"O'zbekiston kelajagi buyuk davlat"



Download 21,02 Kb.
bet3/5
Sana13.12.2022
Hajmi21,02 Kb.
#884612
1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'zbekiston kelajagi buyuk davlat

 aeroportimizda biroz parvozni kutamiz. Sizga qanday bilmadim kuya, menga aeroport hodimlari charchagan holatda ko'rindi. Chunki lablari tabassumsiz va yuzlari "yonib" turmayabdi. Italiyadan olib kelgan sovg'amizdan ularga ham beramizmi? Albatta. Keyingi sayohatimizdan qaytgunimizcha natijasi bilinishi kerak.
Fransiya. Eyfelni ko'rishni hohlaysizmi? Men ham hohlagan edim. Ko'rdim. Temirlardan terilgan bir minora. Huddi shunday minoradan men yana Dubaydagi "Dunyo qishloqchasi"da, Filipindagi bir "Parij" deb atalgan restoran kirish qismida, Malayziyada "Fransuz qishlog'i"da, va eng kulgilisini o'zimizda ham ko'rdim. Bundan bizning g'oyibona sayohatimizga foydasi buyuk emas. Bizga esa kelajagimizni buyuk qilishligimiz uchun oladigan "sovg'alar" kerak. Fransuzlar uchun ham eng muhimi Eyfel emas. Ular uchun bu minoradan ko'ra fransuz oshxonasi, taomlar tayyorlashga bo'lgan muhabbat menimcha ko'proq mantiq beradi. Men bizning yuksak darajadagi taomlarimizni fransuz taomlari bilan almashish haqida gapirmayabman. Aslo! Ginnes rekordlari kitobiga kirgan palovdan qo'ymasin deyman-ku, lekin yana bir borada "Ginnes rekordlari' kitobiga kira olish mumkinligini sezaman. Sog'lom ovqatlanadigan insonlari eng ko'p mamlakat - O'zbekiston. Qanday yoqimli daraja. Internet orqali tanishgan do'stim Chustiy bu ishni ham amalga oshira oladimi? Undan kutsa bo'ladi. Keling, Fransiyadan uzoqqa ketmaymizda, ularning taomlarga mehri va Parijning ko'chalarida oshxonalar yo'qligi va faqat restoranlarda olifta taomlanish odatlari qayerdan kelganligi bilan qiziqamiz. Buning uchun esa fransuz oilasi dasturhoniga emas, balki boshlang'ich maktab oshxonalariga boramiz. O'rganishimcha, bu mamlakatda maktab o'quvchilari uchun tushlik vaqtida ham dars o'tilar ekan. Bu qanday azoblash?! Bolani kun bo'yi och qoldirishadimi?! Aslo yo'q. Tushlik vaqtida beriladigan dars nomi "Tushlik vaqti" ekan. Unda maktab bolalari har doimgidek maktab oshxonasida to'planishgan, odob va ahloq qoidalari bilan stol atrofida joylashishgan. Bu "Tushlik darsi"ning asosiy o'quv anjomlari shu hammamiz bilgan likob, sanchqi, pichoq va qoshiq. Ularga maktabdagi bu dars qanday taomlanish haqida o'rgatibgina qolmasdan, qanday maxsulotlar inson tanasi uchun foydali ekanligi haqida tushuntirib borilar ekan. Maktab o'quvchilarining o'zlarini besh yulduzlik restoranga kelgandek tutishlari meni hayratga soldi. Mana qayerda taomlanish sirlari o'rgatiladi. Kutilmagan joyda va o'ylanmagan vaqt oralig'ida. Bolajonlar "kola" deb baqirishmasdan suv ichganlari uchun juda ham hursand. Suvning organizm bilan bog'liq tomonlarini siz dietolog bo'lmasangiz ham yaxshi bilasiz. Bu tashrif maktabimiz oshxonasiga kirish qismida bolalarning kelasi hafta ichida nimalar iste'mol qilishlari haqida ma'lumotlar yozilgan. "Fransiya rivojlangan mamlakat", "Fransiya bizdan ancha oldinda, ular boy-ku?" deb savollarga ko'mib tashlashingiz ta'biiy. Lekin bir savolni unutmang, bu maktabdagi bolalarning sog'lom taomlanishidan tashqari fuqarolarning yaxshi yashashlari uchun bir qator yaxshi amallari bor. Ular haqida gaplashmaymiz. Lekin Fransiya davlati bularni nimani hisobiga qilyabdi? Bu savolga javobimiz aziz do'stlarim, soliq bo'ladi. O'zbekistonda soliqlarni insonlarimiz o'z vaqtlarida to'lashadimi? Soliq tugul, o'z iste'mol qilgan elektr to'lovlari, gaz va boshqa kommunal to'lovlarni ham "unutib" qolamiz. Ayni haqiqat ham shunda. "Sendan ugin-yu, mendan bugina". Bu maktabning "tushlik" tizimi menga juda ham yoqdi. Lekin bu "suvenir"ning O'zbekiston maktablari oshxonalarini bezatishi uchun har kungi fuqarolik ma'suliyatlarimizni ham vaqtida ado etishimiz kerak bo'lar ekan. Sizni bilmadim, lekin menga yoqqanligi uchun o'zim bilan O'zbekistonga olib ketaman.
Do'stlarim, men Andijonlikman. Uydagilarni ozgina sog'indim. Yo'l-yo'lakay mahallamizdagi maktabga bu "suvenir"ni ham berib qaytaman. Men bilan birga yuring, Andijonni ham ko'rib qolasiz... Andijon palovi shunaqa shirin bo'ladi, ba'zi ba'zida yeyilsa sog'liqqa zarari yo'q, osh bo'lsin. Kelinglar endi birgalashib maktabga kirib o'tamiz. Maktab ostonasida o'quvchilar uchun sotilayotgan qurutlarni qarang, nima edi bu? yoshligimizda yeganman.. Aa, esladim, qoraxat. Anavi amaki esa "non-salat" sotmoqda. Va hamma tanaffuslarini shu atrofda shu "taom"larni yeyayotgan bolakaylar. Maktab oshxonasi negadir bo'sh. Jiyanlarim oshxona poli uchun 'kraskaga" uydan pul olishgan edi. Yana boshqa oshxonasi bordur balki. Bizning Fransiyadan olib kelgan "suvenir"imizni tokchaga qo'yamizda kechki taomga burger yegani boramiz. Burger yonidagi qovurilgan kartoshkalarning nomi negadur "french fries". Fransuzlar bu haqida bilishmadi ham. To'htang, ahir burger va qovurilgan narsalar sog'liqqa foydali emasku? "Ohirgi marta endi". Dushanbadan yugurishni boshlaymiz baribir. Faqat qaysi dushanbaligi sir bo'la qolsin. Hech narsa qilmaydi.
Toshkentdamiz, bizni kuzatib kelgan Onajonim bilan shu yerda hayrlashib olay, aeroport ichkarisiga qo'yishmaydi baribir. "Ovora bo'lmasin" deyishsa kerak. Qayerga uchamiz? Italiya va Fransiyada bo'ldik. Endi qayerga? Dorihonani oldidagi aviakassadan keyingi dorihonani oldidagi aviakassadan olgan chiptalarimiz nima deydi? 
Download 21,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish