Pensiya tizimlari modellari
3.1-rasm. Pensiya tizimlari modellarining amal etishi
Taqsimlash turidagi pensiya tizimlari. Uning mohiyati pensiya to‘lovlari uchun joriy xarajatlar joriy tushumlar hisobiga amalga oshirilishidan iborat. G’arbda uni “pay-as-you-go” - “yurib turgan ekansan, to’la” deb ham atashadi. Ya’ni bu aholi katta avlod vakillari pensiya ta’minotini mamlakatning iqtisodiy faol aholisi ta’minlaydi, degan ma’noni beradi.
Taqsimlash tizimidagi pensiya modelida pensionerlarga pensiya to‘lash uchun mablag‘lar uch manbadan shakllantiriladi:
ish bilan band xodimlar to’lovlari;
ish haqi fondidan majburiy to’lovlar;
davlat dotatsiyalari.
Taqsimlash pensiya tizimining uchta asosiy kamchiligi mavjud:
demografik ko’rsatkichlarning ta’siri;
pensiyaning o'rtacha ish haqiga bog'liqligi;
mablag‘ to‘planishi koeffitsiyenti.
Do'stlaringiz bilan baham: |