"O'zbekiston kelajagi buyuk davlat"



Download 21,02 Kb.
bet2/5
Sana17.10.2022
Hajmi21,02 Kb.
#853648
1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'zbekiston kelajagi buyuk davlat

 Italiya mamkalatidir. Italyan inson uchun Italiya dunyodagi eng yaxshi mamlakat. Biznikilar ham O'zbekistonni eng yaxshi mamlakat deb hisoblashadi. Bu to'g'ri, lekin italyanlarda bu hulosaga kelishlarida "Vatan" tuyg'usining roli unchalik katta emas yoki to'g'riroq qilib aytsam quruq maqtanish emas. Demak, "61 milliyon aholisi bor bu mamlakat sizni nimasi bilan rom etdi?" deb o'ylayotgandursiz? Nima deysiz? Rim? Kolizey? Venetsiya? Ha, siz to'g'ri tahminlar qildingiz. Lekin bu hali hammasi emas. Bu mamlakatdagilar hayotning har bir daqiqasida "yashaydilar". Oddiy misol tariqasida esa ularning davlat madhiyasi nomini keltirsa bo'ladi. "Italiyaliklar qo'shig'i". Naqadar oddiy va shu bilan bir vaqtda naqadar ma'no. Italiyaliklar orasida juda ko'plab yetuk insonlar bo'lgan va hozirda ham bor. Lekin ko'pchiligimiz uchun "Don Karleon" bilan "Super Mario"dan boshqasi emas bu makaronxo'rlarda bir ajoyib tizim mavjud ekan. Agar siz biron bir joyda "oylik"ka ishlasangiz, 13-oy ham paydo bo'lar ekan. "Bu qanaqasi?" deb o'zingizni hayron holatda topdingizmi? Men ham :). Keyin bilsam, bu "13-oy" deganlari kompaniya ishchilari uchun to'lanadigan qo'shimcha maosh ekan. Har yilning dekabr oyi yakunida kompaniya hodimlariga maoshni ikki barobarini to'lashar ekan. Siz yana hayron holatdasiz, shunday emasmi? "Bu kompaniyalarni barbod qilmaydimi?" yoki "Italiya kompaniyalari aqldan ozganmi bunaqa qo'shimcha to'lab?" kabi savollar paydo bo'ldimi? Biz "D&G", "Ferrari", "Gucci", "Versace" kabi dunyo tan olgan kompaniyalar haqida gaplashmoqdamiz. Ular barbod bo'lmagan va o'ylashimcha yetarli darajada foyda qilishadi. Buning siri nimada ekan? Siz uchun qiziqmi? Bo'lmasa o'qing. Bu kompaniyalarda shunday tushuncha bor: "Agar kompaniya hodimlari o'zlarini stresga tushgan holatlarida ishlashda davom etsalar, ular kompaniyaga "100%"larini bera olmaydi". Ko'p stres esa insonlarda turli kasalliklar kelib chiqaradi. Natijada kasal holatlarida ishlaydigan hodimlar yoki ishga kasal bo'lganlari uchun chiqmaydigan ishchilar paydo bo'ladi. Bundan na kompaniya maxsulotlari sifatiga va na hodimlarning sog'lig'iga foyda. Qo'shimcha o'ylab topilgan 13-oy uchun berilgan maosh esa hodimlarga ishdan ta'til olganlarida sayohat qilishlariga yoki yaxshi ta'til uchun imkon beradi. Haqiqatdan ham italiyalik insonlarga sayohat haqida gap boshlasangiz, keyin og'zini yopa olmaysiz. Bu usulni hohlagancha tushunish mumkin. Hohlang, kompaniyalar o'z foydasini ko'zlab shunday qiladi deb o'ylang. Iqtisodiyotning asosiy kuchi bu pul emas, insonlar ekanligini, ularning qanday holatda ekanliklari kompaniyaning daromadiga ta'sir qilishi mumkinligi kadrlar tayyorlash markazlari tomonidan ko'p marta isbotlangan. O'zim iqtisodiyot yo'nalishida bakalavr darajam bor. Ochig'ini aytaman, a'lochi bo'lmaganman. Baholarim hilma-hilligi kamalak bo'lib yotibdi. Lekin bunday oddiy usul haqida men ham bilaman. Tushunishning ikkinchi turi esa "Italiyadagi kompaniyalar insonlar sog'lig'i haqida qayg'uradi. Bu ham to'g'ri bo'lishi mumkin. Italiyada insonning o'rtacha umr ko'rsatkichlari 83 yil hisoblanadi. Bu O'zbekistondagi ko'rsatkichdan 15 yilga ko'proq. O'qiganingizdek, Italiyada kompaniyaning yaxshi daromad qilishligi insonlarning uzoqroq umr ko'rishligi bilan to'qnashmaydi. Italiyaga sayohatimiz so'nggida biz O'zbekistonda ham "13-oy" usuli qilishimiz kerak demoqchi emasman. O'zbekistonda o'rtacha oylik maosh bu yil 12.3 % ga oshganligi haqida xabar.uzdan o'qigan edim. Lekin aniq o'rtacha oylik qancha ekanligini yozishim, uning foydasi "Yaxshi ta'til" masalalarini qoplaydi deb o'ylamayman. Shuning uchun mening O'zbekiston kompaniyalariga bir taklifim bor. Bu tushlik vaqtining uzaytirilishi. Har kungi yarim soat yoki bir soat o'rniga ikki soat tushlik vaqti. Bu hodimlar uchun qandaydur ko'chadagi sog'liq uchun zararli taomlarni yeyishidan saqlabgina qolmasdan, shaxsiy kirim-chiqim hisoblariga, va eng muhimi oila davrasida ko'proq vaqtlarini ajratishlariga yordam beradi. Kompaniya uchun hodimdan stres holatida 8 soat ishlaganlaridan ko'ra, kuchli ruhlantirilgan holatlarida 7 soat ishlaganlari foydaliroq bo'ladi. Osmondan olib emas, hayotiy tajribani bizga Italiya berib turibdi. Albatta Italiya ham mukammal mamlakat emas. Lekin bizning sayohat maqsadimiz gullarni terish, o't-o'lanlarni emas. Endi Toshkentga qaytamiz.
 Salom O'zbekiston. Sayohat ro'yhatimizdagi keyingi mamlakatga borishdan oldin
Download 21,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish