‘arazligi va xolisligining eng muhim kafolatidir.

Bundan tashqari, sudyaga nisbatan jinoyat ishi faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh trokurori tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin. Sudya O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi mumkin emas.

Sudyalar mustaqilligining asosiy kafolatlari «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunda mustahkamlangan. Qonunning 67-moddasiga binoan:

ularni qonunda belgilangan tartibda sudyalikka saylash, tayinlash va sudyaliklan ozod qilish;

ularning daxlsizligi;

qaror chiqarish chog‘ida sudyalar maslahatining sir tutilishi va uni oshkor qilishni galab etishning taqiqlanishi;

sudga hurmatsizlik yoki muayyan ishlarni hal qilishga aralashganlik, sudyalar saxlsizligini buzganlik uchun javobgarlik;

sudyaga davlat hisobidan uning yuksak maqomiga munosib moddiy va ijtimoiy ta’minot berish ta’minlanadi.

Shuningdek, ushbu Qonunning 69-moddasiga muvofiq sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Muayyan ishni har tomonlama, to‘la va xolisona ko‘rishga to‘sqinlik qilish yoki g‘ayriqonuniy sud qarori chiqarilishiga erishish maqsadida sudyalarga qanday bo‘lmasin biron-bir tarzda ta’sir o‘tkazish qonunga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Resnublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha H,arakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi»ning ikkinchi yo‘nalishi qonun ustuvorligini va sudning chinakam mustaqilligini ta’minlash chora-tadbirlarini nazardatutadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF^-966-son Farmoni bilan sudyalar hamjamiyatining oliy organi hisoblanadigan va O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashadigan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi.

Sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga oshirilgan islohotlar sud hokimiyatining fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi roli va ahamiyatini oshirishga xizmat qildi. Sud tizimining demokratik asoslarini isloh qilish va yanada chuqurlashtirish, sud ishlarining adolatli va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash, fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish hamda sudlarning ixtisoslashuvini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy baza yaratildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 14 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasining sud tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-2682-son Farmoniga muvofiq 2001 yilning 1 yanvaridan boshlab mavjud umumiy yurisdiksiya negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlararo fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlari hamda Korakalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari tashkil qilindi.

Umumiy yurisdiksiya sudlarining faoliyatini yanada takomillashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 20 fevrallagi «Umumiy yurisdiksiya sudlarining ayrimlarini tugatish va qayta tashkil etish to‘risida»gi PF-3400-son Farmoni qabul qilinib, umumiy yurisdiksiya sudlarining u zilmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlarining yangilangan tuzilishi tasdiqlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan «2017-2021 yillardaO‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi» va Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi.

Davlat dasturining 58-bandida sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini musgahkamlash bo‘yicha xo‘jalik sudlari tizimida mintaqaviy apellyasiya sudlarini tashkil etish, fuqarolik, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar va xo‘jalik sudlarining vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish yo‘li bilan ma’muriy sudlarni tashkil etish, sudlar tizimida sudya yordamchisi lavozimini ta’sis etish bo‘yicha takliflar tayyorlash (asosan umumiy shtat birligi doirasida) bilan bog‘liq zarur vazifalar belgilab berildi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4966-son Farmoni qabul qilingani sud tizimi tuzilmasini tubdan isloh etishga, ular faoliyati samaradorligini oshirishga, sudlarni ixtisoslashtirishda muhim qadam bo‘ldi. Mazkur farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudini birlashtirish, fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudini tashkil etish; ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolarni, shuningdek, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarini, tuman (shahar) ma’muriy sudlarini tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlarning 159 ta shtat birligini qisqartirish va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining qo‘riqlash vzvodini tugatish; O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hay’ati, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlar shtat birliklarini sudyalar va harbiy sudlar xodimlaridagi harbiy xizmatchilar huquqiy maqomi, shu jumladan harbiy xizmatchilar uchun belgilangan huquq, imtiyoz va afzalliklar saqlanmagan holdaO‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimiga o‘tkazish; O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Harbiy hay’atini tugatib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atini tashkil etish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari etib o‘zgartirish; ishlarni birinchi instansiyada ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan 71 ta tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarini tashkil etish; amaldagi sud majlisi kotibi lavozimini tugatib, belgilangan umumiy shtat birligi doirasida sudlarning tuzilmalariga sudya katta yordamchisi, yordamchisi lavozimlarini kiritish ma’qullandi.

Bu, o‘z navbatida, kelgusida fuqarolar va tashkilotlarning buzilgan huquqlari va qopun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarining ixtisoslashtirilgan sudlar tomonidan himoya qilinishiga, ularni odil sudlovga bo‘lgan huquqlaridan foydalanishda qulayliklar yaratilishiga, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini yanada oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirishga xizmat qiladi.

Sudning mustaqilligi va beg‘arazligi, sud protsessi tomonlarining tortishuvi va teng huquqlik tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish. O‘zbekiston Respublikasining «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunining 67-moddasiga ko‘ra sudyalarning mustaqilligini ta’minlashda, ularni qonunda belgilangan tartibda sudyalikka saylash, tayinlash va sudyalikdan ozod qilish tartib-tamoyili alohida o‘rin tutadi. Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlaboq bu tartib-tamoyilni yanada rivojlantirish va takomillashtirish masalasiga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingunga qadar viloyat sudyalari va ularga tenglashtirilgan sudlarning sudyalari hamda tuman sudlari sudyalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri taqdimiga asosan tegishli viloyat xalq deputatlari kengashlari tomonidan saylanar edi. Konstitutsiya qabul qilinganidan so‘ng bu tartib o‘zgartirilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xujalik sudi sudyalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining takdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respubtikasi Oliy Majlisi, hozirgi vaqtda esa Oliy Majlis Senati tomonidan saylanishi gartibi joriy etildi. Viloyatlar, Toshkent shahar sudlari tumanlararo, tuman (shahar) g.dlari, harbiy sudlarning viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlarining sudyalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi sudyalarni tanlash va lavozimlarga gavsiya etish bo‘yicha Oliy malaka komissiyasining takdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanishi qonun hujjatlarida belgilab oyilgan. Barcha sudyalarning vakolat muddati besh yil etib belgilangan.

Qisqacha aytganda, Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi sudyalarning mustaqilligi va beg‘arazligini ta’minlash barobarida fuarolarning huquq va erkinliklari hamda ularning va yuridik shaxslarning qonuniy «anfaatlarini sud tartibida himoya qilish kafolatlarini kuchaytiradi, odil sudlovni shalga oshirishdan ko‘zlangan maqsadlarga erishish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Odil sudlovning eng dolzarb masalalaridan biri sud protsessida ishtirok etuvchi taraflarning teng huquqligi va tortishuv prinsipining amal qilishini ta’minlashir. Bu borada ham Davlat dasturida qator chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda -ugnlgan. Xususan, advokat vakolatlarini tergov va sud jarayonlarining barcha bosqichida «engaytirish, shu jumladan, advokat tomonidan ishni nazorat tartibida ko‘rib chiqish tashabbusi mexanizmlarini belgilash muljallanmoada. Darhaqiqat, amaldagi Jinoyat-protsessual kodeksining qator normalariga ko‘ra, jinoyat ishini ko‘rish protsessida ishtirok etayotgan prokuror, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va fuqarolik da’vogari hamda ularning vakillaridan farqli ravishda advokat dalil taqdim etish huquqiga ega emas. Advokat faqat dalil sifatida foydalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plashga va taqdim etishga haadi. Advokatga dalil to‘plash va taadim etish huquqining berilishi uning huquqlarini ishda ishtirok etuvchi boshqa taraflar bilan tenglashtirish barobarida unga o‘z himoyasida bo‘lgan shaxsning huquqi, erkinligi va qonuniy manfaatlarini yanada ishonchli himoya qilish imkonini beradi.

Sudgacha va sudda ish yuritishda advokat tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan masalalar bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlardan ma’lumotlar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni, ekspertlarning yozma xulosalarini, mutaxassislarning ma’lumot va maslahatlarini olish tartibining takomillashtirilishi advokatga o‘ziga yuklatilgan vazifani samarali amalga oshirishi, o‘z himoyasida bo‘lgan shaxs yoki ishonch bildiruvchining huquqlarini himoya qilishning qonunda nazarda tutilgan barcha uslublaridan foydalanishi uchun shart-sharoit yaratadi.

«Xabeas korpus» institutini qo‘llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish. «Xabeas korpus akt» yuridik qoidasi dastlab XV asrda Buyuk Britaniyada paydo bo‘lgan bo‘lib, keyinchalik o‘z tarraqqiyoti jarayonida Angliya Parlamenti tomonidan 1679 yil 26 mayda qabul qilingan qonunda mustahkamlab qo‘yilgan. Shuni aytish kerakki, «Xabeas korpus» instituti inson huquqi bilan bog‘liq qator xalqaro huqukiy hujjatlarda ham o‘z aksini topgan. Xususan, 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 8-moddasida «har bir inson unga Konstitutsiya yoki qonun orqali berilgan asosiy huquqlari buzilgan hollarda nufuzli milliy sudlar tomonidan bu huquqlarning samarali tiklanishi huquqiga ega» ekanligi mustahkamlab qo‘yilgan.

«Xabeas korpus» institutining O‘zbekiston Respublikasi jinoyatlarni ko‘rib chiqish protsessiga bosqichma-bosqich joriy qilinishi sudga qadar ish yuritishda fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan hukuq va erkinliklari daxlsizligini, ulardan sud qarorisiz mahrum qilishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emasligini mustahkamlovchi konstitutsiyaviy prinsipni to‘liq amalga oshirish imkonini beradi.

Keyingi 10 yil ichida mamlakatimizda amalga oshirilgan sud-huquq islohotlari jarayonida qamoqqa olish va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralarini, lavozimdan chetlashtirish va shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi majburlov choralarini qo‘llashning sud tartibi joriy qilindi. Ko‘rsatilgan protsessual majburlov choralarini sud tartibida qo‘llash belgilanishi surishtiruv va dastlabki tergov ishlarini yuritish ustidan sud nazoratini kuchaytirdi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, «ushbu vakolatlarning prokurordan sud organlariga o‘tkazilishi surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida sud nazoratini kuchaytirish, jinoyat protsessida «Xabeas korpus» institutini qo‘llash sohasini yanada kengaytirish imkonini beradi. Eng muhimi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida umume’tirof etilgan prinsinlar va xalqaro huquq normalarining amalga oshirilishini ta’minlaydi».

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasida «hech kim qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari birovning yozishmalari sirini oshkor qilishi mumkin emas». Pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish protsessual majburlov chorasini qo‘llashning sud tartibi o‘rnatilishi fuqarolarning ko‘rsatilgan konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirib, sudga qadar ish «getish bosqichida qonunda nazarda tutilmagan asoslar bo‘yicha fuqarolarning yozishmalari siri oshkor qilinishining oldini oladi.

Hozirgi kunda sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish odil sudlov kafolati hisoblanadi.

Shu boisdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4850-son1, 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-son farmonlarining qabul qilinishi sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini kengroq joriy etishni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tardi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturida ham 2017 yil 3-chorakda sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirilishi belgilab berildi:

Sudyalar o‘rtasida ishlarni avtomatik ravishda taqsimlash tartibini joriy qilish. Bu, o‘z navbatida, ishlarning sudyalar o‘rtasida teng va xolisona taqsimlanishi, ayni paytda ushbu ishga muayyan vaqtini sarflovchi sud raisining vaqtini tejash imkonini beradi. Ushbu tizim ayni vaqtda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Zangiota tumanlararo sudida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri esa ushbu tizimni respublikamiz miqyosida yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Sudlarda o‘z vaqtida elektron tarzda axborot almashuvini ta’minlovchi korporativ aloqani joriy etish, sud faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimini kiritish. So‘nggi yillarda fuqarolik va xo‘jalik sudlariga axborot tizimi orqali elektron shaklda murojaat qilish va xo‘jalik sudlari majlislarida videokonferensaloqa rejimida ishtirok etish imkoni yaratilgani quvonarli holat hisoblanadi. Lekin zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanayotgani hamda sudlarda ish hajmining yuqoriligi sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimini yanda keng joriy etishni talab etmokda. Bu holatda sudga murojaat kelib tushganidan toki hujjat bo‘yicha qaror qabul qilinib ijroga etib borguncha bo‘lgan barcha bosqichlarni avtomatlashtirish maqsadga muvofiqdir. Bu esa sudlarda elektron tarzda axborot almashuvini ta’minlovchi korporativ aloqani joriy etish orqali amalga oshiriladi.

Kelgusida sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish:

sudlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlaydi;

sudlarda elektron hujjatlar aylanishini tezlashtiradi;

sudlar faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, ishlash, tizimlashtirish va ‘ larning sakdanishini ta’minlaydi;

fuqarolar va tashkilotlarning elektron vositalar orqali sudga murojaat qilish gmkoniyatini yaratib, ularga ortiqcha xarajatlar sarflashning oldini oladi;

elektron vositalar orqali sud muhokamasi qatnashchilarini xabardor qilish va ularga sud hujjatlarini hamda boshqa xat-xabarlarni yuborish imkoniyatini yaratadi;

sud ishi yurituvi bilan bog‘liq pochta xarajatlari va boshqa xarajatlarni qisqartiradi;

sud ishi yurituvini elektron shaklda olib borish sud qarorlari va boshqa kerakli g-jjatlarni darhol qabul qilish yoki uzatish imkonini beradi, shuningdek, sudlarda * eg‘ozsiz hujjat aylanishini joriy etishga olib keladi.

sud ishi yurituvida elektron arxivlash tizimini yo‘lga qo‘yish imkonini betaln.




  1. Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko‘rib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va befarq munosabatda bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini ko‘rish. Bugungi kunda olib borilayotgan islohotlarning samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish borasida salmoqli sa’y-harakatlar olib borilmoqda.

Ushbu harakatlarning muhim yo‘nalishi sifatida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan 2017 yil yurtimizda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilindi va ushbu yilning asosiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, davlat organlarining fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlari yuzasidan yondashuvni tubdan qayta ko‘rib chiqish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.

Shu o‘rinda aytish joizki, o‘tgan yilning 24 sentyabridan boshlab dastlab Bosh vazir, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Mazkur qabulxonaga qilingan murojaatlar va ularning tezkor va sifatli hal etilishi jamiyatimizda shu paytgacha uchrab turgan murojaatlarni ko‘rib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va befark munosabatda bo‘lish holatlariga keskin chek qo‘yildi, desak, hech ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, qisqa davr ichida mamlakatimiz hududining eng olis joylaridan tortib, poytaxtimiz Toshkent shahrigacha turli-tuman masalalarda yig‘ilib qolgan muammolar tezkorlik bilan hal etilmokda. Fikrimizni quyidagi raqamlar ham tasdiqlaydi, xususan, 2017 yilning 20 fevraliga qadar Virtual qabulxonaga jami 509122 ta murojaat qilingan va bugungi kunda ushbu murojaatlardan 436408 tasi ko‘rib chiqilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrda qabul qilgan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni ana shunday masalalarni hal etishning zamonaviy usullarini hayotimizga tatbiq etishni nazarda tutishi bilan ahamiyatli.

Shu maqsadda farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, shuningdek, har bir tuman va shaharda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi tashkil etilishi belgilab qo‘yildi.

Ta’kidlash lozimki, bu aholining eng dolzarb muammolarini hal etish imkonini beradi, davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo‘jalik boshqaruvi organlari, barcha darajadagi hokimliklar bilan fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlikning samarali mexanizmini yaratishga asos bo‘ladi. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya etish imkoniyatlari kengayadi. Murojaatlar bilan ishlash sifati yangi bosqichga ko‘tariladi. Murojaatlarni e’tiborsiz qoldirish, ularning «yo‘qolib» qolishi, sansalorlik, murojaatni quyi idoralarga qaytarib yuborish va boshqa shu kabi holatlarning oldi olinadi.

Joylarda, tuman va shaharlarda O‘zbeknston Respublikasi Prezidentining Xalq kabulxonalari tashkil etilishi fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oliy Majlisga, Prezident devoniga, Hukumatga, davlat boshqaruvi organlariga, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, boshqa davlat tashkilotlariga va xo‘jalik boshqaruvi organlariga murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy hukuqlarining so‘zsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respubl ikasin ing «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga o‘zgartish va ko‘shimchalarda quyidagilar nazarda tutiladi:

murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqishning interaktiv usullarini kengaytirish;

murojaatlarn i kurib chiqish natijalarini nashr etib borish;

takroriy murojaatlarni kurib chiqish va hal etish, fuqarolarni sayyor qabul qilish xususiyatlari;

videvkonferensaloqa yordamida fuqarolarni masofaviy qabul qilishni tashkil etish;

«Xalq qabulxonasi» institutining umumiy qoidalarini btgipash;

«Ishonch telefonlari» orqalm murojaatni qabul qilish, ko‘rib chiqishning xuquqiy asoslari.

Bunda murojaatlarni qonunchilik doirasida to‘liq ko‘rib chiqish, xolislikka amal qilish va o‘z vaktida qanoatlantirish belgilab qo‘yildi.

«2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantaryshning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturida ham fuqarolarning murojaatlariga katta e’tibor qaratilgan bo‘lib, ushbu masala bo‘yicha quyidagi vazifalar belgilangan:

Birinchidan, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning yangi, samarali mexannzmlari va usullarini joriy etish maqsadida 2017 yilning II choragidayoq «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga kator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi nazarda tutilmoqda.

Ikkinchidan, 2017 yilning I choragida barcha huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari rahbarlarining virtual qabulxonalarini tashkil etish nazarda tutilgan. Hozirda ularning aksariyati virtual qabulxonalar tashkil etib, allaqachon o‘z faoliyatini boshlab yuborgan.

Uchinchidan, har bir davlat va xo‘jalik boshqaruvi organida hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha alohida bo‘lim (bo‘linma, guruh) tashkil etish va davlat organlari va muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutadigan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish belgilangan.

To‘rtinchidan, murojaatlarning kelib tushish manzili, quyi tizimlarga yuborilganligi, ularning mazmuni, turi va ko‘tarilgan masalalar klassifikatsiyasi hamda takroriy va anonim murojaatlar hisobi, ko‘rib chiqish natijasi, belgilangan tartib va muddatlarga rioya qilinishi, intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlik masalalari bo‘yicha tahlillar olib borish maqsadida «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari mas’ul ijrochilar va sohalar bo‘yicha taqsimlanishi hamda tizimlashtirilishini nazarda tutuvchi murojaatlarning yagona klassifikatori»ni ishlab chiqish va tasdiqlash, murojaatlarni ro‘yxatga olish tizimi bo‘yicha yagona elektron dasturni tatbiq etish ko‘zda tutilgan.

Beshinchidan, aholiga huquqiy masalalar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borishni faollashtirish, huquqiy maslahatlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida keng targ‘ib qilish maqsadida davlat organlari va jamoat tashkilotlari veb-saytlari orqali o‘z soha faoliyatining yo‘nalishlari bo‘yicha «Onlayn maslahat» ruknini tashkil etish belgilangan.

Oltinchidan, fuqarolarning murojaatlari eng ko‘p tushadigan sohalar, ulardagi to‘siqlar, fuqarolarni o‘ylantiradigan boshqa ehtiyojlarni aniqlash va bu boradagi muammolarni bartaraf etish maqsadida har bir davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida murojaatlar bilan ishlash ahvolini har chorakda umumlashtirish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining murojaatlar bilan ishlash borasidagi faoliyati bo‘yicha aholining fikrini o‘rganish, ijtimoiy so‘rov o‘tkazish, shu jumladan, Internet tarmog‘i orqali aniqlash va kamchiliklarni bartaraf etish tartibini kiritish nazarda tutilgan.

Yuqoridagi chora-tadbirlar fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko‘rib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va befarq munosabatda bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini ko‘rish uchun zarur tashkiliy va huquqiy asoslarning yaratilishi mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari kafolatlarini kuchaytiradi, aholining adolat qaror topishiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi, amaldagi qonunchilikka hurmati oshishiga xizmat qiladi.




  1. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ikkinchi yo‘nalishi «Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari»ga bag‘ishlangan bo‘lib, uning 2.4-bandida «Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish» masalasi nazarda tutilgan. Unda quyidagi ustuvor vazifalar belgilab berilgan:

jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish;

diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo‘yicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish;

korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish;

aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro samarali hamkorligini tashkil etish.

Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklariing oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4850-son Farmoniga ko‘ra, faoliyatni ish yakunlarining kompleks tahlili asosida rejalashtirish va tashkil etish, bunda e’tiborni avvalo huquqni qo‘llash amaliyoti va amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish orqali tizimli huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etishga qaratish masalasi belgilab berilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olishga mas’ul organlar o‘z vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat qonunga bo‘ysinib amalga oshiradilar.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar jinoyatchilikka qarshi kurash choralarini samarali bajarish va asosiy faoliyat yo‘nalishlarini kelishish asosida ta’minlash maqsadida o‘z faoliyatlarini muvofiqlashtiradi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish deganda tezkor-qidiruv faoliyatini, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlarning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish nazarda tutiladi.

Shu ma’noda, mazkur vazifani bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi va jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar faoliyatini muvofiqlashtirishning tartibi va mexanizmlari aniq belgilab beriladi.

Jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning mohiyati, maqsadi nimalardan iborat? Uning qanday shakllari mavjud? Muvofiqlashtirish bilan hamkorlikning farqi bormi?

• Muvofiqlashtirishning mohiyati. Umumiy maqsadga erishish yo‘lida jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar faoliyatini tartibga solish, samaradorligini yanada oshirish yo‘lida o‘zaro kelishib harakat qilish muvofiqlashtirishning mohiyatini belgilaydi. Modomiki, maqsad umumiy, ya’ni jinoyatchilikka qarshi kurashish ekan, demak, shu faoliyatni amalga oshiradigan organlar ishini muvofiqlashtirish shartmi? Hammasi ham yagona va umumiy maqsadga xizmat qiladi-ku? To‘g‘ri, lekin ularning har biri mustaqil holda o‘z vakolati doirasidagina o‘zlariga xos shakl va usullar bilan jinoyatchilikka qarshi kurashadi. Afsuski, jinoyat turlari shu darajada xilmaxilki, ularga qarshi samarali kurashish, oldini olish va yo‘l qo‘ymaslik mavjud butun imkoniyatni bevosita ishga solishni, barcha kuchlarni birlashtirishni talab qiladi. Aynan ana shu talabni jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar faoliyatini muvofiqlashtirish orqaligina amalga oshirish mumkin.

Ana shu tamoyillarga va asosiy yo‘nalishlarga rioya qilgan holda, jinoyatchilikka qarshi kurash samaradorligini ta’minlash maqsadida tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv hamda dastlabki tergovni amalga oshirish organlarining faoliyati muvofiqlashtirilib, huquqni himoya qiluvchi va nazorat organlari hamkorligi yo‘lga qo‘yiladi, davriy hamda uzoq muddatga mo‘ljallangan hamkorlikdagi chora-tadbirlar dasturlari, aniq yo‘naltirilgan rejalar tizimi ishlab chiqiladi, ularning to‘liq va sifatli ijro etilishini ta’minlashga qaratilgan muvofiqlashtiruvchi kengash qabul qilgan qarorlar ijrosiga jiddiy e’tibor qaratiladi va ijrosi ta’minlanadi. Har olti oyda tezkor-qidiruv va izlov ishlarining ahvoli, natijalari muvofiqlashtirish kengashlarida muhokama qilinib, faoliyatning samaradorligini oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi ta’minlab boriladi.

• Muvofiqlashtirishning maqsadi jinoyatchilikka qarshi kurash samaradorligini oshirishdir. Bu umumiy maqsad, tabiiy ravishda, barcha kuchlarni birlashtirishni, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatida bir-birini takrorlamaslikni, biri boshqasining funksiyasini bajarmasligini, muayyan aniq maqsad yo‘lida kuch hamda imkoniyatlarni birlashtirishni, ayni paytda har biri qonunchilikka qattiq rioya etgani holda qonun doirasida o‘z vazifasini malakali bajarishini taqozo etadi.

Shundan kelib chiqib, muvofiqlashtirishning asosiy maqsadi jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi tuzilmalarning o‘zaro bogliq va hamkorlikda harakat qilishini ta’minlash, jinoyatlarni tez, to‘la va har tomonlama aniqlash, tergov olib borish, jinoyatni ochish hamda vakolatli organlarga uning yuzaga kelish sabab va sharoitlarining oldini olishga qaratilgan choralarni ishlab chiqish hisoblanadi.

Muvofiqlashtirish, o‘z navbatida, jinoyatchilikka qarshi hamkorlikka kirishgan har bir organdan, uning rahbari va xodimlaridan (hamkorlik ishtirokchilaridan) yuksak kasbiy-professional malakani va amaliy teran tajribani talab qiladi. Bu, avvalo, sodir etilgan jinoyatning, uning sabablari va boshqa holatlarni mufassal o‘rganish, taxdil qila bilishda, sodir etilishi mumkin jinoyatlarni oldindan bilish. kaysi jinoyat qay darajada sodir etilishi mumkinligini bashorat qilish, bu borada tlplangan barcha tajribalarni ishga solish, jinoyatlarni aniqlash, tergov qilish. ochish. ular haqida ogohlantirish, ularning oldini olish bilan bog‘liq tashkiliy jarayonlar mexanizmini puxta o‘zlashtirish, ularni tergov-qidiruv amaliyotida samarali ko‘llash maxoratiga bog‘liq, albatta. Ana shundagina jinoyatchilikka qarshi kurash kutilgan natnjani beradi. Agar mazkur faoliyat boshqa davlat organlari, ilmiy-tadkikot \g> assasalari bilan hamkorlikda olib borilsa, shubhasiz, jinoyatlarning oldi tez olnnadn. ogohlantirish kutilgan natijani beradi, eng muhimi, huquqni muhofaza kiluvchn organlar ishini, shuningdek, jinoiy xatti-harakatlarga qarshi kurash faolnyatnni hukuqiy tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirishga qaratilgan yangp-yangn taklnflar yuzaga keladi. Ularni tergov-qidiruv faoliyatida ijodiy qo‘llash, hech shubhasiz, umumiy maqsadga xizmat qiladi.

• jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirishda quyidagilarga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiq:

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ular rahbarlarining birgalikda muvofiqlashtiruv kengashlarini tashkil etishlari;

Qayd etilgan organlarning jinoyatchilikka va ayrim turdagi jinoyatlarga qarshi kurash masalalari bo‘yicha o‘zaro axborotlar almashinuvi;

O‘zaro kelishilgan harakatlarni amalga oshirish maqsadida hamkorlikda mintaqalarga chiqish, quyi bo‘g‘indagi huquqni muhofaza qilish organlariga jinoyatchilikka qarshi kurashda yordam berish, mavjud ijobiy tajribalarni o‘rganish va boshqa hududlarda amaliyotga tatbiq etish;

Ko‘p epizodli va jamoatchilik e’tiborida bulgan aniq jinoyatlarni tergov qilish uchun tergov-tezkor guruhlar tuzish va tergovni tashkil etish;

Jinoyatlarni aniqlash va oldini olish maqsadida hamkorlikdagi maqsadli tadbirlar o‘tkazish, shuningdek, ularning sodir etilish sabablari va sharoitlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish;

Xodimlarning malakasini oshirishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning imkoniyatlaridan foydalanish, hamkorlikda seminarlar, konferensiyalar o‘tkazish;

Jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyati jarayonida ishtirok etayotgan xodimlar xavfsizligini ta’minlash uchun o‘zaro yordam ko‘rsatish;

Hamkorlikda buyruqlar, qo‘shma ko‘rsatmalar chiqarish, axborot xatlarini va boshqa tashkiliy-farmoyish hujjatlarini tayyorlash, hamkorlikda qullanmalar, byulletenlar (to‘plamlar) hamda boshqa axborot nashrlarini chiqarish;

Muvofiqlashtiruv faoliyatining o‘zaro kelishilgan rejalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ijrosini ta’minlash;

Mamlakatda amalda bo‘lgan jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etishga oid qonunlar va normativ hujjatlarning ijro etilish ahvoli bo‘yicha hamkorlikda hududlarga chiqib tekshirishlar tashkil etish;

Mintaqalarda jinoyatchilikka qarshi kurash dasturlariga kiritish uchun hamkorlikda takliflar ishlab chiqish.

Jinoyatchilik va sudlanganlik holati haqida o‘zaro axborot almashuv;

Jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda sud statistikasi ma’lumotlaridan va sud amaliyoti materiallaridan foydalanish;

Jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun loyihalarini hamkorlikda tayyorlash;

Hamkorlikda seminarlar, konferensiyalar o‘tkazish, tegishli mutaxassislarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining malakasini oshirishdagi ishtiroki;

Hamkorlikda axborot xatlarini, ma’lumotnomalarni, sharxdarni jo‘natish va boshqalar.

Sud raislari, sudyalar jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar rahbarlarining muvofiqlashtiruv kengashlarida kuzatuvchi sifatida yoki kengash ishtirokchilarini o‘z organi faoliyati bilan tanishtirish maqsadida qatnashishi mumkin.

Albatta, muvofiqlashtirishning ushbu shakllari to‘liq emas. Amaliyotda xodimlarning ish tajribasi, tashabbusi va izlanuvchanligidan kelib chiqib, hamkorlikda jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etishning yana boshka kator usullaridan foydalanish mumkin.

Yuqorida keltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida kuchli jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, aholi, ayniqsa, YOSHlar o‘rtasida terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq yot va zararli g‘oyalar ta’siridan ogohlantirish maqsadida mahalla fuqarolar yig‘inlari, korxona, muassasa va tashkilotlar, shu jumladan, ta’lim muassasalari doirasida targ‘ibot-tashviqot ishlari yanada takomillashtiriladi;

terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlar aksariyat hollarda Internet tarmog‘idan foydalanib sodir etilayotganini e’tiborga olib, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi samarali kurashish maqsadida milliy internet segmentini muhofaza qilish, Internet orqali terroristik va diniy ekstremistik tashviqot olib borishni cheklashni nazarda tutuvchi qopun hujjati ishlab chiqiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish.

Jinoyatchilikka qarshi kurash tizimini va inson huquqlarining ishonchli himoyasini yanada takomillashtirish, xalqning davlat hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash qonuniylikni ta’minlashning institutsional va huquqiy asoslarni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish samarali tizimini tashkil etish zaruriyatini namoyon etadi.

Xalqaro standartlarni hisobga olgan holda, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha huquqiy va institutsional asoslarni kelgusida takomillashtirish maqsadida 2017 yilning 4 yanvar sanasida O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi.

Ushbu qonunda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, vakolatli davlat organlari tizimi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat-notijorat tashkilotlarining, fuqarolar va ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishi, shuningdek, ushbu sohadagi xalqaro hamkorlik masalalari aks etgan.

Qonun bilan qamrab olingan chora-tadbirlar doirasi O‘zbekistonning siyosiy xohish-irodasi va korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining jiddiyligini tasdiqlaydi. Qonun yagona bir butunligicha barcha korrupsiyaga qarshi kurashish elementlarini o‘zida qamrab olgan.

Qonunga ko‘ra korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari kuyidagilardan iborat:

qonuniylik;

fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;

ochiqlik va shaffoflik;

tizimlilik;

davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;

korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi:

javobgarlikning muqarrarligi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unla ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiklashtnrnsh >"chun Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissnyasn tashknl etiladi. Idoralararo komissiyani shakllantirish va uning faoliyatn tartnbn O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.

Shunday qilib, O‘zbekiston antikorrupsion siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, korrupsiyaning oldini olish uchun institutsional bazani mustahkamlash maqsadida muhim qadamlarni tashlagan, desak, adashmaymiz.

Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida:

qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash;

davlat xizmati organlarining faoliyatida oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash;

jamiyatda korrupsiyaga nisbatan mutlaq murosasizlik madaniyatiga erishish;

xalqning davlat hokimiyati organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga erishiladi.

Aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, bu boradagi choratadbirlarni amalga oshirishda davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro samarali hamkorligini tashkil etish.

Huquqiy madaniyat saviyasi qabul qilingan qonunlar soni bilan emas, balki ushbu qonunlarning barcha darajalarda ijro etilishi bilan belgilanadi. Ushbu muhim ishda fuqarolarning qonunlarga va normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan chuqur hurmat hissini tarbiyalash alohida ahamiyatga egadir.

Bunda goyat muhim jihat jamoatchilikka davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari faoliyati haqida ma’lumot berish, davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlardan, birinchi navbatda, inson huquq va erkinliklari, fuqarolarning qonuniy manfaatlariga doir qarorlardan aholini keng xabardor qilib borish mexanizmlarini yanada takomillashtirish bilan bog‘lik.

Bugungi globallashuv zamonida jahon jamoatchiligini, xalqimizni xayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan yangilik va o‘zgarishlardan o‘z vaktida xabardor kilish, ayniqsa, fuqarolarning huquqiy axborotlar olishini keng ta’minlash, shu yo‘l bilan davlat va jamiyatga bo‘lgan o‘zaro munosabatlarini xolis va xakkoniy aks ettirish talab etiladi.

Ayniqsa, YOSHlarning huquqiy axborotga bo‘lgan ehtiyojini kondnrishda zamonaviy axborot vositalari imkoniyatidan keng foydalanish zarurligini inobatga olgan holda, huquqiy yo‘nalishdagi axborot tizimlari soni va sifatini oshirish. ularning foydalanish uchun qulayligi masalalari muhim ahamiyatga ega.




  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va boshqa barcha normativ-huquqiy hujjatlarida fuqarolarning munosib hayot kechirishlarini ta’minlash va insonparvar huquqiy demokratik davlat barpo etish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan. Buning uchun mamlakatimizda turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar davlat mulkini xususiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatiga har tomonlama ko‘maklashish, fuqarolarning xuquq va erkinliklarini himoya qilish, Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta’minlash yaqqol misoldir. Mazkur vazifalarni hayotga tatbiq etishda yuridik xizmat muhim rol o‘ynaydi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyingi qisqa davr ichida yuridik xizmat xodimlarining huquq va burchlarini tartibga solish, qonuniylikni ta’minlashda ularning roli va mas’uliyatini oshirish zaruriyatidan kelib chiqib, bir qator qonunlar va boshqa normativhuquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Respublikamizda bugungi kunga kelib, tegishli ravishda davlat ro‘yhatidan o‘tib, faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari 600 000 dan ortiqni tashkil etadi. Shundan yakka tartibdagi tadbirkorlar 230 000 ga yaqin, mikrofirma va kichik korxonalar 190 000 dan ziyod, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar 4 900 dan ko‘p, fermer xo‘jaliklari 160 000 dan ortiq, boshqa korxonalar 74 000 yaqindir. Yurtimizda shuncha tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat yuritar ekan, ular faoliyatida yuridik xizmat qay darajada ta’minlangan, degan savol tug‘iladi?

Bizga ma’lumki, tadbirkorlik sub’ektlari o‘z faoliyatini amalga oshirishda ular u yoki bu sohada albatta yuridik xizmat xodimining masalahatiga yoki uning yordamiga muhtoj bo‘lishi tabiiy hol.

Yuridik xizmatning shartnomaviy munosabatlarni huquqiy jihatdan ta’minlashni tashkil etish sohasidagi vazifalari va huquqlari O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviyhukuqiy bazasi to‘grisida»t Qonunida belgilab qo‘yilgan.

Mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash sharoitida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatida qonuniylikni mustahkamlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash sifatini yaxshilash, yuridik xizmatning roli va javobgarligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 24 avgustdagi 182-son qarori qabul qilindi va mazkur qaror bilan «Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati to‘grisidayagi va «Xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati to‘grisidayagi nizomlar tasdiqlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 22 noyabrdagi 244-son qarori bilan davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlarining, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini besh yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkazish va ularning malakasini oshirish mustahkamlab qo‘yildi. Yuridik xizmatga yordam ko‘rsatish maqsadida ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar kabul kilinib, bu sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 4 iyundagi «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari yuridik xizmatlari faoliyatining yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim sarorlarigao‘zgartirish va ko‘shimchalar kiritish to‘grisida» 149-son qarorining qabul qilinishi bu sohada muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Jamiyatda qonunchilikka rioya etilishida davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi, shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini amalga oshiradigan yuridik xizmatlari doimiy ko‘maklashib kelmokda.

Shu bilan birga, yuridik xizmatlarning xodimlari qonun buzilishining oldini olish hamda ular bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rish uchun etarli va ta’sirchan vakolatlarga ega emasliklari sababli ularning faoliyati kutilgan samarani, yuridik xizmatlarni tashkil etishning tartibi, ularning shtat birliklarini belgilash me’yor va mezonlarining mavjud emasligi turli davlat organlari va tashkilotlarida yuridik xizmatlarning tashkiliy shtat tuzilmasini oqilona belgilashni ta’minlashga imkon bermayapti.

Yuridik xizmatlar tomonidan huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va umumlashtirish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish ishlari samarali tashkil etilmagan. Mazkur sohadagi ishlar huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan aniqlangan kamchilik va qonun buzilishlarini bartaraf etishga qaratilgan choralarni ko‘rish bilan cheklanmokda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish, salbiy holatlarning to‘gri qonuniy echimini topish maqsadida Harakatlar strategiyasida bu masalaga alohida e’tibor qaratildi.

Davlat organlarining yuridik xizmati faoliyati samaradorligini oshirish, yuridik xizmat sohasini yanada takomillashtirish maqsadida 2017 yil 19 yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘grisida»tp PQ-2733-son Qarori qabul qilindi. Qarorda yuridik xizmatlar tomonidan huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va umumlashtirish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish ishlarini samarali tashkil etish, yuridik xizmat xodimlarining moddiy ta’minot darajasi, mazkur sohaga oliy yuridik ma’lumot va amaliy tajribaga ega yuqori malakali kadrlarni jalb qilish, yuridik xizmatlar ishining sifatini oshirishga qaratilgan ishlarni hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida qonuniylikni yanada mustahkamlash, demokratik va huquqiy islohotlarni amalga oshirishda yuridik xizmatlarning roli va javobgarligini izchillik bilan kuchaytirish kabi masalalar begilab ko‘yildi.

Ushbu Qarorga asosan davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlariga adliya organlari xodimlari uchun belgilangan martaba darajalarini berish, ko‘p yillik xizmat uchun ustamalarni to‘lash tartibini tatbik etish, yuridik xizmat xodimi sifatidagi mehnat staji xodim boshqa davlat organlari. shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga ishga o‘tganida martaba darajalari va ko‘p yillik xizmat ustamalarini to‘lash uchun mo‘ljallangan mehnat staji hisobga olinishi, davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlarining mazkur mutaxassislik bo‘yichauch yillik stajiga ega bo‘lgan xodimlari. lipenziya olish uchun advokat maqomiga ega bo‘lishga talabgor shaxs sifatida malaka imtixonida tegishli stajirovka o‘tmasdan ishtirok etish hukuqiga ega bo‘lishi, yuridik xizmat xodimlari har chorakda sudgacha va sud tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan mablagning 5 foizi, biroq eng kam oylik ish haqining 50 barobaridsh ko‘p bo‘lmagan miqdorda mukofotlanishi kabi masalalar belgilab qo‘yildi.

Mamlakatimizda amalda bo‘lgan yuridik xizmat, huquqiy ishlar va ularga uslubiy rahbarlik qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni rivojlantirishga davlatimizning konun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlari tomonidan katta e’tibor berilmokda. Shu bilan birga, ushbu qarorning mazmunidan kelib chiqib, sohani yanada rivojlantirish uchun bir qancha ishlar amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.

Birinchidan, yuridik xizmat faoliyatini tartibga solish maqsadida «O‘zbekistonda yuridik xizmat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qabul qilish, bu barcha mulk shaklidagi yuridik xizmat faoliyatini tartibga solishga xizmat qiladi;

Ikkinchidan, adliya organlari xodimlari, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatining malakali xodimlari tomonidan boshqa davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati YOSH xodimlariga, tadbirkorlik sub’ektlariga ularning malakasini oshirish maqsadida trening mashg‘ulotlari olib borishni (videokonferensiya yoki boshqa usullarda) hamda O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasini tashkil etish;

Uchinchidan, yuridik xizmat xodimlarini jahonning huquq sohasidagi etakchi oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirish va yuridik xizmat tuzilmalariga tajriba almashish uchun yuborish amaliyotini kengaytirish;

To‘rtinchidan, yuridik xizmat xodimlarining ijtimoiy ta’minotini yanada yaxntilash maqsadida imtiyozli (ipoteka, iste’mol, avtotransport va boshqalar) kreditlarni berish yo‘li bilan ularni rag‘batlantirish lozim.

O‘zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Advokatura to‘g‘risida»gi, «Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida»gi qonunlari, shuningdek, Jinoyat protsessual kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘grisidagi kodeks va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida advokatura instituti takomillashtirilishi nazarda tutilgan.

Jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va xo‘jalik ishlarining ko‘rilishida advokatning rolini kuchaytirish maqsadida quyidagi ishlar ko‘zda tutilmoqda:

Advokat tomonidan dalillarni to‘plash vaularni jinoyat ishi materiallariga ko‘shish mexanizmi takomillashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasi «Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida»gi qonunining 4-moddasida, «Advokatura to‘g‘risida»gi qonunining 6-moddasida advokatlar sudlarda, shuningdek, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqayotgan organlarda dalil sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan faktlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash huquqi egadirlar, deb belgilangan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 87-moddasida «himoyachi dalillar sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni: ishga taalluqli axborotga ega bo‘lgan shaxslarni so‘rovdan o‘tkazish hamda ularning roziligi bilan yozma tushuntirishlar olish; davlat organlariga va boshqa organlarga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga so‘rov yuborish hamda ulardan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar, tushuntirishlar va boshqa hujjatlarni olish orqali to‘plashga haqli» ekani qayd etilgan. Endilikda Harakatlar strategiyasi asosida advokatlarning dalillarni to‘plash va ularni jinoyat ishi materiallariga qo‘shish tartibi takomillashtiriladi.

Sudgacha va sudda ish yuritishda advokat tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan masalalar bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlardan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni, ekspertlarning yozma xulosalarini, mutaxassislarning ma’lumot-maslahatlarini so‘rash va olish tartibi aniqlashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasi «Advokatura to‘g‘risida»gi qonunining 6-moddasida, «Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida»gi qonunining 4-moddasida advokatlarning huquq va vakolatlari keltirilgan bo‘lib, ushbu huquqlarni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlarida aniq berilmagan. Masalan, «Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida»gi qonunining 4-moddasida «Muayyan ishni olib borishga advokatning vakolatli ekanligi order bilan tasdiqlanadi» deb keltiriladi. Advokatlar so‘rovnoma bilan davlat organlari, tashkilotlari yoki muassasalariga murojaat qilganida so‘rovnomaga advokatlik orderi ilova qilinmaganligi vaji bilan yuqorida keltirilgan qoidaga asoslanib, so‘rovnomani javobsiz qoldirish holatlari uchrab turadi. Shu kabi tushunmovchiliklarni bartaraf etish maqsadida Harakatlar strategiyasi asosida sudgacha va sudda ish yuritishda advokat tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan masalalar bo‘yicha davlat organi va tashkilotlardan ma’lumotnomalar, tavsifnoma va boshqa hujjatlarni, ekspertlarning yozma xulosalarini, mutaxassislarning ma’lumot-maslahatlarini so‘rash va olish tartibi aniqlashtiriladi.

Shuningdek, jinoyat protsessida tomonlarni yarashtirish tartib-taomilida advokat kuzatuvchi pozitsiyasida turishi, ya’ni, yarashuv to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud muhokamasida fikr bildirish bilan cheklanishi belgilangan. Endilikda Harakatlar strategiyasi asosida jinoyat protsessida tomonlarni yarashtirish tartib-taomilida advokatning faol ishtirokini ta’minlash orqali yarashuv tug‘risidagi ishlar bo‘yicha ish yuritishda advokatning roli oshiriladi.

Advokatlik litsenziyasi faoliyatini to‘xtatish, tugatishning sud tartibini bosqichma-bosqich joriy etish. «Advokatura to‘g‘risida»gi qonunda advokat maqomini to‘xtatib turish advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan amalga oshirilishi belgilangan. Shuningdek, advokatlik litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 44-moddasida har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.

Advokatlik litsenziyasi faoliyatini to‘xtatish, tugatish borasida sud tartibining bosqichma-bosqich joriy etilishi, shaxs huquq va manfaatlariga daxl qiladigan qarorlarning sud tartibida qabul qilinishini ta’minlab, advokatlarning huquqlari kafolatlanishiga olib keladi.

Advokatura institutini rivojlantirish, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va xo‘jalik ishlarini ko‘rib chiqishda advokatning o‘rnini oshirish.

«Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturi Advokatlik tuzilmalarining yangi tashkiliy-huquqiy shakllarini joriy etish, shu jumladan, xorijiy advokatlik tuzilmalariga hamda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga advokatlik faoliyati bilan shugullanish imkoniyatini yaratish. «Advokatura to‘grisida»gi qonunning 3-moddasida advokat tushunchasiga ta’rif berilgan. Unga ko‘ra, oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan va advokatlik faoliyati bilan shugullanish huquqini beruvchi litsenziyani belgilangan tartibda olgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi O‘zbekiston Respublikasida advokat bo‘lishi mumkin. Demak, qonunda faqat O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi advokat maqomiga ega bo‘lishi belgilab berilgan. Shuningdek, qonun advokatlik tuzilmalarini advokatlik byurosi, advokatlik firmasi, advokatlar hay’ati yoxud yuridik maslahatxona shakllarini nazarda tutadi.

Advokatlik faoliyatining samaradorligini oshirish, advokatlarga qulay sharoit yaratish maqsadida advokatlik tuzilmalarining yangi shakllarining huquqiy asosi yaratilib, advokatlarga yanada keng imkoniyatlar berilishi zarur.

Shuningdek, O‘zbekiston rezidenti va norezidenti bo‘lgan, O‘zbekiston hududida faoliyat yuritayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va manfaatlarining samarali himoyasini ta’minlash, tor doiradagi malakali xorijiy davlat fuqarolariga advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun keng imkoniyatlar yaratib berishni ta’minlash yo‘lida, xalqaro-huquqiy, fuqarolik-huquqiy va xo‘jalik-huquqiy masalalar bo‘yicha yuridik yordam ko‘rsatish maqsadida xorijiy fuqarolarga advokatlik litsenziyalarini berish tartibi joriy etiladi.

Tadbirkorlik sub’ektlariga huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi korporativ yuridik maslahatlar va yuridik konsaltinglarnirivojlantirish. «Advokatura to‘g‘risida»gi qonun advokatlik tuzilmalarining advokatlik byurosi, advokatlik firmasi, advokatlar hay’ati yoxud yuridik maslahatxona shakllarini nazarda tutadi. Yuridik maslahatni rivojlantirish maqsadida, qonun asosida ularning vakolat va huquqlari kengaytiriladi. Yuridik maslahatxonalar va yuridik konsaltinglar faoliyatini takomillashtirish maqsadida ularga soliq imtiyozlari beriladi.

Notariat va FHDYO organlari tizimini isloh qilish. Mamlakatimizda notarial faoliyat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Fuqarolik va Oila kodekslari, 1996 yil 26 dekabrda qabul qilingan «Notariat to‘grisida»gi qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining2010 yil 5maydagi «O‘zbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari to‘grisida»gi Farmoni bu sohadagi islohotlarning yangi davrini boshlab berdi. Ushbu farmonning ijrosini ta’minlash maqsadida Adliya vazirligining qator buyruqlari qabul qilindi va notariat sohasiga oid deyarli barcha Notarial idoralar faoliyatini avtomatlashtirish, barcha notarial bitimlar hisobini markazlashgan holda yuritish va idoralararo elektron hamkorlikni hisobga olgan holda, aholi va tadbirkorlarga notariat sohasida interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish.

Notarius lavozimiga nomzodlar uchun stajirovka muddatini qisqartirish. O‘zbekiston Respublikasi «Notariat to‘g‘risida»gi Qonunining 2-moddasiga asosan notarius lavozimiga nomzodlar uchun stajirovka muddati ikki yil qilib belgilangan. Lekin ayrim shaxslarga jumladan, sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoxud notarial faoliyatga rahbarlikni amalga oshiruvchi va ushbu faoliyatni nazorat qiluvchi lavozimlarda kamida uch yil ishlagan shaxslar uchun stajirovkani o‘tash muddati bir yilni tashkil etadi. Kelgusida ushbu muddatlar yanada qisqartirilishi nazarda tutilmoqda.

Notarius yordamchisiga hujjat nusxalari to‘g‘riligini tasdiqlash vakolatini berish. O‘zbekiston Respublikasi «Notariat to‘g‘risida»gi Qonunining 21-moddasiga ko‘ra, yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius yordamchisi bo‘lishi mumkin. Notarius yordamchisi, notariusning topshirigiga ko‘ra, notarial harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etishga, bitimlar, arizalar va boshqa hujjatlar loyihalarini tuzishga, hujjatlarning ko‘chirma nusxalari va dublikatlarini, ulardan ko‘chirmalarni tayyorlashga, shuningdek, notarial harakatlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berishga haqli. O‘zgartirishga asosan endilikda notarius yordamchisiga hujjat nusxalari to‘g‘riligini tasdiqlash vakolati berilmoqda. Bu notarius yordamchilariga o‘ziga tegishli bo‘lgan notarial harakat yuzasidan fuqarolarni shaxsan qabul qilish imkoniyatini beradi.

O‘zbekiston Respublikasi «Notariat to‘g‘risida»gi Qonunining 21modsasida notarius notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan stavkalar bo‘yicha davlat boji undirishi, notarius notarial harakatni amalga oshirish uchun o‘z ish joyidan boshqa joyga borganida manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaxslar uning haqiqatda qilingan transport xarajatlarining o‘rnini koplashlari, notariusga murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan notarius o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq undirilishi belgilangan. Endilikda davlat bojlari elektron tarzda to‘lanadi.

FHDYO organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish. Fuqarolar ishtirok etadigan fuqarolik, oilaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlarda huquqlarni amalga oshirish, himoya qilishni ta’minlashda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Qonun fuqarolarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoyalashni hamda davlat va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda, fuqarolar hayotidagi muhim voqealar tug‘ilish, nikoh tuzish, o‘lim va insonning muhim sub’ektiv huquqlari va majburiyatlarining yuzaga kelishi, o‘zgarishi va to‘xtatilishiga sabab bo‘ladigan boshqa holatlarning vakolatli organlarda qayd etilishini belgilaydi. Fuqarolik holatini qayd etish fuqarolarning huquq va burchlari paydo bo‘lishiga sabab bo‘lib xizmat qiluvchi hujjat (gerbli guvohnoma) berish uchun asos bo‘ladi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning ahamiyati shundaki, unga asosan FHDYO organi tomonidan berilgan guvohnoma va unda ko‘rsatilgan faktning to‘griligini tasdiqlovchi shaksiz dalil hisoblanadi.

Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari davlat ahamiyatiga molik hujjatlar hisoblanadi, ikki nusxada tuziladi va FHDYO organlarida qayd etilg‘an vaqtdan boshlab 75 yil mobaynida saqlanadi. Masalan, nikoh qayd etilgan haqidagi guvohnoma bu nikohdan o‘tgan shaxslarning er-xotinligini tasdiqlovchi va ular o‘rtasida o‘zaro huquq va majburiyatlarning vujudga kelganini ifodalovchi hujjat bo‘lsa, nikoxdan ajralganlik haqida guvohnoma nikohda bo‘lgan shaxslarning nikohi tugatilganini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Fuqarolik holati hujjatlaridan biri bo‘lgan nikoh tuzish va nikohdan ajralish bo‘yicha statistik ma’lumotlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, mamlakatimizda 2016 yilda FHDYO tomonidan 275 mingta nikoh va 29,4 mingta nikoxdan ajralish holatlari qayd etilgan. Bu esa, o‘z navbatida, fuqarolarning mulkiy va shaxsiy huquqlariga taalluqli bo‘lgani bois mazkur fuqarolik holati hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri qayd etilishini talab qiladi.

Nikoh tuzish ixtiyoriy bo‘lib, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi. Buning uchun bo‘lajak er-xotin o‘z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Nikoh tuzishga majbur qilish taqiqlanadi. Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas. Nikoxdan ajralish yuridik fakt bo‘lib, er-xotinlik munosabatlarining tugatilishini anglatadi va sud tartibida hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida amalga oshiriladi.

Mavjud voqelik fuqarolik holati hujjatlarini qayd etishda FHDYO organlari faoliyatini takomillashtirishni kun tartibiga qo‘ymokda. Bugungi kunda FHDYO organlari tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘ta dolzarb masalalardan biridir. Chunki, hozirgi kunda fuqarolik holati hujjatlariga doir ma’lumotlar nafaqat bir tizim doirasida, balki bir necha davlat organlari, idoralar, tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatish, ma’lumotlar almashishga ehtiyoj mavjud. Bugungi kunda fuqarolik holati hujjatlarini nafaqat qog‘oz shaklda, ayni vaqtda elektron hujjat ko‘rinishida ma’lum muddat (ayrim hollarda uzoq muddat) saqlash, inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, turli tuzilmalar bilan tez axborot almashish va qulaylikka erishish uchun FHDYO organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish belgilandi.

Huquqni qo‘llash amaliyotiga murojaat qiladigan bo‘lsak, masalan, nikohni qayd etishni so‘rab fuqaro FHDYO organiga ariza bilan murojaat qiladi. Bunda FHDYO organi tomonidan Oila kodeksi 16-moddasida belgilangan koidalar asosida nikohlanuvchi shaxslarning loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs bo‘lsa, ular o‘rtasida nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Nikohlanuvchi shaxs esa boshqa hududda yashaydi va u sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lishi mumkin. FHDYO organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish ushbu masalani samarali hal qilishga imkon beradi.

Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organlari tizimini isloh etish, bu borada qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish fuqarolik-huquqiy va xo‘jalik nizolarini oldini olishga qaratilgan institut sifatida notarial idoralarni yanada rivojlantirishga, aholiga qulay va sifatli huquqiy yordam ko‘rs atil i shiga, notarial idoralarni malakali mutaxassislar bilan to‘ldirishga, notarial idoralar va FHDYO organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etishga xizmat qilishi shubhasiz.
Nazorat savollari:


  1. O‘zbekiston Respublikasi sud tizimining ixtisoslashuvini yanada takomillashtirishning yangi bosqichida qanday islohotlar amalga oshirilmoqda?

  2. Sud tizimida bo‘g‘in va instansiya tushunchalarining o‘zaro bog‘liq va farqli jihatlari nimalarda namoyon bo‘ladi?

  3. Sud hokimiyatining mustaqilligi prinsipini sudyalarning mustaqilligi bilan bog‘lab tushuntiring.

  4. Sud’yalarga g‘ayriqonuniy tarzda ta’sir o‘tkazganlik uchun javobgarlikning mazmunini yoritib bering.

  5. Tadbirkorlik sub’ektlari huquq va manfaatlarini himoya qilishda itstisodiy sudlarning tashkil etilishi qanday ahamiyatga ega.

  6. Ma’muriy sudlarni tashkil etishning o‘ziga xos jihatlari haqida gapirib bering.


Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish