O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi Reja



Download 0,89 Mb.
bet28/39
Sana28.09.2021
Hajmi0,89 Mb.
#187685
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39
Bog'liq
1-Mavzu O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuq

Fan bo’yicha kurs ishi. Fan bo’yicha o’quv rejada kurs ishi rejalashtirilmagan.

Glossariy
ADVOKATURA FAOLIYATINING PRINSIPLARI VA TASHKILIY SHAKLLARI - advokatlik byurosi, advokatlik firmasi, advokatlar hay’ati va yuridik maslahatxonadan iborat.

ARIZA - bu huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan murojaat.

ARZON UY-JOY - qishloq aholisining talab va ehtiyojlarini hamda to‘lov qobiliyatini hisobga olib, davlat dasturiga ko‘ra namunaviy loyiha asosida quriladigan uy-joylar.

AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI xususiy, umumiy va ishlab chiqarish kommunikatsiyasida axborotlar tayyorlash, qayta ishlash va etkazish bilan bog‘liq bo‘lgan ob’ektlar, harakatlar va qoidalar, shuningdek, barcha texnologiyalar hamda sanab o‘tilgan jarayonlarni birgalikda ta’minlovchi sohalar majmuasi.

AHOLI BANDLIGI mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy mehnatda qatnashish darajasi, qonunchilikka zid bo‘lmagan tarzda fuqaroning shaxsiy va ijtimoiy talablarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyati.

AHOLI BANDLIGI SOHASIDAGI DAVLAT SIYOSATI davlat tomonidan fuqarolarning mehnatga, to‘liq, samarali va erkin tanlangan bandlikka bo‘lgan huquqlarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshiriladigan faoliyat.

AHOLINING UMUMII DAROMADI pul daromadlari va natura shaklidagi daromadlar hamda doimiy asosda, takrorlanuvchi hususiyatga ega bo‘lgan, yillik yoki undan kam vaqt oralig‘idagi davrda uy xo‘jaligi yoki uning alohida a’zolariga tushadigan tushumlardan tarkib topadi.

AQIDAPARASTLIK ( arab. ishonch, biror narsani ikkinchisiga boglash) muayyan sharoitda, biron-bir g‘oyaga kat’iy ishonch va uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni hamda ularni sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko‘r-ko‘rona qo‘llash.

BARQARORLIK tinchlik-osoyishtalik va ijodiy mehnat muhiti qat’iy, uzil-kesil hamda mustahkam o‘rnatilgan muqim sharoit. Barqarorlik har qanday bunyodkorlik faoliyatining zamini va zaruriy sharti hisoblanadi.

BEPUL TIBBIY XIZMAT fuqarolarga qulaylik va imtiyozlar berish maqsadida davlat tomonidan kafolatlangan barcha tibbiy xizmatlar majmuasi.

VEB-SAHIFA Internet manzili (ig1) bilan bir xil ma’noda belgilanuvchi mantiqiy birlik. U veb saytning tarkibiy qismidir.

VIDEOKONFERENSALOQA REJIMIDAGI SUD MAJLISI real vaqt rejimida telekommunikatsiya texnologiyalari yordamida audio va videoaxborotlar almashinuvi imkoniyatlaridan foydalangan holda ishni ko‘rayotgan sud va sud majlisini o‘tkazishga ko‘maklashayotgan sud o‘rtasidagi interaktiv o‘zaro ta’sir qilish yo‘li bilan masofadan sud majlisini o‘tkazish.

GEOSIYOSIY MUVOZANAT ma’lum bir hududdagi mavjud siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish.

GLOBALLAShUV jamiyatning barcha sohalarini qamrab oluvchi tizimli xususiyatga ega, butun jahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiyalashuv, xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurslarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlar madaniyatining qo‘shilishi va yaqinlashuvi bilan bog‘liq ob’ektiv jarayon.

DAVLAT BOJI sudlarga beriladigan da’vo arizalardan, shikoyatlardan, sudlarning karorlari yuzasidan beriladigan apellyasiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlarini, shuningdek, sudlar tomonidan hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun to‘lanadigan muayyan pul yig‘imi.

DAVLAT IJTIMOII YoRDAMI mehnatga layoqatsizligi, ishsizligi, daromad manbai mavjud bo‘lmagani sababli mustaqil ravishda o‘zini moddiy ta’minlay olmagan shaxslarga davlat tomonidan beriladigan yordam.

DAVLAT ORGANINING YuRIDIK XIZMATI davlat organi faoliyatini huquqiy ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan yoki joriy qilinadigan mustaqil tarkibiy bo‘linma yoki lavozim.

DAVLAT-XUSUSIY ShERIKLIK davlat organlarining nodavlat-notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan, tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek, normativhuquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligi.

DAROMADLARNING TABAQALAShUVI

aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar darajasidagi tafovutlar.

DEKRIMINALIZATSIYA qilmishni ijtimoiy xavfli emas va jinoiy jazoga sazovor emas, deb topish (qilmishni jinoyat qonunidan chiqarib tashlash).

DIVERSIFIKATSIYA (lotincha syuegziz har xil, G‘asege qilmoq, bajarmoq) ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimentlarini ko‘paytirish. Diversifikatsiya jarayoni iqtisodiyot tarmoqlarida olib borilayotgan modernizatsiya va tarkibiy o‘zgarishlar bilan bevosita uygunlashgan.

DIVERSIFIKATSIYA STRATEGIYASI korxona faoliyatini mavjud mahsulotlar va bozorlar turini kengaytirish orqali rivojlanish strategiyasi. Diversifikatsiya strategiyasi korxonalarning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini rivojlantirishning eng etakchi zamonaviy tendensiyalaridan biri hisoblanib, u orqali korxonalarning bozor sharoitida vujudga keladigan turli qaltisliklarga bo‘lgan raqobatdoshligini oshiradi. Diversifikatsiya strategiyasi korxonalarda yangi mahsulotlar liniyalarini ishga tushirish, qo‘shma korxonalar tuzish, boshqa korxonalarni sotib olish va boshqa turli uslublarda amalga oshirilishi mumkin.

DINIY BAGRIKENGLIK turli din vakillari e’tiqodidagi mavjud aqidaviy farqlardan qat’i nazar, ularning yonma-yon va o‘zaro tinch-totuv yashashi hamda har bir diniy ta’limotga hurmat bilan qarash.

DINIY TASHKILOT diniy jamoalarning eng yuqori rasmiy uyushmasi.

DINIY EKSTREMIZM jamiyat uchun an’anaviy bo‘lgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid bo‘lgan g‘oyalarni aldov va zo‘rlik bilan targ‘ib qilishga asoslangan nazariya va amaliyot; diniy tashkilotlardagi o‘ta mutaassib guruxdarning ashaddiy reaksion, dinni niqob qilib olgan, uning qonun-qoidalariga mafkuraviy tus berib, undan o‘zlarining strategik geosiyosiy maqsadlariga erishish yo‘lida foydalanishga qaratilgan diniy-siyosiy hodisa.

ERLARNING IRRIGATSION-MELIORATIV HOLATI suv bilan ta’minlanish va sug‘orish tarmoqlari tizimi, er osti suvlari sathining joylashuvi va tuproqning sho‘rlanish darajasidan kelib chiqib sug‘oriladigan erlarning holatini ifodalovchi ko‘rsatkich.

YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda YOSHlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy choratadbirlar tizimi.

YOSHLAR (YOSH FUQAROLAR) o‘n to‘rt YOSHga to‘lgan va o‘ttiz YOSHdan oshmagan shaxslar.

YOSH OILA er-xotinning ikkisi ham o‘ttiz YOSHdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga etkazayotgan o‘ttiz YOSHdan oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan nikoxdan ajralgan beva erkak (beva ayol).

YOSH MUTAXASSIS oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini bitirgan, ta’lim muassasasini bitirganidan so‘ng olgan ixtisosligi bo‘yicha uch yil ichida ishga kirgan va ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan ixtisosligi bo‘yicha ishlayotganiga uch yildan ko‘p bo‘lmagan o‘tgiz YOSHdan oshmagan xodim.

YOSHLAR TADBIRKORLIGI yuridik shaxs tashkil etmagan holda YOSH fuqarolar tomonidan, shuningdek ta’sischilari YOSH fuqarolar bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati.

YOSHLAR VA BANDLIK ijtimoiy etuklikka erishish davrini boshdan kechirayotgan o‘n besh YOSHdan o‘ttiz YOSHgacha bo‘lgan ijtimoiy demografik guruhlarning ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etilganlik muammosi.

JAMIYAT insonlardan tashkil tongan ijtimoiy tuzum.

JAMOAT NAZORATI a) qabul qilingan qonunlar va qonun hujjatlari ijrosi; b) hokimiyat qarorlari qanday qabul qilinishi va ijro etilishi; v) qonun va boshqa qonun hujjatlarining tayyorlanish jarayoni; g) davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining faoliyati; d) davlatning kuch ishlatuvchi tuzilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik vakillari va jamoat tashkilotlarining nazorati.

JAMOATChILIK NAZORATI davlat organlari faoliyatining qonuniyligini ta’minlash, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan Uzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlovchi qonun hujjatlariga rioya qilmaslik holatlarini aniqlashga qaratilgan faoliyat.

JAMOATChILIK NAZORATINING OB’EKTI davlat organlari va ularning mansabdor shaxslarining o‘zlariga qonunchilik bilan yuklatilgan majburiyatlarni ijro etishi bilan bog‘liq faoliyati. Davlat organi mansabdor shaxsining shaxsiy hayoti, ishchi yozuvlari, shuningdek davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirdan iborat axborot, shuningdek, surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sud ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallar jamoatchilik nazoratining ob’ekti hisoblanmaydi.

JAHON SIYoSATI umumsayyoraviy mohiyatga ega bo‘lgan, jahon hamjamiyati takdiri va istiqboli bilan bog‘liq bo‘lgan siyosat.

JINOYaT QUROLI ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki sodir etish uchun maxsus mo‘ljallangan, tayyorlangan yoki moslashtirilgan narsalar, shuningdek jinoiy maqsadlarga erishish uchun jinoyat sodir etish jarayonida bevosita foydalanilgan mol-mulk.

JINOYaTChILIKKA QARShI KURAShISh jinoiy xatti-harakatlarning ijtimoiy xavfliligi va turiga qarab, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning har biri alohida, o‘ziga yuklatilgan vazifalar doirasidan kelib chiqqan holda, idoraviy usul va vositalar orqali kurashishga qaratilgan faoliyat.

IJRO HUJJATLARI sudlar o‘zlari qabul qiladigan sud hujjatlari asosida beradigan ijro varaqalari; hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish yuzasidan sudlar beradigan ijro varaqalari; chet el sudlari va arbitrajlari qarorlari asosida O‘zbekiston Respublikasi sudlari beradigan ijro varaqalari; sud buyruqlari; alimentlar to‘lash to‘g‘risidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlar; notariuslarning ijro xatlari; mehnat nizolari komissiyalari o‘z qarorlari asosida beradigan guvohnomalar; ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega organlar (mansabdor shaxslar) chiqargan qarorlar; o‘zboshimchalik bilan turarjoyni egallab olgan yoki avariya holatida deb topilgan uylarda yashayotgan shaxslarni ma’muriy tartibda ko‘chirish to‘g‘risidagi prokurorlarning qarorlari; sud ijrochilarining qarorlari; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa organlarning hujjatlari.

IJTIMOIY YoRDAMGA MUHTOJ ShAXSLAR o‘zining salomatligi, YOSHi, daromad olish imkoniyatining cheklangani tufayli o‘zgalarning ko‘magiga muhtoj shaxs hamda oilalar. Ular o‘zlarining yozma arizalariga kura ijtimoiy yordamning bir yoki bir necha turlaridan foydalanishga haqli bo‘ladi.

IJTIMOIY SOHA aholining munosib turmush sharoiti va farovonligini ta’minlashga xizmat qiluvchi soha va tarmoqlar majmuasi. Bular qatoriga uy-joy fondlari, sogliqni sakdash, ta’lim, sport, madaniyat muassasalari va boshqa tuzilmalarni kiritish mumkin.

IJTIMOIY-TIBBIY XIZMAT joylarida har bir oilani o‘rganishning ijtimoiy, demografik, iqtisodiy va tibbiy jihatlarini o‘z ichiga oluvchi, ijtimoiy sohada faoliyat ko‘rsatadigan turli idoralar, tashkilotlar va muassasalarning sa’y-harakatlarini birlashtiradi.

IJTIMOIY XIZMAT KO‘RSATISh xizmatlar ehtiyojmand shaxslarga yordam ko‘rsatish, ularga boshqa fuqarolar bilan bir qatorda jamiyat hayotida ishtirok etish imkoniyatlarini yaratish va ularning odatiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta’minlash bo‘yicha kompleks huquqiy, iqtisodiy, psixologik, ta’limiy, tibbiy, reabilitatsion va boshqa choralar.

IJTIMOIY FAOLLIK ijtimoiy sub’ektlarning xatti-harakati, bu xatti-harakatlar ularning hayot faoliyat sharoitlarini yaratadi yoki o‘zgartiradi hamda ularning o‘zliklarini ham rivojlantiradi.

INVESTITSIYa iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablaglari, banklarga qo‘yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog‘ozlar (aksiya, obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklar. Investitsiyalar foyda olish hamda ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida tadbirkorlik ob’ektlariga va boshqa faoliyat turlariga qo‘yiladigan pul mablaglari.

INVESTITSIYa SIESATI investitsiya faoliyatini jonlantirish, iqtisodiyotni yuksaltirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ijtimoiy muammolarni hal qilish maqsadida iqgisodiy sub’ektlar uchun qulay xo‘jalik yuritish sharoitlarini yaratishga qaratilgan maqsadli tadbirlar majmui.

INVESTITSIYaVIY FAOLLIK turli iqtisodiy sub’ektlar (davlat, korxona va tashkilotlar, jamg‘armalar va h.k.)ning daromad olish maqsadida milliy yoki xorijiy iqtisodiyotlarga investitsiya resurslarini kiritishga intilishi.

INVESTITSIYaVIY HAMKORLIK -xalqaro iqgisodiy munosabatlarning bir ko‘rinishi bo‘lib, resurslarni ratsional taqsimlash, xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish natijasidagi ustunliklaridan foydalanish orqali davlat tomonidan iqtisodiyotda nisbatan yuqori natijalarga erishish, texnologik ishlab chiqarish tuzilmasini yangilash kabi natijalarni maqsad qilgan.

INVESTOR xususiy va qarzga olingan mulkiy va intellektual qiymatlarni sarflash haqida qaror qabul qiluvchi investitsiya faoliyati sub’ekti. Investorlar xususiy va qarzga olingan mulkiy va intellektual qiymatlarni sarflash haqida qaror qabul qiluvchi investitsiya faoliyati sub’ektlari. Investorlar ob’ektlar va investitsiya natijalariga egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish huquqiga ega bo‘ladi. Investorlar kreditor va xaridor rolini bajarishlari, shuningdek, investitsiya faoliyatining boshqa ishtirokchilari funksiyalarini bajarishi mumkin. Odatda investorlar kapital qo‘yilmalar sarflanadigan sohalarni anikdaydi, shartnoma shartlarini ishlab chiqadi va investitsiya aktining boshqa sub’ekglari bilan kontraktor, hukumat organlari, yakuniy mahsulot ishlab chiqaruvchilar va shu mahsulotning iste’molchilari bilan hisobkitoblarni amalga oshiradi.

INTERNET XIZMATLARI Internet tarmog‘i abonentlariga amaliy protokollar tomonidan takdim etiluvchi funksional imkoniyatlar majmui: veb hujjatlarni uqish, elektron pochta, fayllarni uzatish va qabul qilish, muloqotda bo‘lish, tarmoqda hujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash va h.k.

INTERFAOL DAVLAT XIZMATLARI PORTALI aholiga yagona interfaol davlat xizmatlari portali orqali xizmat ko‘rsatish.

IPOTEKA KREDITLARI tijorat banklari tomonidan aholiga uy-joy qurilishi uchun ajratiladigan maqsadli kreditlar.

ISTANBUL HARAKAT DASTURI Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi.

ITTIFOQLAR TUZISh tinchlik va har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida tuziladigan siyosiy-iqtisodiy tuzilma.

ISh BILAN TA’MINLANISh fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kelmaydigan, o‘z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatidir.

ISh BILAN BANDLIK iqtisodiy faol aholining qonun hujjatlariga muvofiq daromad keltiradigan faoliyatga ega bo‘lishi.

ISh SAMARADORLIGINING MUHIM KO‘RSATKIChLARI huquqni muhofaza qiluvchi organlar strategiyasi asosida shakllantirilgan ko‘rsatkichlar bo‘lib, ular tezkor-xizmatga oid maqsad va vazifalarga erishish bo‘yicha xodim faoliyatini baholashga qaratilgan bo‘ladi.

IShHAQI ishchi kuchi bahosining pul ifodasidagi aniq shakli hisoblanadi, shuningdek, ish haqi ishchilar o‘rtasida sarflangan mehnat mikdori va sifatiga qo‘yilgan haqiqiy hissaga muvofiq taqsimlanadigan hamda korxona ishining pirovard natijalari foydaning asosiy qismidir.

ISh /RNI tegishli ravishda jihozlangan va ish qurollari bilan ta’minlangan, miqdor va sifat tavsiflariga ega bo‘lgan, belgilangan mehnat me’yoriga ko‘ra ishlab chiqarish topshirig‘i yoki funksiyasini bajaruvchi xodimning yoki yagona ishlab chiqarish topshirig‘ini yoxud texnologiya jihatdan ajralmas funksiyani bajaruvchi xodimlar guruhining mehnat faoliyati amalga oshadigan makon.

IShLAB ChIQARIShNI MODERNIZATSIYaLASh ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi jarayon.

IQTISODIYoTNING REAL SEKTORI

iqgisodiyotning bevosita moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bogliq sohasi bo‘lib, u o‘z ichiga sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa tarmoqlarini oladi.

IQTISODII O‘SISh real yalpi ichki mahsulot umumiy hajmining yoki aholi jon boshiga tug‘ri keladigan real yalpi ichki mahsulotning o‘sishi.

KADRLAR TAYYoRLASh MILLIY DASTURI 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunlarning qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bulib, milliy tajribaning taxdili va ta’lim tizimining jahon miqyosidagi yutuqlari asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash dasturidir.

KELIShUV BITIMI o‘zaro kelishishga asoslangan, da’vo talabi (talablari)ga nisbatan aniqlikka erishishga qaratilgan, nizoni hal qilish to‘g‘risidagi taraflarning yozma kelishuvidir.

KENG POLOSALI MA’LUMOTLAR UZATISh TARMOGI bitta muhit (sim) bir polosa bir necha kanallarga xizmat ko‘rsata oladigan ma’lumotlarni uzatish turi. Keng polosali uzatish, misol uchun kabel teleko‘rsatuvlari xizmati tomonidan foydalanadi.

KONFESSIYa (lotin. e’tirof, e’tiqod) muayyan diniy ta’limot doirasida shakllangan va o‘ziga xos xususiyatlarga ega e’tiqod va unga ergashuvchilar jamoasi. Bir din doirasida yuzaga kelgan bo‘lsa-da, aqidalar borasida farkdanadigan jamoalar ham diniy konfessiyalar jumlasiga kiradi.

KORRUPSIYa shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda takdim etish.

KORRUNSIYaGA OID HUQUQBUZARLIK korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish.

KORRUPSIYaGA QARShI KURAShISh korrrupsiyaga oid holatlarni aniqlash, ularga barham berish, shuningdek korrupsion jinoyatlarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish maqsadida chora-tadbirlar amalga oshirish.

KORRUNSIYaGA QARShI KURAShISh BO‘YIChA RESPUBLIKA IDORALARARO KOMISSIYaSI korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish komissiyasi.

KRIMINALIZATSIYa qilmishning jinoyat qonunida ijtimoiy xavfli, deb topilishi va uni jinoiy jazoga sazovor, deb e’lon qilinishidir.

KO‘P TARMOQLI FERMER XO‘JALIGI qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish bilan birga ularni chuqur qayta ishlash, aholiga turli ish va xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklari.

KO‘ChMAS MULK er uchastkalari, er osti boyliklari, binolar, inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar va er bilan uzviy bog‘langan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadga nomutanosib zarar etkazmagan holda joyini o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydigan ob’ektlar kiradi.

MAJBURIY JAMOAT IShLARI JAZOSI sud tomonidan mahkumga nisbatan tayinlanadigan davlat foydasiga haq to‘lanmaydigan ishga jalb etishdan iborat jinoiy jazo chorasi.

MAZHAB (arab. yo‘l) islomdagi shariat qonunlari tizimi, fiqhiy yo‘nalish.

MANFAATLAR TO‘QNAShUVI shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat.

MAFKURA fikr, g‘oya va qarashlarning yagona va umumiy majmuasi.

MAFKURAVIY BO‘ShLIQ kishilarda jamiyatdagi mavjud holatni, ijtimoiy muhitni noto‘g‘ri idrok etishga, uning irodasini boshqa kishiga bo‘ysundirish va dunyoqarashida agressivlikni shakllantirishga xizmat qiladigan nosog‘lom g‘oyalar bilan to‘ldirilishiga zamin yaratilishi.

MAFKUR4VII TARBIYa inson, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat dunyoqarashini shakllantirishga, ularni muayyan maqsadlarini ifoda etadigan g‘oyaviy bilimlar bilin qurollantirishga yo‘naltirilgan jarayon.

MAFKURAVIY PROFILAKTIKA g‘ayriinsoniy goya va mafkuralarning oldini olish, ularning tarqalib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun davlat, jamoat tashkilotlari tomonidan ko‘rilidigan chora-tadbirlar tizimi. Bu chora-tadbir g‘oyaviy bo‘shliqni tugatish, mafkuraviy parokandalikning oldini olish yoki biror-bir hudud, qatlam, guruhni yot va zararli g‘oyalar ta’siridan xalos qilish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda g‘oyaviy ta’sirning xilma-xil usul va yo‘llaridan foydalaniladi, turli vositalar qo‘llaniladi.

MAFKURAVIY XAVFSIZLIK shaxs, millat, jamiyat, davlatning xilma-xil shakllarda namoyon bo‘ladigan mafkuraviy tajovuzlar turli mafkuraviy markazlarning buzg‘unchilik ta’siridan himoyalanganlik darajasi.

MAHSULOT SIFATI mahsulogga nisbatan ko‘yilgan xalq ehtiyoji talablarini qondirilish darajasi, ularning xossa xususiyatlari, tashqi ko‘rinishi, ishlatilishining qulayligi.

MA’MURIY SUD ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolarni, shuningdek ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan sud.

MA’NAVIYaT (arab. ma’nolar majmui) kishilarning falsafiy, hukuqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmui. Ma’naviyat mafkura, tafakkur tushunchalariga yaqin va ular bir-birlarini taqozo etadi. Ma’naviyat insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. Mustaqillik davri milliy istiqlol ma’naviyatini tiklash va rivojlantirish, milliy til va madaniyatni taraqqiy ettirish, milliy o‘z-o‘zini anglash, milliy histuyg‘ularni, g‘ururni, vatanparvarlikni o‘stirish va mustahkamlash bilan bog‘liqsir.

MA’RIFAT (arabcha arafa bilmoq so‘zidan) ta’lim-tarbiya, iqgisodiy, siyosiy, falsafiy, diniy g‘oyalar majmui asosida kishilarning ong-bilimini, madaniyatini o‘stirishga qaratilgan faoliyat. «Ma’rifat» tushunchasi «ma’naviyat» va «madaniyat» tushunchalari bilan chambarchas bog‘liq.

MEDIATSIYa bir-birini tushunish va nizoli holatni bartaraf etuvchi bitim tuzishga erishish maqsadida, xolis shaxs-mediator (vositachi) ishtirokida taraflarning erkin muzokaraga kirishi orqali nizoni hal etish protsedurasi.

MEHNAT BOZORI mehnatga qobiliyatli aholining faol (ish bilan band va mehnatga muhtoj aholi) qismlari va ish beruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi, «mehnat qobiliyati»ni sotish-sotib olishni amalga oshiruvchi hamda ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi nisbatlarni bevosita barqarorlashtiruvchi ko‘p omilli, murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar tizimi.

MEHNAT RESURSLARI mehnatga layoqatli YOSHdagi mehnatga layoqatli aholi hamda mehnatga layoqatli YOSHdan kichik va katta YOSHdagi ishlayotgan shaxslar.

MILLAT (arab. xalq) kishilarning yagona tilda so‘zlashishi, yaxlit hududda istiqomat qilishi, mushtarak iqtisodiy hayot kechirishi, umumiy madaniyat va ruhiyatga ega bo‘lishi asosida tarixan tashkil topgan barqaror birligi.

MILLATChILIK mill atlarning tenshigini inkor etib, o‘z millatini boshqa millatlardan yuqori qo‘yish, unga imtiyozlar yaratishga intilish, uning manfaatlarini boshqa millatlar manfaatlaridan afzal ko‘rish.

MILLATLARARO TOTUVLIK milliy istiqpol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri bo‘lib, u muayyan hudud, davlatda turli millat vakillarining hamjihat yashashi, hamkorlikda faoliyat yuritishini ifodalovchi tushuncha.

MILLIY INTERNET SEGMENTI jahon global tarmogidagi muayyan mintaqa aholisi foydalanadigan, ma’lumotlar uzatadigan va qabul qiladigan saytlar doirasi.

MILLIY XAVFSIZLIK ma’lum bir davlatning ichki xavfsizligi.

MINTAQAVIY XAVFSIZLIK ma’lum bir mintaqaga oid xavfsizlik. Masalan, Markaziy Osiyoda xavfsizlik, Yaqin Sharq xavfsizligi.

MUVOFIQLAShTIRISh umumiy maqsadga erishish yo‘lida o‘xshash va turdosh faoliyatni amalga oshiradigan organlar faoliyatini tartibga solish, bir-birining faoliyatini takrorlamaslik, biri boshqasining funksiyasini bajarmasligi, muayyan aniq maqsad yo‘lida kuch hamda imkoniyatlarni birlashtirish, shuningdek umumiy faoliyat samaradorligini yanada oshirish yo‘lida o‘zaro kelishuv.

MUSTAQIL IZLANUVChI oliy ta’lim muassasasiga yoki ilmiy-tadqiqot muassasasiga mustaqil izlanuvchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs.

MUSTAQIL IZLANUVChILIK ishlab chiqarishdan bo‘shamagan holda doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya kilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganish va ilmiy izlanishlar bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasini olishga talabgorlar uchun oliy ta’lim muassasalarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakli.

MUTAASSIBLIK o‘z fikr-mulohaza va dunyoqarashi to‘g‘riligiga o‘ta qattiq ishonib, boshqa diniy e’tiqodlarga murosasiz munosabatda bo‘lish.

NAZORAT TARTIBIDA ISh YuRITISh birinchi instansiya sudi, apellyasiya yoki kassatsiya sudi sudlov hay’atlari tomonidan chiqarilgan hal qiluv qarorlari, ajrim va qarorlarning qonuniy, asosli hamda adolatli ekanligini, ushbu qarorlarni moddiy hamda protsessual huquq normalarining to‘g‘ri qo‘llanilganligi asosida qabul qilinganligini tekshiradigan, quyi sudlarning faoliyatini nazorat qilib, muvofiqlashtirib turadigan sudlov instansiyasida ish yuritish.

NASLChILIK seleksiya maqsadida nasldor hayvonlarni urchitish, naslli mahsulot (material) etishtirish va undan foydalanish.

NAFAQA fuqarolarga qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollarda qisman yoki to‘liq mehnatga layoqatsizlik, ogir moddiy sharoit, bolali oilalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, karindoshlaridan biri vafot etgan takdirda muntazam yoki bir marta beriladigan pul to‘lovidir.

NIZOLARNI MUQOBIL HAL ETISh davlatning odil sudlov tizimidan tashqarida nizolarni hal etishning uslub va usullari.

NIKOH fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida tuziladigan, o‘zaro oila qurgan holda muhabbat va hurmatga, o‘zaro yordamga va bir birining oldida javobgarlikka asoslangan erkak va ayolning ittifoqidir.

NIKOHDAN AJRATISh er-xotinlik munosabatlarining tugatilishi bo‘lib, sud tartibida hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida amalga oshiriladi. Har qanday holatda ham nikoxdan ajratishni qayd etish FHDYO organida qayd etiladi.

NODAVLAT-NOTIJORAT TAShKILOT jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda tuzilgan, o‘z faoliyati davomida faqat foyda olishni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘ymagan va olingan foydani uning ishtirokchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqaradigan tashkilot.

NOTARIUS yigirma besh YOSHdan kichik bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga, yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida uch yil muddatli ish stajiga ega bo‘lgan, shu jumladan, notarial idorada kamida ikki yil muddatli stajirovkani o‘tagan, malaka imtihonini topshirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius bo‘lishi mumkin.

ODIL SUDLOV qonun va u bilan belgilangan tartib-tamoyilga qat’iy rioya qilgan holda sudlar tomonidan jinoyat, fuqarolik, xo‘jalik ishlarini va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va hal qilish bo‘yicha huquqni muhofaza qilish faoliyatining turi.

OILA SALOMATLIGINI MUSTAHKAMLASh sog‘lom turmush tarzi, reproduktiv salomatlik, ona va bola salomatligini muhofaza qilish, bexatar onalik, sog‘lom oila barpo etish, bolalar va o‘smirlarni soglomlashtirish.

OLIY TA’LIM xalq xo‘jaligi, fan va madaniyatning turli tarmoqlari uchun yuqori, oliy malakali mutaxassislar tayyorlash tarmogi. Oliy ta’lim o‘rta maxsus, kasb-hunar negizida asoslanadi hamda ikki bosqich (bakalavriat va magistratura)dan iborat.

OLIY O‘QUV YuRTIDAN KEYINGI TA’LIM jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga yo‘naltirilgan uzluksiz ta’lim turi.

OMMAVIY AXBOROTVOSITALARI (OAV) ommaviy axborotni davriy tarqatishning doimiy nomga ega bo‘lgan hamda bosma tarzda (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar va boshqalar) va yoki elektron tarzda (tele-, radio-, video, kinoxronikal dasturlar, umumfoydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlaridagi veb saytlar) olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan shakli hamda ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari. OAV axborotni tarqatish vositalari bo‘lib, ommaviy auditoriyaga yo‘nalganligi, hammabopligi bilan ajralib turadi hamda matbuot, radio, televidenie, Internetni o‘z ichiga oladi.

ONALIK VA BOLALIKNI MUHOFAZA QILISh ayollarni onalik vazifasini bajargan, bola tarbiyasi bilan shugullangan holda ishlab chiqarish va jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga, ayollar va bolalar salomatligini mustahkamlashga qaratilgan jamiyat va davlat tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar.

PATRONAJ HAMShIRASI hududdagi xonadonlarda aholi salomatligi va kasallikni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan omillarni o‘rganib, aholiga tibbiy yordam ko‘rsatuvchi xodim.

PENSIYaLAR qonunchilikda nazarda tutilgan, ya’ni ma’lum bir YOSHga etganligi, nogironlik, boquvchisini yo‘qotganligi, shuningdek, qonunchilikka asosan ta’sis etilgan tizimlarga kirmaydigan (masalan, ish beruvchi tomonidan ta’sis etilgan) ijtimoiy ta’minot bo‘yicha muntazam amalga oshiriladigan pul to‘lovlari.

PETITSIYa davlat hokimiyati organlariga yoki mahalliy organlarga yuborilgan yozma shakldagi jamoaviy murojaat.

RADIKALIZM (lotin. tomir, ildiz, o‘zak) maqsad-muddaoni keskin, murosasiz amalga oshirish, u yoki bu ishdagi mavjud ahvolni tubdan o‘zgartirishga intilish.

RAQAMLI TELEVIDENIE video va audio signalni uzatgichdan televizorga raqamli modulyasiya va ma’lumotlarni siqish yordamida uzatish texnologiyasi.

RAQOBAT har qanday bozor mexanizmini tashkil etuvchi ajralmas qism, ko‘p mikdordagi erkin xaridorlar (ish beruvchilar) va ish kuchini «sotuvchi»larning mavjudligi hamda ular uchun mehnat bozoriga erkin kirish va uni tark etish imkoniyati.

RAQOBATBARDOShLIK tovar ishlab chiqaruvchilarning minimal rentabellikni ta’minlovchi narxda tashqi bozorda sotish uchun ishlab chiqarishga bo‘lgan qobiliyati.

REAL DAROMADLAR narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori.

SELEKSIYa YuTUG‘I o‘simliklarning yangi navi, hayvonlarning yangi zoti.

SEPARATIZM (lotin. ajralib chiqishga, alohida bo‘lishga intilish) hokimiyatni Konstitutsiyaga zid yo‘llar bilan qo‘lga kiritishga intiluvchi kuchlarning siyosatga aralashishlari.

SIYoSIY BARQARORLIK — ma’lum bir davlat yoki mintaqada tinchlikni ta’minlashga qaratilgan izchil siyosat.

SIYoSIY JARAYoNLAR davlat, mintaqa yoki jahon miqyosidagi siyosiy faoliyat harakati.

SIYoSIY SALOHIYaT siyosiy faoliyatda namoyon bo‘ladigan qobiliyat, kuch-qudrat. Bu davlat arbobi yoki davlat qiyofasida namoyon bo‘ladi.

SOG‘ LIQNI SAQLASh TIZIMI tibbiy yordamni tashkil etish, kasalliklarning oldini olish, aholi salomatlik darajasini yaxshilashga qaratilgan va ijtimoiy-iqtisodiy xarakterga ega bo‘lgan davlat va jamiyat chora-tadbirlari yig‘indisi.

SOG‘LOM TURMUSh TARZI jamiyat va individ salomatligi uchun tibbiy faoliyatning maksimal darajada namoyon bo‘lishi.

STIPENDIYa oliy ta’lim muassasalarining talabalariga to‘lanadigan har oylik pul ta’minoti, shuningdek, jismoniy shaxslarga, shu jumladan, xorijii davlatlardan ajratiladigan o‘kuv grantlari.

SUD davlat idorasi bo‘lib, huquqiy nizolarni qonun hujjatlariga asosan hal qiladi.

SUD NAZORATI bu O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan (106 va 107-moddalar) kelib chiqadigan va protsessual qonun hujjatlari bilan belgilangan shakllarda amalga oshiriladigan yuqori sudlarning quyi sudlar tomonidan o‘z vakolatlarini lozim darajada amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek jinoyat protsessida sudga qadar ish yuritish bosqichida ayrim protsessual harakatlarni amalga oshirishni sud tomonidan nazorat qilish sohasidagi faoliyati.

SUDHOKIMIYaTI sud tomonidan protsessual qoidalarga qatiy amal qilgan holda protsessual va moddiy huquqni qo‘llash orqali o‘zining kompetensiyasiga tegishli bo‘lgan ishlarni hal etish uchun berilgan hokimiyat vakolati.

SUD HUJJATLARI ko‘rilayotgan va hal etilayotgan masalalar bo‘yicha sud tomonidan chiqariladigan sud hal qiluv qarori, sud buyrug‘i, ajrim, qaror.

SUDYa huquqiy nizolarni qonuniy hal qiluvchi vakolatli davlat xizmatchisi.

TADBIRKORLIK FAOLIYaTI (TADBIRKORLIK) tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.

TAKLIF bu davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan murojaat.

TALABNOMA huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt mazkur huquq va manfaatlarni buzgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektga nisbatan talablari aks etgan yozma hujjat.

TARBIYa 1) yangi avlod kishilariga katta avlodning ijtimoiy-tarixiy tajribasini berish tufayli rivojlanishini ta’minlovchi ijtimoiy funksiya; 2) ijtimoiy institutlar ta’siri ostida inson sub’ektiv-shaxsiy va ma’naviy dunyosini shakllantirish, qaror toptirish, boyitish va takomillashtirishning aniq maqsadga yo‘naltirilgan, tizimlashtirilgan ongli jarayon. Tarbiya ta’lim bilan o‘zaro jips bog‘langan ijtimoiylashishning asosiy bo‘g‘ini, ta’lim tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.

TA’LIM shaxsning ma’rifiy va tarbiyaviy darajasini orttirish orqali uning rivojlanishini ta’minlash maqsadida o‘rgatuvchi bilan o‘rganuvchilar o‘zaro birgalikda amalga oshiradigan didaktik chora-tadbirlar tizimi.

TERROR (lotin. qo‘rqitish, vahimaga solish) o‘z fikrini zo‘ravonlik yo‘li bilan boshqalarga o‘tkazish. Bu yo‘lda suiqasd, qo‘poruvchilik kabi usullardan foydalaniladi.

TERRORIZM siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, soglig‘iga xavf tug‘diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy ob’ektlarning yo‘k qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur etkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko‘zlab ig‘vogarliklar qilishga, aholini qo‘rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, Uzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo‘rlik, zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar.

TEXNOPARK materialshunoslik, elektron asbob va kontrollerlar, ozuqa va biologik faol qo‘shimchalar, dori vositalari sohasida tadqiqotlar o‘tkazish va kichik innovatsion ishlab chiqarishlar tashkil etish maqsadida barpo etiladi. Texnopark faoliyati metallarni qayta ishlash texnologiyasi, energiya tejamkorligi, muqobil energiya manbalari va elektron o‘lchov asboblari, robototexnika, mashinasozlik va elektronikani rivojlantirishga xizmat qiladi.

TORTIShUV PRINSIPI ayblash va himoya qilish vazifalari bir-biridan va sud faoliyatidan ajratilganligini hamda o‘z manfaatlarini himoya qilish maqsadida teng protsessual huquqlaridan foydalanayotgan taraflar tomonidan bajaralishi.

TRANSPORT INFRATUZILMASI aholiga xizmat ko‘rsatuvchi avtomobil to‘xtash va yonilg‘i quyish shahobchalari, avtostansiyalar, kichik mehmonxonalar, maishiy xizmat ko‘rsatish hamda umumiy ovqatlanish va shu kabi boshqa ob’ektlar.

TRANSPORT-KOMMUNIKATSIYa Yo‘LAKLARI bir necha davlatlarni bog‘lab turadigan transport yo‘li.

TUG‘ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMA bolaning tug‘ilganligini, uning ota-onasi kim ekanligini tasdiqlovchi yagona hujjat.

ShIKOYaT bu buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risidagi talab bayon etilgan murojaat.

UZLIKSIZ TA’LIM o‘zaro mantiqiy izchillik asosida bog‘langan hamda soddadan murakkabga qarab rivojlanib boruvchi va bir-birini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat yaxlit ta’lim tizimi.

UYuShGAN jinoyatchilik -jamiyatning barcha asosiy ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzilmalariga kirishib ketgan jinoiy faoliyatga ixtisoslashgan maxsus va universal yo‘nalishda o‘z faoliyatini diversifikatsiyalashtirib, bir necha yo‘nalish bo‘yicha jinoyatlarni sodir etishga mo‘ljallangan jinoyatchilik turi.

FAOL FUQAROLIK POZITSIYaSI -shaxsning u mansub bo‘lgan jamiyat yoki ijtimoiy guruh hayotidan kelib chiqqan holda hosil qilgan qat’iy fikri, o‘zini shu jamiyatning bir bo‘lagi, deb his etishi hamda o‘z ishtirokida daxldorlik, fidoyilik va ijtimoiy faollik kabi xususiyatlarni mujassamlashtirishi.

FUNDAMENTALIZM (lotin. asos) ma’lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yo‘l bilan zamonning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni ilgari surish.

FUQAROLIK JAMIYaTI qonun ustuvorligi va inson huquqlari qaror topadigan, ko‘ppartiyaviylik, siyosiy mafkura va fikrlar xilma-xilligi ta’minlanadigan, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mavqei baland bo‘lgan ijtimoiy tizim.

FUQAROLIK JAMIYaTI INSTITUTLARI fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mahallalar, siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, jamoat birlashmalari va jamoat fondlari, nodavlat-notijorat tashkilotlari.

FHDYO ORGANLARI tumanlar va shaharlar FHDYO bo‘limlari, nikoh uylari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Adliya boshqarmalarining FHDG‘. arxivlari.

«XABEAS KORPUS» bu atama sudyaning ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni sudga olib kelish to‘g‘risidagi buyrug‘ining birinchi so‘zlaridan olingan bo‘lib, «aeaz sogriz ab zi)1S1eps1it» («sen shaxsni sudga olib kelishga majbursan») degan ma’noni anglatadi.

XALQARO TERRORIZM davlatlar, xalqaro tashkilotlar, siyosiy partiya va harakatlarni beqarorlashtirishga qaratilgan siyosiy qo‘poruvchilik faoliyatini ifodalaydi. U eng ogir jinoyat bo‘lib, uzoq davom etgan jarayonlarning hosilasi hisoblanadi.

XODIMLAR ROTATSIYaSI xodimlarni almashtirish texnologiyasining bir turi hisoblanib, uning asosiy maqsadi kasbiy va mansab majburiyatlarini bir izchillikda almashtirish orqali qarorlar qabul qilish funksiyalari, texnologiyasi va o‘ziga xos xususiyatlarini o‘zlashtirish maqsadida u yoki bu mansabdor shaxsning navbatma-navbat boshqa lavozimda ishlashi.

XOTIN-QIZLARNI IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASh ayollar huquqlarini himoya qilish, ularning mamlakatimiz siyosiyijtimoiy, sotsial-iqtisodiy va madaniy hayotida to‘laqonli ishtirok etishini ta’minlash, xotinqizlar hamda YOSHlarning ma’naviy va intellektual saviyasini yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlar.

XUSUSIY MULK HUQUQI shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi.

QAYTA TIKLANADIGAN ENERGIYa quYOSH, shamol, suv va boshqa manbalardan foydalanib ishlab chiqariladigan elektr quvvati.

QONUN USTUVORLIGI jamiyat va davlat hayotining barcha jabhalarida qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishi.

HARAKAT STRATEGIYaSI davlatning ma’lum muddatga yoki uzoq yillarga mo‘ljallangan rivojlanish dasturi.

HARBIY-SIYoSIY BLOKLAR bir necha davlatlarning birlashgan harbiy uyushmasi. Masalan, NATO.

HUQUQBUZARLIK sodir etilganligi uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan aybli gayrihuquqiy qilmish (harakat yoki harakatsizlik).

HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI (HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISh) huquq-tartibotni saqlash hamda mustahkamlash, huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga barham berish, shuningdek huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish maqsadida ko‘llaniladigan huquqbuzarliklar umumiy, maxsus, yakka tartibdagi va viktimologik profilaktikasining huquqiy, ijtimoiy, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlari tizimi.

HUQUQIY AXBOROTNI TARQATISh qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning samaradorligi va natijadorligi, avvalo, ularning mohiyati va ahamiyatini ijrochilarga, huquqiy normalarning sub’ektlarga, shuningdek keng aholi qatlamiga va tadbirkorlik tuzilmalariga o‘z vaqtida etkazish.

HUQUQII MADANIYaT umummadaniyatning muhim qismi bo‘lib, davlat tomonidan xalq va jamoat birlashmalari nuqtai nazarlarini ifodalovchi huquqiy siyosatning ishlab chiqilishi va amalga oshirilish, insonlarning davlat va huquq haqidagi muhim bilimlarni egallab olish darajasi, kishilarning qonunlarni teran anglashlari, unga rioya qilishlari, har qanday huquqbuzarlikka murosasiz bo‘lishlari.

HUQUQIYoNG mamlakat fuqarolarining ham amaldagi huquqqa, yuridik ahamiyatga, fuqarolar huquqlari, erkinliklari, majburiyatlariga, ham orzu qilingan huquqqa va boshqa huquqiy hodisalarga munosabatlarini ifodalovchi huquqiy sezgilari, g‘oyalari, baholar, tasavvurlari.

HUQUQNI MUHOFAZA QILUVChI ORGANLAR o‘z faoliyatini qonun hamda demokratik prinsiplarga asoslangan holda amalga oshirish, qonuniylik va huquqiy tartibotni ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslar, mehnat jamoalari, jamiyat va davlatning huquq va erkinliklarini himoya qilish, huquqbuzarlikning oldini olish va qonun hamda huquqiy tartibotni buzgan shaxslarga davlatning majburlov yoki jamiyatning ta’sir choralarini qo‘llash vakolatiga ega davlat organlari.

G‘AYRI IJTIMOIY XULQ-ATVOR shaxsning jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini buzuvchi turmush tarzi, harakati yoki harakatsizligi.

O‘LIM TO‘GRISIDAGI GUVOHNOMA shaxsning o‘limini va uning huquqiy layoqati tugatilganligini tasdiqlovchi hujjat.

EKOLOGIK XAVFSIZ MUHIT inson hayoti va salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi zararlardan xoli bo‘lgan hudud (kenglik).

ELEKTRON MUROJAAT elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan elektron hujjat shakli.

ELEKTRON RAQAMLI IMZO elekgron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo.

ELEKTRON HUJJAT elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot.

EKSPORT tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli qog‘ozlar, texnologiyalar va boshqalarni tashqi bozorga chiqarish.

EKSPORT SALOHIYaTI milliy iqtisodiyotning jahon bozorlarida raqobatdosh bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda ularni jahon narxlari bo‘yicha etarli hajmlarda eksport qilish qobiliyati.

EKSTREMIZM (lotin. aql bovar qilmas darajada, haddan oshish) o‘z maqsadi yo‘lida turli haddan ortiq keskin tadbir-choralar ko‘rishga tarafdorlik, jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalarga zid bo‘lgan keskin radikal qarashlar.

e’tiqod ishonch, tayanch, qarash, muayyan hodisa, voqelik yoki narsaga qat’iy munosabat.

E’TIQOD ERKINLIGI kishi ongida chuqur o‘rnashib qolgan va amalga oshirilishi shaxsning kundalik ehtiyojiga aylangan intilish, xatti-harakat va dunyoqarashlar tizimi.

YaRAShUV INSTITUTI O‘zR Jinoyat kodeksining 661 -mod dasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan, o‘z aybiga iqror bo‘lgan, etkazilgan zararni bartaraf etgan va jabrlanuvchi bilan yarashgan shaxsning jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi.


Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish