Namangan. Mullo Bozor Oxund (Mulla qirgiz) maqbarasi
XX asr boshi. Mullo Bozor Oxund (Mulla qirgiz) XVII asrning birinchi yarmida dunyoga kelgan. Ilmga tashnalik uni Turkistonning ilmu fan markazi bo'lmish Buxoroga olib kelgan. Uzoq yillar madrasada o'qish bilan birga donishmand olim Mirzo Bahodir Buxoriydan ta'lim olib, u zotdan irshod xatini - pirning yorlig'ini olgach, Buxorodan chiqib, O'rta va Yaqin Sharq mamlakatlariga sayohat qilgan. Qashqarning Xo'tan, Yorkent va boshqa shaharlarida bo'lgan. Mullo Bozor Oxund fiqh, hadis, faroiz, jo'g'rofiya, ilmi hisob, tarix, adabiyot, tasavvuf va boshqa ilmlarni yaxshi egallagan yirik olim edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |