II.Asosiy qism:
a.O'qituvchi o'quvchilarga darslikda berilgan gullayotgan olma shoxi rasmini ishlash bosqichlarini tushuntiradi. So'ngra "O'lkamizda bahor" mavzusida xomaki rasmni ishlash topshiriladi.
b.Amaliy mashg’ulot: O'quvchilar avval gullayotgan olma shoxiga qarab xomaki rasm ishlaydilar, so'ngra "O'lkamizda bahor" rasmini chizadilar. Agar havo ochiq bo'lsa, darsni tabiat qo'ynida o'tkazgan ma'qul.
III.Darsga yakun yasash:
Amaliy mashg’ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning bu ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |