O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi


-jadval Umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyalari tayinlash uchun talab qilinadigan ish staji



Download 330,09 Kb.
bet41/163
Sana02.01.2022
Hajmi330,09 Kb.
#310300
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   163
Bog'liq
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish

3.3-jadval Umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyalari tayinlash uchun talab qilinadigan ish staji

Yosh

Talab qilinadigan ish staji, yil

23 yoshga qadar

2

23 yoshdan 26 yoshga qadar

3

26 yoshdan 31 yoshga qadar

5

31 yoshdan 36 yoshga qadar

7

36 yoshdan 41 yoshga qadar

9

41 yoshdan 46 yoshga qadar

11

46 yoshdan 51 yoshga qadar

14

51 yoshdan 56 yoshga qadar

17

56 yosh va undan oshganda

20

20 yoshga to‘lgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash to‘xtatilganidan keyin nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga pensiyalar ish stajidan qat’i nazar tayinlanadi.

Agar nogironlikni keltirib chiqaruvchi jarohatlanish, zaharlanish, issiq urishi, kuyish, sovuq urishi, cho‘kish, elektr toki yoki yashin urishi, shuningdek, tabiiy ofatlar yoki avariyalar tufayli salomatlikning boshqa tarzda shikastlanishi mehnat vazifasini bajarishda, korxona, tashkilot hududida sodir bo‘lsa, nogironlik mehnatda mayiblanish tufayli sodir bo‘lgan deb hisoblanadi.

Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyasidan umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyasiga o‘tkazilganda, zarur staj nogironlik dastlab belgilangan vaqtdagi yoshga qarab aniqlanadi.

Davlat pensiyasi olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxsning qaramog‘ida bo‘lgan oilaning mehnatga layoqatli bo‘lmagan a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi olish huquqiga egadirlar.

Oilaning mehnatga qobiliyatsiz a’zolariga quyidagilar kiradi:

  • bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 16 yoshga to’lmagan bo’lsa yoki 16 yoshdan katta bo‘lsa ham 16 yoshga to‘lmasdan nogiron bo‘lib qolgan bo‘lsalar. Bunda aka-ukalar, opa-singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli ota-onasi bo‘lmasa;

  • ota, ona, o‘gay ota, o‘gay ona, xotin, er, basharti, ular 7-moddada nazarda tutilgan pensiya yoshiga to‘lgan yoki nogiron bo‘lsalar;

  • yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’i nazar, ota va onadan biri yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo‘lish huquqini beradigan yoshga to‘lgunga qadar boqish bilan mashg‘ul bo‘lsa va ishlamasa;

  • buva va buvi — agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart bo‘lgan kishilar bo‘lmasa.

O‘quvchilar 18 yoshga to‘lgunga qadar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga egadirlar.

Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi vafot etganning oila a’zolariga vafot etgan fuqaro olgan yoki olish huquqiga ega bo‘lgan pensiyaga foizi nisbatida quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

  • oilaning uch va undan ortiq mehnatga layoqatsiz a’zosiga - pensiyaning 100 foizii;

  • oilaning mehnatga layoqatsiz ikki a’zosiga - pensiyaning 75 foizii;

  • oilaning mehnatga layoqatsiz bir a’zosiga - pensiyaning 50 foizii.

Pensiya olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs vafot etgan taqdirda vafot etganning oila a’zolariga boquvchisini yo‘qotganlik pensiya miqdori pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarning pensiyasi miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Saxovat uylarida yashovchi yolg‘iz qariyalar va nogironlarga pensiya bilan ular ta’minoti uchun sarf-xarajat o‘rtasidagi farq, lekin tayinlangan pensiyaning kamida 10 foizii, urush nogironlariga esa kamida 20 foizii to‘lanadi.

3.5. Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh etish konsepsiyasi



Pensiya ta’minoti tizimi mehnatga layoqatsiz va kam ta’minlangan fuqarolarni turmush darajasni ta’minlash va qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va tashkiliy xarakterga ega bo‘lgan qator chora- tadbirlar kompleksining amalga oshirilishini nazarda tutadi.

Ushbu tizim 3,3 mln.dan ko‘proq fuqarolarni yoki mamlakat aholisining taxminan 10 foizini qamrab oladi. Yoshga doir pensiya oluvchilar 2 502,6 ming nafar, nogironlik bo‘yicha pensiya oluvchilar 360,3 ming nafar, boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha pensiya oluvchilar 168,5 ming nafar va ijtimoiy nafaqa oluvchilar 294,1 ming nafarni tashkil etadi.

Amaldagi pensiya ta’minoti tizimi hozirgi zamon talablariga to‘liq javob bera olmaydi, fuqarolarni keksaygan yoshda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda va boquvchisini yo‘qotganda ijtimoiy himoyasi uchun maksimal darajadagi maqbul shart-sharoitlarni ta’minlay olmaydi.

Xususan:

  • amaldagi O'zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonuni 1993 - yilda tasdiqlangan bo‘lib, unda to‘g‘ri ta’sir etuvchi normalar mavjud emas, pensiya ta’minoti va aholining ijtimoiy himoyasi masalalarini tartibga soluvchi ko‘plab normalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, hukumat qarorlari bilan tasdiqlangan bo‘lib, bu, o‘z navbatida, ularni turli xil talqin etishga olib kelmoqda;

  • fuqarolarning ijtimoiy sug’urta tizimida uzluksiz va uzoq muddatli ishtirokini rag‘batlantirish mexanizmi murakkab va shaffof bo‘lmasdan qolmoqda, buning natijasida mehnatga layoqatli aholining deyarli 60 foizii davlat ijtimoiy sug‘urtasi bilan qamrab olinmagan;

  • imtiyozli pensiya ta’minotining, bugungi kunda dunyo amaliyotida deyarli qo‘llanilmaydigan alohida toifadagi shaxslarning pensiyalariga asossiz ustama va qo‘shimchlarning keng amaliyoti yuzaga kelgan;

  • pensiya miqdori va xodimning mehnat hissasi (ulushi) o‘rtasidagi bog‘liqlik ham zaiflashgan, pensiya to‘lovlari yuki oshgan, shu munosabat bilan yaqin kelajakda Pensiya jamg‘armasining daromadlari va xarajatlari o‘rtasida nomutanosibliklar kutilmoqda, bu esa, o‘z navbatida, pensiya va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni moliyalashtirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;

  • pensiya ta’minoti tizimi yaxlitlashtirilgan va barcha uchun tenglashtirilgan bo‘lib, quyidagi asosiy tamoyillarga javob bermaydi: ijtimoiy sug‘urta badallari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari asosini (negizini) tashkil etishi va qat’iy maqsadga

  • pensiya sug‘urtasida ishtirok etgan shaxslarning pensiya to‘loviga yo‘naltirilgan bo‘lishi hamda Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy to‘lovlar bo‘yicha ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi javobgarlik aniq taqsimlanishi lozim.

2017-2021 - yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ustuvor yo‘nalishlardan biri ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, aholining majburiy ijtimoiy kafolatlarini ta’minlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, shuningdek, keksalarni va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi.

Qo‘yilgan vazifalarni hal etish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

  1. pensiya ta’minotining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish sohasida:

to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etuvchi normalarga ega bo‘lgan, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda pensiyalarni hisoblashning sodda va shaffof mexanizmlarini hamda rag‘batlantiruvchi xarakterdagi aniq, shu jumladan, jamg‘arib boriladigan mexanizmlarni joriy etish, asossiz imtiyozlar, qo‘shimchalar va ustamalar berish amaliyotidan voz kechilgan normalarni nazarda tutgan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunining yangi tahririni ishlab chiqish va tasdiqlash.


  1. Download 330,09 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish