1-Mavzu: “O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik
jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi. Harakatlar strategiyasi-
O‘zbekiston milliy taraqqiyoti yangi bosqichining asosi.
REJA:
1.Fuqarolik jamiyati mamlakatimizning asosiy strategik pirovard maqsadi.
2.“O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining
shakllanishi va rivojlantirish strategiyasi. Fanning predmeti, obyekti, maqsad va
vazifalari.
3.
“Rivojlanish”, “strategiya”, “konsepsiya” va “innovatsion rivojlanish”
tushunchalarining mazmuni hamda turli xil yondashuvlar.
4.
Mustaqil O‘zbekiston milliy taraqqiyot modelining ishlab chiqilishi.
Harakatlar strategiyasi- O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichi
1-savol bayoni: Insoniyat paydo bo‘lgandan boshlab, asta-sekin jismoniy va
intellektual (aqliy) jihatdan takomillashib bordi. Odamzotning jamiyat bo‘lib
yashashi uchun ma'naviy madaniyat kerak edi. Ana shu ehtiyojlar sababli
hozirgi odam (Homo sapiens) tiplaridagi instinktlar o‘rnini axloq norma lari
egallab bordi.
Natijada dunyoning turli mintaqalarida vujudga kelgan odamlar jamoasida
“ruxsat” va “ta’qiq” tizimi shakllandi
Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi bir necha asr davom
etgan bo‘lib, uning ayrim elementlari antik davrda G‘arbiy Yevropaning ba’zi bir
hududlarida mavjud bo‘lgan. Bu mintaqada hunarmandchilik va savdo-sotiqning
rivoji tovar-pul munosabatlarini vujudga keltirgan holda xususiy huquqqa oid bir
qator institutlar (xususan Rim xususiy huquqi) shak lida mustahkamlangan.
Ammo ular fuqarolik jamiyatining eng sodda ko‘rinishdagi o‘choqlari bo‘lib,
ba’zi mintaqalarda sinfiy jamiyatlar bilan uyg‘unlashgan holda mavjud bo‘lgan.
Fuqarolik jamiyati insoniyatning taraqqiyot mahsuli sifatida huquqiy
davlatning shakllanishining boshlanishi davrida paydo bo‘ladi.
Fuqarolik jamiyati insoniyat jamiyatining oliy shakli, oliy ko‘rinishidir. Bu
jarayon hozir ham, bundan keyin ham shakllanish va takomillashish bosqichida
davom etadi.
Fuqarolik
jamiyati
tushunchasi
insoniyat
rivojlanishining
ilk
bosqichlaridanoq “ideal davlat”, “ideal jamiyat”, “ideal shoh” tush- unchalari
negizida shakllana boshlagan.
Fuqarolik jamiyati – insonning mustaqil shaxs sifatida o‘z-o‘zidan ichki
“Inson jamiyatdan tashqarida mavjud bo‘la olmaydi. Insonlarni
jamiyatda mavjud bo‘lishining asosiy sharti ularning hamkorligidir. Inson
o‘ziga kerakli narsalarni faqat jamiyat yordamida qo‘lga kiritishi mumkin.
Buning uchun esa jamiyatning barcha a'zolari uchun bir xilda ongli
qonunlar va odil sudlov zarur. Jamiyatning barcha a'zolari ijtimoiy foydali
mehnat bilan mashg‘ul bo‘lishlari shart”.