Yoshi bo‘yicha nafaqalar. Yoshi bo‘yicha nafaqa ish stajiga, ularni boqishga bo‘lgan qarindoshlari bo‘lmagan shaxslar: erkaklarga 65 yoshga, ayollarga 60 yoshga yetganlarida tayinlanadi. Ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tekshiruviga ko‘ra, nafaqa so‘rab murojaat etgan shaxs qarindoshlarining moddiy nochorligi aniqlangan hollarda nafaqa o‘zlarining keksa qarindoshlariga moddiy yordam ko‘rsata olmaydigan qarindoshlar bor bo‘lgan taqdirda ham tayinlanishi mumkin. Yoshi bo‘yicha nafaqa tayinlash to‘g‘risida murojaat etgan shaxs tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limiga ariza, ariza beruvchining yoshini tasdiqlovchi hujjat, yashash joyidan ma’lumotnoma, ariza beruvchi oilasining umumiy daromadi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etishi lozim. Fuqaroning holati o‘rganilib chiqqandan so‘ng unga ijtimoiy ta’minot bo‘limi tomonidan nafaqa tayinlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |