Xiva. Said Magrumjon maqbarasi
X1X asrning ikkinchi yarmi. Ichan qal'a majmuasi tarkibiga kirgan Sirchali arig'i bo'yidagi Cho'pon Eshon qabristonida joylashgan. Bu mukammal madaniy-me'moriy majmuaga mahobatli uchta obida kiradi. Ularning eng yirigi to'g'ri to'rtburchakli bo'lib, turli kattalikdagi uchta madrasadan iborat. Kattasi uzunasiga janubiy-sharqqa cho'zilgan, ikkita kichkina madrasa g'arb tomondan unga birikkan bo'lib, g'arb-sharq tomonga cho'zilgan. Hovli ichkarisida g'arb tomondan markazga ozgina siljigan holda Shayx Said Magrumjon maqbarasi joylashgan. Uning tepasiga katta gumbaz qurilgan. Said Magrumjon zamonasining yetuk allomalaridan hisoblangan. Xalqqa ma'rifat tarqatishda katta xizmat qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |